Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
oshiriladi. Bunda kompaniyaning qaysi bozor segmentida faoliyat ko’rsatayotgani
ham ahamiyatga ega bo‘ladi;
4. Bozor haqidagi ma’lumotlarni olish va uni tahlil qilishga yordam beradigan
yangi elektron servislar va usullarning paydo bo’lishi biznesga yangi hamda katta
imkoniyatlar
baxsh qildi;
5. Elektron tijoratni muvaffaqiyatli ravishda yuritish uchun sekinlashtiruvchi
faktorlardan biri kerakli bo’lgan samarador infratuzilmani tashkil qilish bo‘lishi
mumkin, chunki bu katta mablag‘ talab qiladi. Bu
muammoni hal qilish uchun
barcha funktsional modullarga ega bo’lgan konstruktor asosidagi tayyor internet-
magazin ijaraga olinadi;
6. Biznesni „
hamkorlik dasturi“ (
Affiliate Model) va
Dropshipping modellari
asosida ishga tushuirub yuborish hozirgi paytda
eng yaxshisi hisoblanadi;
7. Bozorda keng miqyosda ishlatiladigan boshqa biznes-modellarga
Freemium,
Free-to-Play, Full-Crowdsourcing, Donation, Print-on-Demand, Video-on-
Demand larni misol qilib keltirish mumkin.
12-BOB. RAQAMLI ELEKTRON BIZNEZ BOZORI VA ELEKTRON
MARKETING
12.1. Elektron hizmatlar va mahsulotlarning yangi bozorlari
Ushbu bo’limda bozorning turli segmentlarida elektron biznesning xolati va
uning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan masala va muammolar ko’rib chiladi.
Informatsion texnologiyalarning evolyutsiyasi va raqamli
iqtisodiyotning turli
sohalarga kirib borishi global onlayn ta’limning ham rivojlanishiga olib kelayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: