Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Iqtisodiyotni ijtimoiylashtirish jamiyatning axborotlashgan rivojlanish 
bosqichiga o‘tishida sotsiologiya usullarini iqtisodiyot fanida qo‘llash 
doirasining kengayishi. 
Iqtisodiy farovonlik nazariyasi- ingliz iqtisodchisi Artur Pigu tomonidan 
yaratilgan. Industrial jamiyatda inson farovonligi moddiy boyliklar va pul 
daromadlari oqimi bilan, jamiyat farovonligi esa ma’lum vaqt ichidagi milliy 
daromadning miqdori bilan o‘lchanadi. Moddiy farovonlik iqtisodiy farovonlik deb 
ham ataladi. 
 
KPI (Key Performance Indicators) –samaradorlikning asosiy ko’satgichlari 
yoki korxona hizmatchilarining faoliyati indikatorlari – hodimlar ish haqi ham 
shunga muvofiq aniqlanadi. 
Fiat pullar - nominal qiymati real qiymatidan katta farq qiladigan 
pullar turi, masalan, so’m, rubl, tanga, somoniy, dollar, yevro va boshqalar.
Frilanser (freelancer) – ingliz tilidan olingan so‘z bo‘lib, «erkin rassom». 
Ushbu so‘z ilk bor 1819-yilda «Ayvengo» asarida ishlatilgan bo‘lib, mustaqil 
sarboz ma’nosini anglatgan. Bugun esa frilanser deganda odatda rasmiy va doimiy 
ish joyi bo‘lmagan, masofadan buyurtmaga ishlaydigan erkin ijodkor tushuniladi. 
Kommunikatsion protokollar steki – butarmoqdagi mavjud hamma 
darajalar orasida tarmoq ishini ta’minlash uchun zarur barcha protokollar 
to‘plamidir (iyerarxik shaklda tashkil qilingan to‘plam). Dasturiy modulni 
(vazifani bajaruvchi dasturni) ko‘pincha protokol deb ataydilar. Protokol deb, 
rasmiy belgilangan tadbir (ya’ni, algoritm) ni ham atashadi. 
Konsept yoki tushuncha ma’lum sinfdagi predmetlarni o‘ziga xos 
xususiyatlari bo‘yicha umumlashtirishdir. 
Korporativ tizimlarbu loyiha bo‘yicha birgalikda ish bajarish, guruhiy 
qaror qabul qilish uchun ishlayotgan jamoa a’zolarini qo‘llab-quvvatlovchi axborot 
tizimlarining umumiy nomidir. Korporativ tizimlar ikki xil bo‘ladi, ular axborotni 
saqlash, izlanishni qo‘llab-quvvatlash va qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-
quvvatlash uchun hizmat qiladi. 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling