Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Compo
- Online to Offline (O2O
- Alibaba Group
11.4. Elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari
Hozirgi davrda ko’pchilik mutaxassislar elektron tijorat rivojlanishining kelajak istiqbollari bilan juda ham qiziqadilar, chunki agar bunga e’tibor berilmasa, har qanday biznes ham kelajakda yangi turdagi biznes modellarning tezkorlik bilan rivojlanishi oqibatida norentabel bo’lib qolishi yoki barbod bo’lishi mumkin. Bu masala bo’yicha eng ishonchli manba soha perofessionallarning fikrlarini o’rganishdir. Compo agentligining B2B e-commerce bo’yicha agentligi analitiklari Rossiya e-commerce bozori ekspertlaridan 2018 yildan so’ng elektron tijoratda kutiladigan trendlar bo’yicha so’rov o’tkazishdi va olingan natijalar «What Is the Future of E-commerce in 2018 and Beyond? 10 Trends Transforming How We Shop Online» deb nomlangan Gerbert Lui ning maqolasida keltirilgan. Mahsulotlarni ikki soatda yetkazib berish, sun’iy intellektdan hamda dronlardan foydalanish kabi alohida muvaffaqiyatlarga qaramay, bu sohadagi uzoq muddatli muvaffaqiyat tezkor rivojlanishni ta’minlab beradigan bozor imkoniyatlarini tushunishga asoslangan bo’ladi. Shopify kompaniyasining xodimi Gerbert Lui bu sohadagi quyida tavsif etilgan o’nta asosiy trendni ko’rsatib o’tdi: Elektron tijorat tez sur’atlar bilan rivojlanishiga qaramay, elektron savdoga chakana savdoning bor-yo’g’i 9,1% to’g’ri kelar ekan. Demak, yo’nalishning tezkorlik bilan rivojlanishi kutilmoqda; Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva On-layn bozorda odatiy B2C bilan bir qatorda B2B deb atalgan gigant biznes ham rivojlana boshlaydi; Elektron tijoratning yanada ko’proq avtomatlashuvi hozirgi zamon biznesining real rivojlanish yo’nalishi deyish mumkin; Iste’molchilarning turli-tumanligi elektron tijoratga katta o’zgarishlar olib kelishi kutilmoqda; Ertangi kunning yana bir yechimlaridan biri ko’p kanalli elektron savdodir; Halqaro elektron savdo imkoniyatlari yanada kengayadi va uning yangi usullari kashf qilinadi; Elektron savdoda mobil qurilmalardan foydalanish ko’lami yanada ko’payadi va bu amalning murakkablik darajasi biroz ortadi; Ijtimoiy tarmoqlar va media vositasidagi sotuvlar hajmi yanada ortadi; Google ning mikro-momentlari jarayonlarni optimallashtirish uchun bir vosita sifatida ishlatilina boshlaydi; Elektron tijoratda iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi o’rtasidagi o’zaro muloqotda content katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. Oxirgi besh yilda chakana savdoning umumiy savdodagi hajmi 5,4% dan 9,1% gacha o’sdi. Demak, bu sohada amaliy jihatdan cheklanmagan imkoniyatlar mavjud ekan. Tezkorlik bilan rivojlanayotgan kompaniyalar yangi raqobatchilarni aniqlab, ularning muvaffaqiyatlari sirlarini aniqlashlari va o’zlari uchun yangi imkoniyatalar izlab topishlari zarur bo’lib qoladi. Masalan, keyingi yillarda internet-korxonalarda yangi trend paydo bo’la boshladi – ular oflaynda ishladigan savdo nuqtalari sotib olib, ularni ishlata boshladilar. Online to Offline(O2O) turidagi tijorat odatiy raqamli texnologiyalarga yangi hayot bag’ishlashi mumkin. Boshqa tomondan esa chakana savdo gigantlari ham iste’molchilarga raqamli dunyoda an’anaviy magazinlarga o’xshash bo’lgan imkoniyatlar taqdim etayaptilar. Yuqoridagi ikki jarayonni bir so’z – omnikanallilik deb atash mumkin. 2018-yildan boshlab Ozon, Wildberries, Globus va Ashan kompaniyalari online riteyl orqali mahsulotlar savdosini boshlaganlar. Compo kompaniyasining B2B Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva loyihalar bo’yicha rahbarining bildirishicha, online chakana savdo hajmi haridorlar ko’payishi tufayli o’sib bormoqda, chunki uch-to’rt yillar avval online harid qilayotgan katta avlod vakillari ham offlaynda ishlashga ancha o’rganib qolganlar. Agarda onlayn va offlayn bir-biriga o’zaro birikib ketsa, u xolda omnikanallilik onlayn savdoda potentsial xosil qilishi mumkin. Oflayn magazinlar esa onlayn zakazlar topshiriladigan punktlar rolini o’ynay boshlaydi. Alibaba Group kompaniyasining tajribasiga ko’ra, omnikanallilik xossasi kompaniyaning sotuvdan bulutli yechimlargacha hamda o’z mustaqil to’lov tizimigacha bo’lgan butun bir ekotizimdir. Masalan, Wildberries da bir necha yillardan buyon har bir registratsiya qilingan foydalanuvchining ichki elektron hamyoni mavjud. U orqali zakaz pulini to’lash va tovar qaytarilgan taqdirda pullarni qaytarib olish ham mumkin. Ammo omnikanallilik ham tarix sahifalaridan o’rin olib, yangi, new retailga asta-sekin o’z o’rnini bo’shatib bermoqda. Bunda kompaniya uchun sotuvchi haridorga tovar yoki hizmatni qaerda, qanday va qachon taklif qilishi muhim emas, chunki barcha hollarda ham onlayn offlaynga xizmat ko’rsatadi. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling