Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
yil 19 avgustda bu inson bitcoin.org
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Source Forge
- Birkoin
2008 yil 19 avgustda bu inson bitcoin.org deb nomlangan domen nomini
reservatsiya qildi. 2008 yil 31 oktyabrda bitkoin yaratilgani haqida ma’lum qilindi. Satosi Nakomoto esa: A Peer-to-Peer Elektronic Cash System deb nomlangan maqolani nashr ettirdi. Ushbu maqolada u olimlar bir necha asrlardan beri bosh qotirib yurgan kriptografiya masalasini, ya’ni, vizantiya generallari masalasini yoki ikki marta to’lov muammosining yechimini hal qilib berdi. Ushbu muammo ishonchni insonlar ishtirokisiz ikki kontragentlar orasidagi aktivlar (masalan, pullar) almashinishini hal qilishga halaqit berayotgan edi. 2009 yil 3 yanvarda birinchi (boshlang’ich) blokcheyn blok hosil qilindi. 2009 yil 12 yanvarda birinchi bitkoin-tranzaktsiya amalga oshirildi. 2009 yil fevralda Satosi Nakomoto P2PFoundation saytida Bitkoin dasturining birinchi versiyasini tarqatadi va birinchi bitkoinlarni yaratadi. 2009 va 2010 yil: Satosi Nakomoto Bitcoin-Qt dasturiy ta’minotini yaratdi va bitkoin chiqardi. 2010 yil: Bitkoin hamjamiyati va uning ishtirokchilari asta-sekin Satosi Nakomoto bilan aloqani yo’qota boshlaydilar. 2010 yil 12 dekabr: Nakomoto Bitcointalk forumida oxirgi xabarni yozdi va o’zining yo’q bo’lib qolishidan biroz oldin Gevin Andersenni o’z vorisi qilib tayinlaydi va unga Source Forgedagi Bitkoin loyihasini topshiradi hamda unga avariyaviy kalitining nushasini beradi. Bu kalit shaxsiy kriptografik kalit bo’lib, bitkoin tizimiga potentsial hujumlarning oldini olishga imkon beradi. Bular masalan, quyidagilar bo’lishi mumkin: biror bir inson bitkoin bloklaridagi operatsiyalarni o’zgartirishga imkon topsa yoki tarmoq tugunlarining 51% dan ortig’ini egallab olsa. Agarda tugunlar operatorlari bu haqda ma’lumot olsalar, barcha operatsiyalarni to’xtatishlari yohud o’z foydalanuvchilarini bu haqda ogohlantirishlari kerak bo’ladi. “Birkoin” atamasi ikki ingliz so’zlarining qisqartmasidan iborat: bit – ikkilik sanoq tizimidagi informatsiya birligi va coin – tanga. Yana bosha bir Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva tarafdan, bitkoin internet tarmog’ining protokolini hamda ushbu to’lov tizimida ishlatiladigan hisob birligini anglatadi.Bitkoin blokcheyni ochiq va erkin texnologiya bo’lib, bir rangli (per-to-peer yoki P2P) tarmoqda markaziy hokimiyatsiz (moliyaviy organlar ishtirokisiz) faoliyat ko’rsatadi. Bu texnologiya har bir tranzaktsiyani vaqti va sanasini hisobga olgan holda katta buxgalteriya kitobi (ledger)ga yozib qo’ygan holda bitkoin yoki BTC ob’ektlarini o’zaro almashinishga imkon beradi va ushbu elektron kitobda hech nimani o'zgartirish mumkin bo'lmaydi. Tranzaktsiyalarni boshqarish va bitkoinlar hosil qilish tarmoqda kollektiv ravishda amalga oshiriladi va ushbu boshqaruvning tuzilishi ochiqdir. Bitkoin bloklari zanjiriga hech kim ega bo’la olmaydi va uni hech kim boshqara olmaydi ham. Ammo istalgan shaxs unga qo’shilib olishi mumkin. Bitkoin o’zining bir qancha unikal hossalari tufayli, zamonaviy to’lov tizimlari amalga oshirib bera olmaydigan bir qancha imkoniyatlarning amalga oshirilishini ta’minlab beradi. Boshqa turdagi valyutalardan farqli-o’lariq, bitkoin-valyuta qandaydir davlat organini, bankni yoki biror-bir kompaniyani o’zida mujassam qila olmaydi. Unda har bir bitkoin o’zi yaratilganidan boshlab ishtirok etgan barcha amallar vositasida hisob-kitob jurnalida qayd qilinadi. Rauggnit kompaniyasi bosh direktori P’yer Nuazaning ta’kidlashicha: “Bitkoin bu internetdagi raqamli valyuta ko’rinishidagi naqd pul birligi bo’lib, to’lovlarni avtoritetli uchinchi tomonsiz amalga oshirish imkonini beradi. An’anaviy valyuta turlaridan farqli o’laroq, bitkoin programmalashtiriladigan valyutalar sirasiga kiradi va u markaziy banklarsiz ishlaydi. Agarda sizda bitkoin hamyoni bo’lsa, siz o’zingiz bank sifatida faoliyat ko’rsatishingiz mumkin bo’ladi”.Bitkoinning blokcheyni kriptografik protocol asosida ishlaydi va quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi: Bir tomondan, kriptovalyutalar ko’rinishidagi raqamli valyutalar paydo bo’lishi uchun to’siq bo’lib kelayotgan “ikki marta sarf” masalasini hal qilib beradi (ya’ni, S sub’ektga ham parallel ravishda nimadir berilmaganiga ishonch hosil qilganidan so’nggina, A sub’ekt B sub’ektga nimadir beradi). Boshqa tomondan, ikki tomonning identifikatorlarini qalbakilashtirish mumkin emasligini hamda elektron hamyonlardagi bitkoinlarning qiymati o’zgarmasligini kafolatlaydi. Bitkoin Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva blokcheyning ishlashini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlashimiz mumkin: Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Bitkoin blokcheynining ishlash jarayonini quyidagi to’rt bosqichga bo’lish mumkin: 1. Ikki tomon amal haqida kelishib oladilar; 2. Blokcheyn yordamida ushbu amal shifrlanadi va konsensus (bajarilgan ishning tasdiqlanishi/mayning) asosida tasdiqlanadi; 3. Keyin esa amal blokcheynga yozib qo’yiladi va so’ngra blokcheynning oxirgi blokida bloklatirilib qo’yiladi; 4. Oxirgi bosqichda bloklar zanjiri tarmoq ishtirokchilarining barcha tugunlariga yozib quyiladilar (replikatsiya). Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling