Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
-BOB. ELEKTRON TIJORAT MUAMMOLARI VA
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoqdagi piramida
6-BOB. ELEKTRON TIJORAT MUAMMOLARI VA
UNGABO’LGANTAHDIDLAR 6.1. Elektron tijoratdagi iqtisodiy firibgarliklar Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali virtual savdoni amalga oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning real extimolligi mavjud bo’ladi. Ular real xayotdan orttirgan «qimmatli» tajribalarini muvaffaqiyatli ravishda virtual dunyoda xam qo’llab ko’rishni judayam xoxlaydilar. Firibgarlar orasida Internet piramidalarini tuzib boyishga xarakat qiluvchilar birinchi o’rinda turishadi. Keyingi o’rinda maxsulot va xizmatlarni juda past narxlarda taklif qiladiganlar bo’lib, mijoz pulni o’tkazganidan so’ng, uning o’rniga xech narsa ololmaydi. Undan keyingi shoxsupada kompyuter va uning dasturiy ta’minotini «sotuvchi» lari turadi. To’rtinchi o’rinni internetda xilma xil ish va tadbirkorlik faoliyatini tashkil qiluvchilar egallaydi. Nixoyat, oxirgi o’rinda uyda biror bir ish bajarishni taklif qiluvchilar turishadi. AQSh Federal Savdo Komissiyasining reytingiga asosan firibgarlar orasidagi eng ommabop mexanizm piramida tashkil qilish va uni risoladagiday yurgizishdir. Tarmoqdagi piramidalarning eng oddiy usuliga misol bo’lib zanjir bo’ylab xat jo’natish kiradi. Bunda Siz biror bir kimsadan xat olasiz va unda boshqa bir qancha odamning nomi va manzili ko’rsatiladi. Sizga bu shaxslarning birinchisiga masalan 100 so’mdan jo’natish va uning o’rniga ruyxat oxiriga o’z nomingizni yozib qo’yish taklif qilinadi. Keyin ushbu xatni o’z tanishlaringizdan bir qanchasiga jo’natish kerakligi ko’rsatiladi. Siz menga xam nixoyat baxt kulib boqdi va kaminaga katta miqdordagi mablag’ ishlab olish imkoniyati yaratildi deb juda xursand bo’lib, bu o’yinga qo’shilishingiz mumkin. Lekin keyinchalik xech nima ololmasangiz xafa bo’lmang, chunki bu xatni eng birinchi yuborgan odam allaqachon tegishli pulni ishlab olib, juftakni urgan va Siz endi xech nima ola olmaysiz. Piramidaning ikkinchi usuliga fiktiv marketingkiradi. Bunda Sizga juda tezlik bilan rivojlanayotgan firmaning faoliyatida qatnashishinigiz taklif qilinadi. Bunda piramidaning tepasida turgan bir shaxs (yoki shaxslar) boshqa odamlari yollaydilar, ular esa o’z navbatida boshqalarini bu ishga jalb qilishga xarakat qiladilar va yollanganlarga boshqalarni xam jalb qilish muximligini uqtiradilar. Shunday qilib, ushbu tadbirda qatnashayotgan insonlar soni vaqt o’tishi bilan juda ham ko’payib ketadi. Xar bir yollangan odamga registratsiya qilinish uchun Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva ma’lum miqdorda badal to’lash so’raladi. Sizga boshqalarni yollash xuquqi qayd qilinganingizdan so’nggina beriladi. Xar bir yollangan inson uchun va Siz yollagan shaxslar yollagan odamlar uchun xam Siz ma’lum miqdorda pul xam olasiz va ishga qiziqib ketasiz. Shunday qilib, piramidaning eng tepasida turganlarning katta miqdordagi pul ishlab olishlariga imkoniyat tug’iladi. Odamlar yollab turilganda va pul miqdori xali ancha katta bo’lgan xolda bunday firma juda xam faol ravishda ishlab turadi, ko’pchilik firibgarlikni tushunib qolib, ularning ishlayotgan puli miqdori ancha kamayganida, piramidaning asoschilari qaergadir g’oyib bo’ladilar (Bermud orollariga yoki dam olish maskanlariga). Bunda ko’pincha obrazli qilib «Piramida quladi» deydilar. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling