Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Elektron tijoratda qo’llaniladigan kriptovalyutalarning tavsifi


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

7.4. Elektron tijoratda qo’llaniladigan kriptovalyutalarning tavsifi 
Litecoin (Laytkoyn) deb nomlangan kriptovalyuta dunyodagi eng 
ommalashgan kriptovalyuta turlaridan biri hisoblanadi. Litecoinning maxsus 
yaratilgan saytida uni ko’pincha «raqamli valyuta» deb ham ataylaydilar. Litecoin 
uni yaratuvchilar tomonidan asosiy raqamli valyuta bo’lgan Bitcoinning 
evolyutsiyasi hisoblansada, undan ancha-muncha farq ham qiladi. 2013 yilning 11 
dekabri xolatiga ko’ra BTC-E birjasida 1 LTC taxminan 33 AQSh dollariga teng 
hisoblangan. Laytkoinlar pul almashtirish shaxobchalarida bitkoinga yoki oddiy 
pullarga almashtirilishi mumkin. Undan tashqari, kriptovalyutalar turli xil tovar va 
hizmatlarni sotib olish uchun ham ishlatilishlari mumkin (agarda sotuvchilar 
bunga rozi bo’lsalar, albatta). Laytkoin o’zining bir qancha ko’rsatgichlari bilan 
Bitkoinga juda ham o’xshab ketadi. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz 
mumkin: 

Mayning pullar topishning asosiy vositasi; 

Tarmoqning markazlamaganligi va tarqoqligi; 

Tizimda tashqi nazoratning mavjud emasligi; 

Laytkoin emissiyasining algoritmik jihatdan chegaralanganligi; 

Pulmablag’larigaanonimjihatdanegalikqilish 
mumkinligivaulardanfoydalanishninganonimliligi 
(bungatranzaktsiyalarhamkiradi);

Tranzaktsiyalarni rad etishning mumkin emasligi;

Mablag’larni tarmoqning bir qismi bo’lgan hamyon faylida saqlanishi.
Xuddi Bitcoin kabi, Litecoin ham C++ tilida yozilgan va mijoz uchun 
Windows, Mac OS X, Linux versiyalarida saqlanadi.
LITECOIN (LTC)ning BITCOIN (BTC)dan asosiy farqlari: 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
 Litecoin hisoblash amallari uchun markaziy protsessorni Bitcoinga nisbatan 
samaradorroq ishlatadi, mayning jarayonining afzalliklari esa unda biroz 
pastroq darajada.
 Pul o’tkazmalarini tasdiqlash uchun to’rt marta kamroq real vaqt sarfi kerak 
bo’lishi; 
 Pul mablag’larining maksimal katta miqdoridan foydalana olish mumkinligi – 
ya’ni 84 million dollar; 
 Har 3,5 kunda kriptografik hisoblarning murakkablik darajasi qayta hisoblanilib 
turiladi;
 Tarmoqda jami bo’lib 84 million LTC dan foydalanish mumkin, bu esaBTC ga 
nisbatan to’rt marta ko’p deganidir (21*4);
 Yangi bloklar generatsiya qilinganiuchun mukofotlanuv miqdori ham 840 000 
blokdan so’ng, ikki baravarga kamaytiriladi;
 Laytkoinning loyihachilari o’zlarining asosiy maqsadlari sifatida bitkoin 
tizimidagi xatolar va kamchiliklarni tuzatishni qabul qilganlar. Kriptovalyutalar 
bilan ish olib borilganida Litecoinning kursi Bitcoinning kursiga bog’liq 
ekanligi kuzatiladi. Bu ularning bir biriga bog’liqligidan emas (chunki ular bir-
biriga bog’liq bo’lmagan valyutalardir), balki Bitcoin va Litecoinga bo’lgan 
talab va taklifning o’zaro balansi natijasida paydo bo’ladi. Kriptovalyutalarning 
kurslarini umuman bashorat qilib bo’lmaydi va xolat istalgan daqiqada 
batamom o’zgarib ketishi mumkin. Ayniqsa bu xolat 21 million bitkoinlar ishga 
tushib ketgandan so’ng yaqqol kuzatiladi.
Laytkoinlarning keyingi vaqtda kuzatilgan katta muvaffaqiyati quyidagilarda 
deb ta`kidlashimiz mumkin:
1. Kipr davlatining o’z iqtisodiyotining ayrim qismlarni bitkoinlarga 
o’tkazishni rejalashtirganligi;
2. Kriptovalyutaga juda katta pullar oqimining kirib kelganligi. Ularning 
kapitalizatsiyalashuvi bir necha milliard AQSH dollaridan oshib ketdi; 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
3. Ko’pchilik insonlarning 100 sumga ham, 3 dollarga ham bitkoin sotib 
ollolmaganliklari ularning bitkoin millionerlari bo’lish imkoniyatlarini batamom 
yo’qqa chiqarganligi, laytkoinga bo’lgan umidni oshirdi; 
4. Shuning uchun ham bitkoindan keyingi ikkinchi alternativ kriptovalyuta – 
laytkoinning obrusi orta boshladi. Ushbu bozorda faoliyat ko’rsatayotgan ko’pchilik 
insonlar laytkoin ham bitkoinning muvaffaqiyatini qaytarishiga va u ham 1000 
dollargacha kattalikka o’sa olishiga ishonadilar;
5. Kriptovalyutalarning asosiy birjalari o’zida laytkoinlardan ham 
foydalanish mumkinligini bildirdi;
6. Yuqoridagi ko’rsatilgan sabablar tufayli ko’pchilik insonlar yaxshi umid 
bilan laytkoinlarni faol ravishda sotib ola boshladilar. 
Xozirgi davrdagi asosiy kriptovalyutalarning qisqacha tavsifi quyidagi 
jadvalda keltirilgan: 
Valyuta 
Kod 
Yaratil
gan 
vaqti 
Muallif 
Faollik 
Sayt 
Xesh 
Izox 
Bitcoin 
BTC 
2009 
Satoshi 
Nakamoto 
Ha 
bitcoin.org 
SHA-256 
Birinchi va eng ommabop 
kriptovalyuta, proof-of-work 
Litecoin 
LTC 
2011 
Coblee 
Ha 
litecoin.org 
Scrypt 
proof-of-work 
Namecoin NMC 
2011 
Vinced 
Ha 
dot-bit.org 
SHA-256 
proof-of-work. 
Markazlashmagan DNS 
sifatida, internet-tsenzurani 
qiyinlashtirish maqsadida 
Kriptovalyutalarning ba`zi bir xususiyatlarini va internet manzillarini quyida 
qisqacha tavsiflab o’tamiz: 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling