Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ma’lumotlar uzatish va saqlash kanallari ko‘rinishidagi infratuzilma.
Bunda u quyidagi yo‘nalishlarni va texnologik segmentlarni o‘ziga qamrab
oladi:
Big data texnologiyalari ;
sun’iy intellekt texnologiyalari;
blokcheyn texnologiyalari va ICO;
kvant texnologiyalari;
ishlab chiqarish aqlli texnologiyalari;
sanoat interneti texnologiyalari;
robototexnika texnologiyalari ;
simsiz
aloqa texnologiyalari;
virtual reallik texnologiyalari.
Iqtisodiyotni raqamlashtirishda quyidagi savollarga alohida ahamiyat berish
kerak bo’ladi:
Iqtisodiyotni raqamlashtirsh qanday natijalarga olib keladi?
Bunday yangi sharoitlarda harakat dasturi qanday bo’lishi lozim?
Iqtisodiyotni raqamlashtirishda nimalarga asosiy diqqat-e’tiborni
qaratish kerak bo’ladi?
Davos Jahon iqtisodiy Forumi asoschisi va prezidenti hamda eksperti
Klaus Shvabning aytishicha:
“
Hayot bizga raqamli texnologiyalar ommaviy hizmat ko’rsatish sohasini qanday
o’zgartirib yuborganligi yaqqol ko’rsatib turibdi. Hozirda esa Uber, Alibaba Group,
Amazon, Kriptovalyuta va Blokcheyn kabi butunlay yangi biznes modellar paydo
bo’layapti va ular haridor va mijoz orasida bevosita munosabat o’rnatishga imkon
berayapti. Huddi shunday transformatsiya moliya, bank, sug’urta kabi sohalarda
ham ro’y berayapti. Raqamli ishlab chiqarish va insonning raqamli nushasi –
robotlar paydo bo’lganidan so’ng, ishlab chiqarish modeli ham tubdan o’zgarib
ketadi. Bular esa information texnologiyalarning asta-sekinlik bilan insonlar o’rnini