Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Smart-shartnomalar haqida tushuncha
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Netscape
Smart-shartnomalar haqida tushuncha
Moliya-kredit tizimidagi o‘zgarishlar sur’ati smart-shartnomalar paydo bo‘lishiga va uning tobora ko‘proq ishlatilishiga hizmat qilmoqda. Hozir ko‘pchilik kompyuter savodxonligiga ega bo‘libgina qolmasdan, yangi texnologiyalarning nozik jihatlarini ham o‘rganib olmoqda. Blokcheynga asoslangan smart-shartnomalarda tranzaksiyalarni qayd qilish masalasiga keladigan bo‘lsak, bu yangi raqamli vosita o‘z xususiyatlari bo‘yicha qog‘oz shaklidagi o‘tmishdoshlaridan jiddiy farq qiladi. Kriptograf Nik Sabo aytib o‘tganidek, ular nafaqat kengroq doiradagi axborot (xususan, til bilan bog‘liq bo‘lmagan sensorik axborot) qayd etishga qodir, balki dinamik hususiyatlarga ega hisoblanadi ham. Smart-shartnomalar axborot uzatishi va ayrim turdagi qarorlarni esaavtomatik tarzda qabul qilishi ham mumkin. Sabo ta’rif berishicha, «raqamli intellektual media hisob-kitoblarni amalga oshirishi, bevosita mashinalarni boshqarishi va ayrim mulohazalarni odamlardan ham yaxshiroq bajarishi mumkin». Ushbu muhokamada biz smart-shartnoma deganda, odamlar va tashkilotlar o‘rtasida qayd qilingan bitimlarni kafolatlaydigan, nimalarnidir bajarishga ruxsat etadigan va ularni ijro etadigan intellectual kompyuter dasturlarini tushunamiz. Shunday qilib, smart-shartnomalar ushbu bitimlrani muhokama qilish va tavsiflashda ham ishtirok etadilar. Sabo ushbu atamani 1994 yil, birinchi web-brauzer, Netscape bozorga chiqqan vaqtda taklif etgan edi.Smart-shartnoma–shartnoma shartlarini ijroga keltiradigan kompyuterlashtirilgan aqlli tranzaksiya protokolidir. Smart-shartnomalar sxemasining asosiy maqsadlari–umumiy muayyan shartlarni qondirish (masalan, to‘lov shartlarini, garov huquqlarini, mahfiylikni, hatto sanksiyalar kabi shartlarni ham), ataylab qilingan va tasodifiy istisnolarni minimal holatga keltirish, ishonchli vositachilarga ehtiyojni pasaytirishdan iborat. Bunday kontraktlar o’zaro Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva bog‘langan iqtisodiy maqsadlarni amalga oshiradi, firibgarlik tufayli yo‘qotishlarni minimallashtiradi, arbitraj va majburiyatlarni majburiy ijro etish harajatlari va boshqa tranzaksiya harajatlarini pasaytirishni o‘z ichiga oladi.Smart-shartnoma g‘oyasi tajribaga asoslanmagan, sinalmagan bo‘lib ko‘ringan bir paytda hech qaysi mavjud texnologiyalar uni Sabo tavsiflaganidek amalga oshirishga imkon bermagan bo‘lardi. Strukturalangan axborotni sotuvchilar va xaridorlar kompyuterlari orasida uzatish uchun standartlarni ta’minlaydigan elektron ma’lumot almashinish (EDI –Elektronic Data Interfeys) kabi kompyuter tizimlari bo‘lgan, lekin hech qanday raqamli texnologiya bungacha qadar real to‘lovlar bilan ishlash tashabbusi bilan chiqmagan va bevosita pul mablag’lari almashinishni amalga oshira olmagan.Bitkoyn va blokcheyn tizimi bun xolatni tubdan o’zgartirib yubordi. Endi tomonlar o’zaro bir tomonlama yoki ikki-uch tomonlama bitimlar tuzishi va bitim shartlari bajarilgandagina bitkoinlarni avtomatik ravishda sotishi mumkin. Oddiy misol: agar siz akangiz billan xokkey o‘yini natijasi borasida garov boylashgan bo‘lsangiz, u to‘lovdan qochib qola olmaydi. Murakkabroq misol: agar siz aksiyalar xarid qiladigan bo‘lsangiz, bitim darhol tartibga solinadi va aksiyalar shu ondayoq sizga o‘tkaziladi. Yanada murakkab bir misol: pudratchi tadbirkorga mos keladigan daturiy kod jo‘natishi bilan u avtomtik ravishda to‘lov oladi. Cheklangan smart-shartnomalarni amalga oshirishning texnologik vositalari hozirda mavjud va bir qancha platformalarda ishlab ham turibdi. Demak, bunday smart-shartnomalar –uni amalga oshirishning qonuniy yo‘li bilan avtomatik ravishda ta’minlanadigan, shartnoma shartlarini intellectual ravishda avtomatik holda bajara oladigan, blokchyn tarmoqlarida mavjud bo’lgan hamda dastlabki muhokama va sinovdan o‘tgan virtual qiymatlar almashinishiningaqlli elektron texnologiyasidir, desak yanglishmaymiz. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling