Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalandi. Bu uning yagona va yiriq yutug‘idir». 
Devid Tikollning izoh berishicha: «Birgalikda foydalanish deganda, biz odatda 
moliyaviy tranzaksiyalar emas, balki pulsiz almashinishni tushunamiz. Bu xuddi 
bolalar o‘yinchoqlarini almashganidek bir amaldir. Afsuski, bu hozir asta-sekinlik 
bilan yo‘qotilmoqda». Uning fikriga ko‘ra, «nimanidir birgalikda foydalanish bu – 
odamlar va boshqa turlar vakillari millionlab yillar davomida, homilador 
bo‘lishdan boshlab, ne’matlar almashinishi uchun ishlatilib kelingan asosiy usuldir. 
Garchi ayrim internet-kompaniyalarto‘liq ma’noda moddiy va ma’naviy 
ne’matlardan birgalikda foydalanishni haqiqatda qo‘llab-quvvatlasada, boshqalari 
birgalikda foydalanish iqtisodiyoti atamalari va ijtimoiy munosabatlarni 
tijoratlashtirishni o‘zlashtirib olgan, xolos».Birgalikda foydalanish iqtisodiyoti 
kompaniyalarining aksariyati aslida agregatorlar deb hisoblanadilar. Ular 
ta’minotchilarning bo‘sh zahiralarini (avtomobil, asbob-uskunalar, bo‘sh xonalar, 
ta’mirlash uskunalari) markazlashtirilgan platforma orqali sotish istagini 
agregatsiyalaydi, so‘ngra ularni qayta sotadi, bu vaqt mobaynida esa keligusda 
tijorat maqsadlarida foydalanish uchun qimmatli axborot to‘playdi.Uberturidagi 
kompaniyalarhizmatlarni keng ko‘lamli agregatsiyalash va distributsiyalash uchun 
o’ziga hos yechim topgan. Airbnbmehmonxonalar bilan, LyftvaUber – taksi va 
limuzinlar ijarasi bilan, Zipcar (to uniAvis xarid qilgunga qadar) – an’anaviy 
avtomobillar ijarasi bilan raqobat qilgan.Bu kompaniyalarning ko‘pchiligi kichik 
mehmonxonalar, taksi va ustalar hizmati kabi mayda, an’anaviy mahalliy hizmatlar 
tarqalishini globallashtirdi. Raqamli texnologiyalar yordamida ular ko‘chmas mulk 
(kvartiralaradgi xonalar), yo’lovchilar tashish (taksi) va odamlar to’liq bo’lmagan 
shakldagi ishga joylasjtirish (pensionerlar va doimiy ishga ega bo‘lmagan, lekin 
ishga layoqatli kishilar) kabi vaqtinchalik foydalanilmayotgan resurslarga 
ulanadi.Ehtimol, blokcheyn texnologiyasibizni birgalikda iste’mol qilish 
iqtisodiyotidan bo‘sh turgan quvvatlarni ijaraga berish va ulardan foydalanishni 
o‘lchash mumkin bo‘lgan o‘lchash iqtisodiyotiga olib kelishi mumkin. Masalan, uy 
egalari elektr uskunalar, mayda qishloq xo‘jalik texnikasi, baliqchilik anjomlari
duragdorlik asboblari, garaj yoki avtomobillar qo‘yiladigan joyni umumiy 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
foydalanishga rozilik bildiradigan birgalikda iste’mol qilish iqtisodiyotini amalga 
oshirish usuli yuzaga kelar.Ushbu sohalardagi muammolaridan biri, uzoq vaqt 
davomida shundan iborat ediki, bunday resurslar sohiblari jamoat uchun ko‘plab 
tashvishlar tug‘dirar edi. «AQSHda 80 million drel (parmalash uskunasi) bor va 
ularning har biridan shuncha vaqt ichida o‘rtacha 13 daqiqa foydalaniladi, –deb 
yozadi «Nyu-York tayms» da Airbnbbosh direktori Brayan Cheski. –Shunday 
ekan, har bir kishi uyiga drel sotib olishi uchun ehtiyoj bormikan?»Biroq 
blokcheyn texnologiyasi amalda nolga teng bo‘lgan harakatlar talab qiladigan 
ortiqcha resurslarni – simsiz ulanish nuqtalarini, kompyuterlarning hisoblash 
quvvatlarini yoki qattiq diskdagi bo‘sh joylarni, uyali aloqa telefoni orqali puli 
to‘lab qo‘yilgan ortiqcha daqiqalarni, hattoki o‘zining professional ko‘nikmalarini 
ijaraga berishga imkon yaratadi– yana shunisi ham borki, bularning barchasi uchun 
hattoki barmoqni qimirlashtish ham talab etilmaydi, qaergadir begona odamning 
oldiga borish va keyin qaytib kelish haqida esa gapirmasak ham bo‘ladi. Siz 
sayohat qilayotgan payt Wi-Finuqtasini ijaraga berib, undan foydalanilgan har bir 
soniya uchun arzimagan chaqa olishingiz mumkin. Bunda sizni faqat o’zingizning 
tasavvuringiz (istiqbolda esa - qonunchilik ham) chegaralaydi, xolos. Sizning 
obunalaringiz, jismoniy makon, energiya manbalari qismlab boshqa tomonga 
berilgan va undan mikroto‘lovlar shaklida pul olgan holda daromad manbaiga 
aylanishi mumkin. Sizdan faqat tomonlar o‘zaro tranzaksiyalarni havfsiz va 
ishonchli amalga oshirish uchun nomarkazlashgan uzatish protokoli talab qilinadi, 
xolos. Bu platformalar istalgan aktivlarga «litsenziyalash» huquqini beradi. Sizdan 
faqat boshqalarga ulanish va foydalanish huquqini berish, qay darajada istagingizni 
hal qilish – hatto boshqalarga sizning aktivlaringizdan foydalanishga ruhsat 
bermalsik huquqi ham beriladi va buning uchun qandaydir narx belgilash so‘raladi, 
holos.Korxonalar o‘z mahsulotlari va texnologik infratuzilmasini yangi biznes va 
qiymat yaratishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan jamiyatlar yoki tashqi 
foydalanuvchilarga ochib bergandagina qandaydir platformalar yaratadilar. Bunda 
mumkin bo’lgan variantlardan yana biri–ishlabchiqaruvchi iste’molchilardir. 
Mijozlar innovatsiyasi dinamik dunyosidaishlab chiqaruvchi-iste’molchilar yangi 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling