Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
1. Jamiyat hayotining turli sohalarida blokcheyn-texnologiyalarni muvaffaqiyatli 
joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan: 
 global tendensiyalarni monitoring qilish, texnologik o'zgarishlarni, 
shuningdek, blokcheynni qo'llashning yangi sohalarini, usullarini va 
mexanizmlarini aniqlash uchun taqsimlangan reestr texnologiyalari bo’yicha 
xalqaro tajribani organish va uni halq xo'jaligi tarmoqlarida tezkorlik bilan 
o’zlashtirish; 
 O'zbekistonda blokcheyn texnologiyalarini joriy etish bo'yicha takliflarni 
ishlab chiqish maqsadida mamlakatdagi ilmiy-amaliy tashkilotlar bilan 
birgalikda amaliy, ilmiy va marketing tadqiqotlarini tashkillashtirish; 
 blokcheyn va unga aloqador texnologiyalarni, shu jumladan, bulut 
texnologiyalari, kriptografiya, kriptoanaliz, aqlli kontraktlar va boshqa bu 
bilan bog’liq innovatsion texnologiyalarni potentsial foydalanishni tartibga 
soluvchi halqaro normativ-huquqiy bazalarni tahlil qilish va ularni 
respublika sharoitlariga mos ravishda takomillashtirish; 
 mamlakat miqyosidagi blokcheyn loyihalarni samarali ravishda amalga 
oshirish uchun tegishli tashkiliy va texnik infratuzilmani rivojlantirish; 
 blokcheyn-texnologiyalarni joriy etish bilan bog'liq tashabbuslar, milliy 
tildagi yangi adabiyotlar, tadbirlar hamda loyihalarni axborot-analitik va 
metodik jihatdan qo'llab-quvvatlash; 
 Blokcheyn-texnologiyalar bo’yicha oily ta’lim muassasalar va akademik 
tashkilotlar, 
olimlar 
va 
professor-o’qituvchilar 
bilan hamkorlikni 
rivojlantirish; 
 Blokcheyn-texnologiyalarni ommalashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy va 
o’zbek tildagi ommabop adabiyotlar yaratish va ularni ommaviy axborot 
vositalari yordamida halq ommasiga keng targ’ibot qilish; 
 Blokcheyn-texnologiyalarni amaliyotga qo’llash bo’yicha moliya-kredit va 
bank tashkilotlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari bilan uzviy aloqada bo’lib 
ishlash. 
2. Milliy blokcheyn-kompetentsiya va vakolatlarni rivojlantirish, shu jumladan: 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
o taqsimlangan reestr texnologiyasidan samarali foydalanish uchun davlat 
tuzilmalarining kadrlar salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash
o blokcheyn sohasida milliy ekspertlar guruhini shakllantirish, bu bilan 
bog’liq bo’lgan muammolarni muhokama qilish uchun zarur bo’lgan 
innovatsion maydonchalar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish 
hamda 
amaliyotda 
blokcheyn 
texnologiyalarni 
qo'llashning 
yangi 
yo'nalishlari va usullarini yaratish; 
o iqtisodiyotning turli sohalariga, tadbirkorlikda va davlat boshqaruviga 
yo’naltirilgan 
blokcheyn-texnologiyalari 
sohasidagi 
mutaxassislarni 
tayyorlash va malakasini oshirish; 
o taqsimlangan reestr texnologiyalarini joriy etish bilan shug'ullanuvchi milliy 
kompaniyalarni va soha mutahassislarini rag'batlantirish hamda qo'llab-
quvvatlash; 
o blokcheyn texnologiyasi yo’nalishida ilmiy va amaliy izlanish olib boruvchi 
oliy o’quv yurtlari, texnoparklar, analitik markazlar, ilmiy-tadqiqot 
markazlari va boshqa milliy akademik va mutaxassislar birlashmalarining 
a’zolarini rag’batlantirish maqsadida o’zaro hamkorlikni amalga oshirish;

Taqsimlangan ro’yhat texnologiyasini qo’llash borasida xalqaro hamkorlikni
rivojlantirishga yo’naltirilgan anjumanlarini tashkillashtirish va o’tkazish, bu 
boradagi halqaro tajriba va o'zaro tajriba almashishlarda faol ishtirok etish; 
3. Blokcheyn innovatsion texnologiyalarini davlat boshqaruv tizimi va milliy 
iqtisodiyotga tadbiq etish jarayonini muvofiqlashtirish, shu jumladan:
 blokcheyn texnologiyalarini qo’llash va tadbiq etish bo’yicha maslahat 
hizmatlarini ko’rsatish, mutaxassislar hulosasini taqdim qilish hamda bu 
soha bo’yicha innovatsion fikr va takliflarni berish. 
 davlat boshqaruvida blokcheyn texnologiyani qo’llagan holda information-
kommunikatsion sohaga oid optimal yechimlarni yaratish va tadbiq qilishda 
yaxlit va bir butun texnologik yondashuvni ta’minlash; 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling