Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
revizitlari qandayligini biling. Muammoning asl mohiyatini bilgandan so’nggina
pul o’tkazish xaqidagi qaroringizni qabul qiling. Aks xolda sizning ajratgan
moliyaviy mablag’laringiz firibgarlarning qo’liga tushib qolishi mumkin.
Xorijiy fuqarolarga nisbatan firibgarliklar
Real xayotda o’z turmush o’rtog’ini topa olmaganlar bu ishni virtual
dunyoda, ya’ni internetda ham davom ettiradilar. Qidiruv bo’lg’usi qalliqlarning
rasmlari joylashtirilgan tanishish saytlarida va kundaliklarda boshlanadi.
Firibgarlar pul topish maqsadida chiroyli qizlarning
rasmlarini saytlarga
joylashtiradilar va ularni yoqtirib qolgan chet ellik fuqarolar bilan bu «
qizlar»
nomidan yozishma uyushtiradilar. Chet ellik kuyovlar bunday e’lonlarga laqqa
tushib, go’zallar bilan ishonch ila xatlar almashinadilar. Biroz ishonchga kirgandan
so’ng, «
qizlar» turli iltimoslarini boshlaydilar:
kasal ota-onamga yordam bering,
kredit to’lashim uchun biroz pul ajrating, sizning oldingizga
uchib borish uchun
biletga xamda sarf-xarajatlarga pul ajrating va boshqalar singari. So’ralgan pul
olinganidan so’ng, «
qalliqlar» aloqaga chiqmay qo’yadilar. Aldanganliklarini bilib
qolgan xorijiy fuqarolar esa yordam so’rab, politsiyaga murojaat qiladilar. Shuni
ham
aytish kerakki, bunday firibgarlar uzoq mamlakatlardagi «
qalliqlar» bilan
ishlaydilar, aks xolda yaqin mamlakatdagilar o’zlari kelishlarini so’rashlari
mumkin bo’ladi. Bu esa firibgarlar
uchun unchalik yoqimli emas, albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: