Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
firibgarlar internet tarmogi va ommaviy axborot vositalaridan foydalanganlar. Ular
banklardan imtiyozli shartlarda 500 000 rubldan ortiq miqdorda kredit olib
berishga va’da berib, salkam 52 ta xududning axolisini laqillatganlar. Xar
bir kredit
olishni istagan fuqaroni tashkilot xodimasi bilan mobil telefon orqali aloqaga
chiqishni va Western Union tizimi orqali 500 dan 800 dollargacha pul o’tkazishni
so’rashgan. Pul o’tkazish
tasdiqlangandan sung, tashkilot mutaxassisi kredit
olmoqchi bo’lgan
insonning oldiga kelib, kerakli xujjatlarni birgalikda to’ldirgan
va unda shu jumladan, ushbu xodimga pullar fuqaroning o’z
xoxishi bilan
o’tkazilgani xaqida imzo qo’yilgan xujjat berilgan. Shuning uchun ham
internetdagi imtiyozli kreditlar olishga yordam berish xaqidagi takliflarga
ishonib
yurmang. Chunki «
Tekin ovqat faqat qopqondagina bo’ladi!»
Qopqon saytlar vositasidagi firibgarliklar
Masalan, ushbu usuldagi firibgarlikda maxsus sayt tashkil qilinib, unda
«
Bojxona organlari tomonidan konfiskatsiya qilingan tovarlar arzon narxlarda
sotiladi» degan ma’nodagi soxta e’lon joylashtiriladi. Bu
saytlardagi
mobil
telefonlar, fotoapparatlar, noutbuk kompyuterlar va boshqa maishiy buyumlar juda
arzon narxlarda sotilishi xaqidagi e’lonlarni misol sifatida ko’rsatish mumkin.
Ammo xaridor bu buyumlarni faqatgina 100 foiz oldindan to’lov shartlaridagina
xarid qilishi mumkin. Firibgarlar
pulni olgandan sung, uni o’z maqsadlarida
bemalol ishlataveradilar. Bu usul vositasida fuqarolarga yetkazilgan zarar miqdori
esa bir necha million rublni tashkil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: