Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
kiritgandan so’ng mumkin bo’ladi. Bunday kodni olish uchun esa pul to’lab, SMS-
ma’lumot jo’natish talab etiladi. Bunday alomat mahsulot taklif qiladigan resurslar
fiktiv anketa ma’lumotlari bilan qayd qilingan chet
el provayderlari tarkibida
mavjud. Mutaxassislarning fikricha, tovush tebranishlari
orqali reklama
qilinayotgan effektga erishish mumkin emas. Ularning ta’kidlashlaricha, tovush
narkotiklarini qabul qilish oqibatida qattiq bosh og’rig’i kuzatilib, xotira susayishi
va miya faolligi susayishi kuzatiladi xolos.
Shunday qilib, «
raqamli narkotiklar»
xaqidagi ma’lumotlar pul ishlash uchun o’ylab topilgan firibgarlarning yana bir
antiqa xiylasidir.
Mahsus turdagi viruslar yordamida amalga
oshiriladigan kiberfiribgarliklar
Barchamizga ma’lumki, internetda tarqatiladigan
viruslar sonini sanab
sanog’iga yetish mumkin emas. Kiberfiribgarlar tomonidan ishlab chiqilgan va
internetda faoliyat ko’rsatadigan
zararli dasturlardan biri Trojan.Encoder.20
hisoblanib, ushbu dastur shunday dasturlar kodlari joylashtirilgan saytlar orqali
bilintirmasdan bu saytga kirgan foydalanuvchilar kompyuterlariga yuklantiriladi.
Bu dastur foydalanuvchi kompyuteridagi barcha fayllarni
shifrovka qilgandan
so’ng, o’z-o’zidan yo’qoladi. Endi foydalanuvchi o’z fayllarini ochmoqchi bo’lsa,
ularda bu fayllarni ochish (
yoki rasshfrovka qilish) uchun firibgarlarga SMS orqali
ma’lum bir miqdordagi pul to’lash so’raladi (
10 dollardan 89 dollargacha). Agar
shunday virus kompyuteringizga tushib qolsa, uni yo’qotish uchun Dr. Web
tomonidan ishlab chiqilgan tekin utilitani kompyuteringizga
yuklab olish tavsiya
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: