Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

LiveCoin.net - zamonaviy bijasi, CEX.IO - birjasi, eCoin.eu - birjasi, GOC.io
kriptovalyutalar bilan avtomatik tarzda savdo qiluvchi platforma, Cryptonit.net 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
kriptovalyutalar sotuvchi va sotib oluvchi birjasi, Kraken kompaniyasining birjasi, 
Bitfinex - AQSh dollari bilan savdo qiluvchi eng katta birjasi, BTC China - savdo 
xajmi bo’yicha dunyodagi eng katta Xitoy firmasi, BitYes.com - AQSh dollari 
bilan katta miqdordagi savdo xajmini amalga oshiruvchi Xitoy kriptovalyuta birjasi 
va boshqalar. Keyingi paytda rusiyzabon foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan 
kriptovalyutalar bilan avtomatik tarzda savdo qiladigan tizimlar ham tobora 
mashxur bo’lib bormoqda. Ularga bir marta kirasiz va unga a`zo bo’lganingizdan 
so’ng, savdo jarayonini tizimning o’zi avtomatik tarzda amalga oshiradi. Siz ham 
o’z omadingizni ushbu kriptovalyuta savdo tizimlarida bemalol tekshirib 
ko’rishingiz mumkin. Ammo savdo jarayonini boshlashdan avval kriptovalyuta 
turlarini va savdo amaliyotini mavjud trenajerlarda yaxshilab o’rganib, o’zlashtirib 
olishingizni maslaxat qilar edik.Quyidagi tasvirda kriptovalyutalar olami o’ziga xos 
mozaikali tasvirlar vositasida keltirilgan va u kripto-olam to’g’risidagi o’quvchi 
tasavvurini yanada boyitish uchun hizmat qiladi: 
Yuqoridaaytilganlardankelibchiqqanxoldashunita’kidlashkerakki, 
raqamlivalyutadegandashundayvalyutaturigaaytiladiki, 
bundayturdagivalyutaxozirgipaytdahamyoningizdabo’lganqog’ozko’rinishidagival
yutalardanfarqlio’laroq, 
faqatginaelektronko’rinishdabo’ladi. 
Ammo, 
xozirgidavrdako’pchilikinsonlarbitkoin, 
laytkoin, 
tokenvaethiriumlarkabielektronvalyutaturlaridanqandayfoydalanishnitushunaverma
ydilar. 
Demak, 
tabiiyravishdaquyidagisavoltug’iladi: 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Elektronvalyutalarvositasidainternettizimiorqaliodatiypulkabito‘lovlaramalgaoshiri
shmumkinmi? 
Quyidashuvashubilanbog’liqbirqanchadolzarbsavollargajavobberishgaharakatqila
miz.
 
Shuni ham aytish kerakki, bitkoin tangalarini yaratish uchun sarflanadigan 
harajatlar unchalik katta emas, biroq xuddi oltin yoki neftni qazib olishdagi 
tashkilotlar ko‘payishi va ushbu resurslarning kamyob topilishi bois narxi oshgani 
singari, bitkoinni ham so‘nggi vaqtlarda mayning orqali hosil qilish 
murakkablashgan holda butun bir boshli «mayning fermalari»dagi bir necha kunlik 
to‘xtovsiz amaliyot natijasida bor yo‘g‘i bir nechta bitkoin hosil bo‘layotgani 
hamda bitkoinlar maksimal soni chegaralangani (21000 000) narxning 
ko‘tarilishiga turtki bo‘lmoqda. Biroq bundan boshqa yana eng katta sabablardan 
biri bitkoinni Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya singari rivojlangan mamlakatlar 
iqtisodiyotida rasman to‘lov vositasi sifatida qabul qilinishi mumkinligi tufayli 
ushbu bitkoin tangalariga talabni chunonan kuchaytirdiki, 2017 yilning o‘zida yil 
boshiga nisbatan jadal o‘sish ko‘rsatkichiga erishildi (kurs 998 AQSh dollaridan 
20000 AQSh dollarigacha o‘sdi).Bugun dunyodagi yetakchi birjalar va yirik 
banklar ham bitkoinning oldi-sotdisini treyding tizimida yo‘lga qo‘yishlariga 
to‘g‘ri kelmoqda. Garchi kriptovalyutalarning gurkirab rivojlanishi butun jahon 
moliyaviy-iqtisodiy tizimiga katta ta`sir qilgan holda mavjud bo‘lgan tizimni yo‘q 
bo‘lib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lsa ham, ayni paytda katta daromad 
ko‘rish istagida bo‘lgan investorlar bitkoinning rivojlanishidan manfaatdor 
bo‘lishmoqda. Shuningdek, bitkoin tangalarini gurkirab rivojlanishidan eng ko‘p 
manfaat ko‘ruvchi insonlar – bu yashirin iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi 
investorlardir. Aynan shuning uchun ham hozirda bir nechta iqtisodi rivojlangan 
davlatlar bitkoin orqali turli noqonuniy va jinoiy faoliyatlarning rivojlanib 
ketishi oldini olish maqsadida bitkoinni to‘lov vositasi sifatida qabul 
qilishmayapti.Bitkoinni xarid qilish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, hozirgi 
vaqtda uni bir nechta maxsus birjalardan yoki umuman har qanday bitkoinga ega 
bo‘lgan ishtirokchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish yo‘llari mavjuddir. Unda 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
bitkoinning oldi-sottisi ishtirokchilarning o‘zaro kelishilgan narxlarida amalga 
oshiriladi. Agar to‘lovlar birjalar orqali amalga oshirilsa, xalqaro VISA, Master 
Card kartalari orqali va Webmoney, Qiwi, Perfect Money, Advcash, Payeer, 
Paypal va boshqa elektron hamyonlar orqali kriptovalyutalarni sotib olish 
mumkindir.Hozirgi kunga kelib, birlamchi kriptovalyutalarga ma’lum bir usullar 
(mayning, forjing)dan foydalangan holda ega bo‘lish mumkin. Qolganlar esa 
virtual pullarnifaqatgina boshqalardan sotib olishlari mumkin. Buning uchun ular 
ma’lum miqdorda pul to‘lashlari yoki kriptovalyutani tovar yoki hizmatga 
almashtirishlari mumkin. Almashinuv hech qanday vositachilarsiz amalga 
oshirilishi mumkin. Ammo amaliyotda bu ishni maxsus joylardagina amalga 
oshirish mumkin bo‘lib qolmoqda. Bu esa tabiiy ravishda kriptovalyutalar bozorini 
vujudga keltirdi. Natijada hozirgi vaqtda kriptovalyutalar egalari ularni nafaqat 
haqiqiy pullarga balki boshqa turdagi virtual pullarga ham almashtirish imkoniga 
ega bo‘lmoqdalar.

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling