Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Internet firibgarlikning bu turi bank plastik kartalari bilan bogliq. Firibgarlar
plastik kartalar bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni bilishga
xarakat qiladilar va
agar omadlari kelsa, ulardagi pullarni yechib olib, yaxshigina daromad qiladilar.
Plastik kartalar xaqidagi ma’lumotlarni bilish turli
xil usullar bilan amalga
oshirilishi mumkin, masalan, fishing vositasida, internet magazinlar orqali va
virtual kim-oshdi savdolar tashkil qilish yordamida. Ular xech nima sotmaydilar va
xech qanday xizmat ko’rsatmaydilar - maqsadlari faqatgina boshqalarning plastik
kartalari xaqidagi ma’lumotlarni to’plash va keyinchalik
ularning pullarini
o’marishdir.
Valyuta almashtirish bilan bog’liq firibgarliklar
Tarmoqdagi bu faoliyat turi bilan shugullanadigan firibgarlar insonlarni
elektron valyutalar kursi bizda va chet elda katta farqqa ega ekanligiga
ishontirishga urinadilar. Ular turli xil hisob-kitoblar orqali
laqma fuqarolarni shu
tufayli millionlar ishlab olish mumkinligiga ishontiradilar. Agar kimdir ularning
to’riga tushib qolsa, o’z pullaridan ajralishi aniq bo’ladi-qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: