Intellektual domen nomi – intellektual faoliyat natijalari, fuqarolik
muomalasi ishtirokchilarining, tovarlarva hizmatlarning xususiy alomatlarini
aks ettiruvchi vositalari va intellektual faoliyatning boshqa natijalarini o‘z
ichiga oluvchi yoki ularni boshqacha tarzda ifodalovchi domen nomi.
Intellektual mulk – buintellektual faoliyat natijalari va xo‘jalik
aloqalari ishtirokchilarining individuallashtirish vositalaridir. Intellektualmulk
obyektlariga ixtirolar, foydali modellar, sanoatnamunalari, tovar belgilari,
hizmat ko‘rsatish belgilari, firma nomlari, tijorat nomlari va belgilari kiradi.
Bundan tashqari, bu ro‘yxatga adabiy, badiiy va ilmiy asarlarni,
xonandalarning ijro faoliyatini, fonogramma va radioeshtirishlarni kiritish
qabul qilingan). Intellektual mulk “adabiy va badiiy mulk” va “sanoat mulki”
tushunchalariga nisbatan umumlashtiruvchi tushuncha hisoblanadi.
Internet do‘kon– bu internet-biznes tuzilmasi bo‘lib, B2C (business to
customer), ya’ni «biznes-iste’molchi» yondashuvini amalga oshiradi. Internet-
kompaniyalarning biznes-strategiyasi reklama va elektron tijoratdan daromad
olishga qaratilgan bo‘ladi.
Ixtiro – inson erishgan ijodiy natija, uning asl mohiyati amaliy faoliyat
sohasida paydo bo‘lgan masala yechimini konkret texnik vositalar yordamida
topishdan iborat.Ixtiro obyekti bo‘lib, qurilmalar, usullar, shtammlar va
ularning Yangi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘llanilishi hizmat qiladi.
Ishbilarmonlik bilimi (omilkor bilim) — tadbirkorning aniq maqsadiga
mo‘ljallangan axborot mahsuloti yig‘indisi. Ishbilarmonlik bilimi aniq bir
tadbirkor tomonidanyuqori ehtiyoj bilan tavsiflanadi.Ishbilarmonlik bilimi – bu
bir maqsadga yo‘naltirilgan, muvofiqlashtirilgan harakat uchun to‘plangan
imkoniyat.
Ishchan bilimlar – bubajarilayotgan ishga bilimlarni qo‘llashdir. Ular
uchta qism(element) borligini ko‘zda tutadi: bilimlarni qo‘llaydigan xodim,
bilimning o‘zi va bilim bilan ishlash texnologiyalari.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Do'stlaringiz bilan baham: |