Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
tubdan takomillashtirish bo'yicha "Yo'l xaritasi"ning 7-bo’limida belgilangan 
"Mirzo Ulugbek Innovation Center" innovatsion markazi qoshida blokcheyn 
texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanish shart-sharoitlarni yaratish, kadrlar 
salohiyatini 
oshirish 
hamda 
mahalliy 
dasturchilarni 
tomonidan 
ushbu 
texnologiyani o’zlashtirishni qo’llab-quvvatlash maqsadida Taqsimlangan reestr 
(blokcheyn) texnologiyalari bo'yicha vakolatlar Markazi yaratish ko’zda tutilgan. 
Markaz faoliyati bo’yicha hujjatda (kontseptsiyada) tashkil etilayotgan markaz 
faoliyatining asosiy yo’nalishlari, maqsadlari, vazifalari, tamoyillari va 
faoliyatining tashkiliy-huquqiy mexanizmlari batafsil bayon etilgan. Ushbu 
loyihani amalga oshirish uchun mas'ul ijrochilar bo’lib O‘zbekiston Respublikasi 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriligi, Mirzo 
Ulug'bek innovatsion markazi va boshqa manfaatdor idoralar hisoblanadi. Hujjatda 
(kontseptsiyada) quyidagi atama va aniqlanuvlar qo’llanilgan: 

taqsimlangan reestr (blokcheyn) - axborotni o’zida jamlagan, muayyan 
qoidalarga muvofiq tuzilgan uzluksiz bloklar zanjiridir (bog'langan ro'yxat). 
Ko'pincha bunday bloklar zanjiri nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli 
xil kompyuterlarda (qurilmalarda) saqlanadi. 

vakolatlar markazi - tuzilmasining asosiy vazifasi qilib ma'lum bir sohadagi 
yangi bilimlarni, tajriba va vakolatlarni izlash va uzatish hamda konsalting, 
servis hizmatlari va professional hizmatlarni ko'rsatishdir. 
Markaz tuzilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlar sifatida quyidagilarni 
keltirish mumkin: 
 taqsimlangan reestr (blokcheyn) texnologiyasining imkoniyatlaridan 
foydalanish uchun shart-sharoitlarni shakllantirish; 
 taqsimlangan reestr (blokcheyn) texnologiyasi sohasida milliy kadrlar 
salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash
 ushbu texnologiyani o'zlashtirish uchun mahalliy ishlab chiquvchilarni 
qo'llab-quvvatlash; 
 davlat boshqaruvi hizmatlarining sifatini yaxshilash, idoralararo ish olib 
borish samaradorligini oshirish, boshqa davlat vakolatlari bo’yicha 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
hizmatlarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruv tizimida blokcheyn 
texnologiyalarini joriy etish. 
Taqsimlangan 
reestr 
texnologiyalari 
(blokcheyn
bo’yicha vakolatlar 
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
 Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish uchun normativ-huquqiy va 
me'yoriy bazani takomillashtirish; 
 Davlat boshqaruv tizimida blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish uchun 
tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni rivojlantirish; 
 Davlat boshqaruvi tizimida taqsimlangan reestr texnologiyasini joriy etishga 
yagona texnologik yondashuvni ta'minlash; 
 Blokcheyn sohasidagi bilimlarni boshqarish tizimini hayotga tadbiq qilish;
 Blokcheyn texnologiyalariga ixtisoslashgan mahalliy ekspertlar va 
kompaniyalar reestrini yuritish
 Taqsimlangan reestr sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini 
oshirish; 
 Aholi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, davlat hizmatchilarining taqsimlangan 
reestr texnologiyasi va uning afzalliklari haqidagi xabardorlik darajasiini 
oshirish; 
 Davlat tizimi, xususiy va ijtimoiy sohalarda bloklcheyn texnologiyalardan 
foydalanish bo'yicha ilk pilot-loyihalarni amalga oshirish; 
 Blokcheyn texnologiyasidan foydalanish bo'yicha ilg'or xorij tajribalarini 
o'rganish va mahalliy sharoitlarga moslashtirish uchun xalqaro hamkorlikni 
amalga oshirish. 
Blokcheyn vakolatlari Markazining asosiy vazifasi va missiyasi ushbu sohadagi 
milliy tajriba darajasi va vakolatlarni oshirish hamda O'zbekistonda yuqori 
texnologiyali va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishni rag'batlantirish 
maqsadida taqsimlanadigan reestr texnologiyalari sohasidagi bilimlarni yaratish, 
yanglash, saqlash va tarqatishning samarali mexanizmini joriy etishdan iborat. 
Ushbu missiyani amalga oshirish uchun Markaz quyidagi yo'nalishlar bo'yicha 
faoliyatni amalga oshirishni rejalashtirgan: 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling