Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

proof-of-work tizimidan foydalanadi. Shundan keyingi yillarda Bitcoinga bog’liq 
bo’lmagan mustaqil kriptovalyutalar ham ishlatilina boshlandi. Ularni Bitcoin 
forklari deb ataladi. Masalan, Namecoin, Litecoin, PPCoin, Novacoin va boshqalar.


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Bulardan boshqa bir qancha forklar ham yaratilgan, ammo ularning Bitcoindan 
unchalik katta farqlari yo’q desa ham bo’ladi. Farqlari faqat emissiya tezligi va 
chegaralari yoki xesh-funktsiyalar algoritmlaridagina bo’lishi mumkin. Bunday 
turdagi ko’pgina forklar 2011-2014 yillarda Bitcoinning bozorda erishgan 
muvaffaqiyatlari 
tufayli 
vujudga 
kelgan 
deyishimiz 
ham 
mumkin.
Kriptovalyutalarning boshlang’ich narxi uning generatsiya qilish uchun 
kompyuterga sarf qilingan elektr energiyasining bahosiga teng deyish mumkin. 
Kriptovalyutaning ikkilamchi bozoriy narxini esa unga bo’lgan talab aniqlab beradi. 
Bunday talab quyidagi amallar vositasida shakllanishi mumkin:
1) spekulyativ — investorniki (kriptovalyutani uni yanada qimmatroq sotish 
maqsadida sotib olish); 
2) Kriptovalyuta to’lab, o’rniga qandaydir tovar yoki mahsulot olish;
3) Kriptovalyutani boshqa hisob raqamiga komissiyasiz (yoki 0,1% dan ham 
kamroq komissiya bilan) o’tkazish.
Bulardan tashqari, kriptovalyutaning bozoriy narxini xosil qilishda uning 
oxirgi emissiyasi qanday bo’lganligi ham ahamiyatga ega bo’ladi. Bitcoin
tarmog’ini yaratgan Gevin Andrisen ham ba’zi bir kriptovalyutalarning firibgarlik 
mahsuli bo’lishi mumkinligidan o’z xavotirini bildirgan. Xozirgi davrda Bitcoindan 
boshqa hech qanday kriptovalyuta bunchalik keng miqyosda tarqalmaganligini ham 
aytib o’tishimiz kerak. Litecoin va Namecoin kriptovalyutalari boshqalarga 
nisbatan biroz kengroq tarqaldilar, ammo Bitcoinga yetishning uddasidan chiqa 
olmadilar. Boshqa barcha kriptovalyutalar ularning kurslarida biroz miqdorda 
spekulyatsiya qilish uchun ishlatiladilar va boshqa yerlarda ishlatilganlari xozircha 
kuzatilmadi. Asosiy kriptovalyutalar emissiyaning quyidagi umumiy miqdori 
doirasida amal qiladilar: (BTC) Bitcoin — 21 million kriptotanga va (LTC
Litecoin — 84 million kriptotanga. Kriptovalyutalar bilan ishlashni boshlashni 
o’rganish yoki ular bilan ishlashga mo’ljallangan saytlar soni va kriptovalyutalar 
birjalari juda ham ko’p miqdorda. Masalan, BTC - e birjasi, Exmo.com - birjasi, 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling