Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- BTC - e
proof-of-work tizimidan foydalanadi. Shundan keyingi yillarda Bitcoinga bog’liq
bo’lmagan mustaqil kriptovalyutalar ham ishlatilina boshlandi. Ularni Bitcoin forklari deb ataladi. Masalan, Namecoin, Litecoin, PPCoin, Novacoin va boshqalar. Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Bulardan boshqa bir qancha forklar ham yaratilgan, ammo ularning Bitcoindan unchalik katta farqlari yo’q desa ham bo’ladi. Farqlari faqat emissiya tezligi va chegaralari yoki xesh-funktsiyalar algoritmlaridagina bo’lishi mumkin. Bunday turdagi ko’pgina forklar 2011-2014 yillarda Bitcoinning bozorda erishgan muvaffaqiyatlari tufayli vujudga kelgan deyishimiz ham mumkin. Kriptovalyutalarning boshlang’ich narxi uning generatsiya qilish uchun kompyuterga sarf qilingan elektr energiyasining bahosiga teng deyish mumkin. Kriptovalyutaning ikkilamchi bozoriy narxini esa unga bo’lgan talab aniqlab beradi. Bunday talab quyidagi amallar vositasida shakllanishi mumkin: 1) spekulyativ — investorniki (kriptovalyutani uni yanada qimmatroq sotish maqsadida sotib olish); 2) Kriptovalyuta to’lab, o’rniga qandaydir tovar yoki mahsulot olish; 3) Kriptovalyutani boshqa hisob raqamiga komissiyasiz (yoki 0,1% dan ham kamroq komissiya bilan) o’tkazish. Bulardan tashqari, kriptovalyutaning bozoriy narxini xosil qilishda uning oxirgi emissiyasi qanday bo’lganligi ham ahamiyatga ega bo’ladi. Bitcoin tarmog’ini yaratgan Gevin Andrisen ham ba’zi bir kriptovalyutalarning firibgarlik mahsuli bo’lishi mumkinligidan o’z xavotirini bildirgan. Xozirgi davrda Bitcoindan boshqa hech qanday kriptovalyuta bunchalik keng miqyosda tarqalmaganligini ham aytib o’tishimiz kerak. Litecoin va Namecoin kriptovalyutalari boshqalarga nisbatan biroz kengroq tarqaldilar, ammo Bitcoinga yetishning uddasidan chiqa olmadilar. Boshqa barcha kriptovalyutalar ularning kurslarida biroz miqdorda spekulyatsiya qilish uchun ishlatiladilar va boshqa yerlarda ishlatilganlari xozircha kuzatilmadi. Asosiy kriptovalyutalar emissiyaning quyidagi umumiy miqdori doirasida amal qiladilar: (BTC) Bitcoin — 21 million kriptotanga va (LTC) Litecoin — 84 million kriptotanga. Kriptovalyutalar bilan ishlashni boshlashni o’rganish yoki ular bilan ishlashga mo’ljallangan saytlar soni va kriptovalyutalar birjalari juda ham ko’p miqdorda. Masalan, BTC - e birjasi, Exmo.com - birjasi, Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling