Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Amaliyot biznes modellar tavsifi 
Elektron biznesning rivovlanishi jarayonida internetda faoliyat yurgizadigan 
kompaniyalar biznes-modellarining bir qancha turlari vujudga keldi va rivojlandi, 
shu jumladan, Freemium, Free-to-Play, Full-Crowdsourcing, Donation, Print-on-
Demand, Video-on-Demand va boshqalar. Ular orasidagi farq monetizatsiya 
modellarida hamda narx belgilash strategiyalaridadir. Quyida ularning 
ba’zilarining ko’rsatgichlarini va ishlatilish imkoniyatlarini ko’rib chiqishga 
harakat qilamiz: 
Freemiummodeli (Free – tekin, premium – yaxshilangan, mukammallashgan)– 
ushbu model bo’yicha asosiy funktsional yoki demonstratsion versiya tekinga 
taklif qilinadi, foydalanuvchi uchun kerakli bo‘lgan qo’shimcha imkoniyatlar esa 
alohida to’lovga taqdim etiladi. Yoki boshqa variantdan ham foydalanish mumkin 
– sun’iy ravishda yaratilgan kamchiliklardan qutulish uchun qandaydir miqdorda 
pul to’lash kerak bo‘ladi. Freemium modeli ko\pchilik komp’yuter o’yinlarida, 
mobil xizmatlarda va ilovalarda, onlayn-kouchingda va elektron ta’limda juda 
ommabop hisoblanadi. Misol sifatida Skype, Flickr, Fruit Ninja, Angry Birds
Angry Birds Space HD larni keltirish mumkin. Bu modelning kamchiligi foydaga 
chiqishning katta muddatliligidir, chunki statistika bo’yicha, bor-yo’g’i 0,5-1% 
gina foydalanuvchilar qo’shimcha funktsionallarni sotib olar ekanlar. 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Free-to-Play modeli (free – tekin, play – o’ynash) – bu modelda barcha 
funktsional tekinga taqdim etiladi. O’yinnji bemalol tekinga o’ynash mumkin, 
lekin o’yinga juda ham qiziqib ketsangiz, qo’shimcha funktsionallarni sotib 
olishingiz mumkin. Misol sifatida Jetpack Joyride va Veselaya ferma komp’yuter 
o‘yinllarini keltirishimiz mumkin. Bu model hit-mahsulotlar uchun 
foydalanuvchilarning soni juda ko’p bo‘lganda foydali bo‘ladi, aks xolda u foyda 
keltirmaydi. 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling