Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar xaqida


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar xaqida 
Turli xil bayramlararafasida, ayniqsa, yangi yil bo’sagasida ijtimoiy 
tarmoqlarda ishlovchi ko’pchilik insonlarga turli xil shahslardan yoki kontakt listga 
yozilgan «dust»lardan biror bir resursga kirish va unga ovoz berish so’ralib, 
natijani qisqa SMS orqali jo’natish suraladi. Shundan foydalangan xolda firibgarlar 
o’z chirkin niyatlarini amalga oshiradilar. Bunday firibgarliklarning to’riga tushib 
qolmang va ko’rsatilgan raqamga SMS ma’lumoti jo’natmang. Taklif qilingan 
resursga o’tish kompyuterga xavfli virus tushib qolishiga olib kelsa, ko’rsatilgan 
raqamga SMS jo’natish hisob raqamida kattagina pul mablagning yo’qotilishiga 
olib keladi. Ijtimoiy tarmoqdagi sizning saxifalaringizga va elektron pochtangizga 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
ruxsatsiz kirishlarning oldini olish uchun hamda firibgarlarning sizga zarar 
yetkazishi mumkin bo’lgan xatti-xarakatlaridan himoyalanish uchun quyidagi 
chora tadbirlarni ko’rishingiz tavsiya etiladi: 
 Elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlarda kimningdir sizga biror bir amalni 
bajarish xaqidagi ko’rsatmalarni bajarishga shoshilmang
 Sizga ma’lumot yuborgan «do’stingiz» yoki muallifdan elektron xabarni 
xaqiqatan ham u yuborganmi yoki yo’qligini aniqlashtiring; 
 Agarda ijtimoiy tarmoqdagi saxifangiz (yoki do’stingizning saxifasi
begonalar tomonidan ochilgan bo’lsa, darxol elektron pochta va ijtimoiy 
tarmoq parollarini o’zgartiring xamda kompyuteringizni viruslar bor yoki 
yo’qligiga tekshirib ko’ring; 
 Kompyuteringizga sinovdan o’tgan va ishonchli antivirus dasturlarni 
o’rnating hamda internetdan foydalanish bo’yicha xavsizlik qoidalariga 
qat’iy rioya qiling. 
Mobil telefon raqamidan foydalangan xolda insonning qaerdaligini aniqlab 
beradigan imkoniyatlardan foydalanishda juda extiyot bo’ling! Chunki 
keyingi vaqtlarda internet tarmogida bunday takliflar ko’payib ketayapti. 
Buning uchun firibgarlar ko’rsatilgan nomerga SMS va hisob raqamiga pul 
o’tkazishni so’raydilar. Shu ma’lumotlardan foydalanib, tarmoq firibgarlari 
hisob raqamingizdan kattagina pul mablagini o’marib ketadilar. Mobil 
telefon raqami bo’yicha insonning qaerda ekanligini aniqlash mumkin, 
ammo bu ishni mobil aloqa kompaniyasi operatori ruxsati bilan, ko’rsatilgan 
talablarga mos ravishda amalga oshirish mumkin. Shuning uchun ham agar 
bunday taklif boshqa insonlardan chiqsa, ularni firibgar deb hisoblashdan 
o’zga chora yo’q. 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling