Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Identifikatsiya jarayonini boshqarish


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Identifikatsiya jarayonini boshqarish: bu ko‘rsatgich business to business 
(B2B) tarmog’ida juda katta ahamiyatga ega, ya’ni, kelishuv tuzilayotgan 
hamkor haqida iloji boricha ko‘proq ma’lumotlarni bilish imkoniyatiga ega 
bo‘lish. 

Konsensus (kelishuv – PoW va PoS)ning modulli algoritmi: ammo xozirgi 
davrda ishning bajarilishini tasdiqlash juda sekin bajariladi va qimmatga 
tushadi. Shart-sharoitdan kelib chiqqan xolda, konsensus algoritmini 
o‘zgartirish imkoniyatini ham ko‘zda tutmoq kerak. 

Kafolatlangan konfidentsiallik: tranzaksiyalarning ommaviy bo‘lishi 
unchalik shart emas. 

Buxgalteriya kitobi audit uchun doimo tayyor: operatsiyalar konfidensial 
xolda bo’lsalar ham, ular nazorat qiluvchi organlar uchun ochiq bo‘lishi 
kerak. 

«masshtablashtiriladigan» blokcheyn: ideal xolatda bloklar zanjiri katta 
sondagi kelishuvlarni ta’minlashi lozim. 

uzoq muddat faoliyat ko‘rsatuvchi blokcheyn: xozirgi kunda mavjud 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
bo‘lgan to‘lov tizimlari ancha avval paydo bo‘lgan. Blokcheynga asoslangan 
yangi tizimlar eksilarining davomi bo‘lishi kerak. Biz esa kelajakda xosil 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan bilish imkoniyatiga ega 
bo‘lishimiz lozim. 
Shunday qilib, IBM kompaniyasining nuqtai-nazaridan, xozirgi davrda 
blokcheyn texnologiyasi o‘z rivojlanishining boshlang’ich bosqichida turibdi va u 
xozircha bank-moliya sektorining talablariga to‘liq javob bera olmaydi. Asosiy 
muammolar 
sifatida 
blokcheynda 
xozircha 
«masshtablashtirish» 
va 
tranzaksiyalarning 
konfidensiallagi ta’minlanmagan. Shunga qaramasdan, 
IBMkompaniyasining 
mutaxassislari 
joriy 
xolatni 
tahlil 
qilgan 
xolda 
blokcheyndan foydalanish faqatgina bank sektori bilan chegaralanib qolmasligini 
va uning B2B, G2C, G2B kabi biznes olamining barcha sohalariga tadbiq qilinishi 
mumkinligini tan oldilar. Bulardan tashqari, ko‘p ishtirokchilarga ega bo‘lgan bank 
loyihalarida tizimlarning o‘zaro muloqotida kelishuvlarni moslashtirish ham 
nazarda tutilishi kerak. Ammo, xozirgi davrdagi bank tizimlarining bir turda 
emasligi xuddi shu talablarning bajarilishiga mone’lik qiladi. Shu xolat bilan 
bog’lik xolda Den Millmanning quyidagi fikrini keltirish mumkin: «Har qanday 
o‘zgarishlarning sir-asrori eskilik bilan kurashish emas, balki barcha kuch-
quvvatni yangilik yaratish uchun safarbar qilishdir».
E
ndi esa ketma-ket ravishda turli davrlarda xosil bo‘lgan va o’ziga xos 
ekosistema yaratgan blokcheyn texnologiyalarining bir qancha variantlarini ko‘rib 
chiqamiz. Buni avvalo bitkoin blokcheyni va uning yaratilish tarixi bilan 
tanishishdan boshlaymiz. Bitkoin 1999 yilda Vey Day tomonidan o‘ylab topilgan 
va u b-moneyning konseptsiyasiga o‘xshash ishlaydigan raqamli pul turi bo‘lib, 
unda tizim ishlashi uchun serverlar kafolatlangan to’lov (vznos) kiritishi kerak 
bo‘lgan. Undan tashqari, 2005 yilda Nik Sabo (xuquqshunos, olim va kriptograf
raqamli valyutalar va raqamli kontraktlar yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib 
borgan) tomonidan tavsif etilgan bitgold texnologiyasi (bu texnologiyada hisob-
kitoblar orqali isbot qilish goyasidan foydalaniladi) texnologiyasi ham bitkoinning 
paydo bo‘lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Ushbu o’quv qo’llanmaning keyingi 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
bo‘limlaridagi ma’lumotlarni tushunish uchun ikki asosiy atamaning ma’nosini 
tushuntirib o’tamiz: 
1. Asimmetrik kriptografiya yoki ochiq (yopiq) kalit vositasida shifrlash usuli. 
Bu usul simmetrik kriptografiyadan farq qilib, unda ikkita shifrlash kaliti 
ham ishlatiladi. 
2. Taqsimlangan tizim – bir-biri bilan bog’langan va tarmoq orqali o‘zaro 
muloqot qila oladigan hisoblash ob’ektlarining avtonom to‘plami 
(kompyuterlar, protsessorlar, ma’lumot uzatish va qabul qilish qurilmalari, 
ma’lumot bazalari va boshqalar)dir. Misol sifatida bir qancha protsessorlar 
bilan jihozlangan va biror bir mashinaga murojaat qiladigan fizik tarmoqni 
keltirishimiz mumkin. 
Endi esa tasavvurimizni yanada boyitish va kelajak istiqbollarni chamalay olish 
uchun bitkoin paydo bo‘lganicha bo‘lgan davrdagi xolatni ko‘rib chiqamiz: 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling