Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
4. Stabil va perspektiv kompaniyaning mahsulotlarini mukammalashtirish va
uning bozor ulushini kengaytirish uchun investitsiya (
expansion investment).
Venchur investitsiyalarning turlari startaplarning quyida keltirilgan rivojlanish
bosqichlariga mos tushadi:
1.
Ekish bosqichi – Seed, Seedstage – kompaniyada biznes go’ya bor,
mahsulot
yoki hizmatning prototipi yaratilishi ustida ish olib borilayapti, biznes-reja ishlab
chiqilmoqda yoki u yo’q, bozorga chiqish va capital axtarish uchun bir qancha
tayyorgarlik ishlarini olib borish kerak,
risklarni baholash lozim, byudjetnu
rejalashtirish zarur, potentsiyal investor uchun loyihaning taqdimot versiyasini
ishlab chiqish kerak. Bubosqichda startaplar Ekish fondlaridan yoki biznes-
farishtalardan moliyalashtirish olishlari mumkin. AQSH da super-farishtalar bitta
loyihaga $1 milliondan ko’proq pul tikishlari mumkin
va bunda boshqa venchur
kapitalistlar bilan sifatli startap uchun raqobat ham qiladilar. Loyihani baholash
uchun esa huquqiy, moliyaviy, marketing va ilmiy texnik expertiza o’tkaza
oladigan kompaniyalarga ham murojaat qilinishi mumkin.
2.
Startap – start-upstage – startapning ishga tushirilishi, pilot versiyada mahsulot
yaratigan, uni testlashtirish jarayoni boshlangan va birinchi mijozlarga hizmat
ko’rsatish boshlangan. Bu bosqichda g’oyaning mualliflari
vechur fondlardan
investitsiya olishlari mumkin.
3.
O’sish bosqichi – Early Stage – Mahsulot bozorga chiqarilishga tayyor,
startapning rivojlanishi amalga oshirilayapti, mahsulot sotuvi o’sayapti, stabil
iste’molchilar paydo bo’layapti. Bu bosqichda venchur
fondlar yoki banklardan
investitsiya olinishi mumkin.
4.
Kengayish bosqichi – Expansion Stage – kompaniya faoliyati tezlik bilan o’sib
borayapti, sotuv bozorlari kengayayapti, aktiv sotuvlar amalga oshayapti. Bu
bosqichda qo’shimcha moliyalashtirish talab qilinishi mumkin. Bu bosqichda
banklardan investitsiya olinishi mumkin.
5.
Rivojlanishning keyingi bosqichi – Later Stage – bu bosqich kompaniyaning
keyingi rivojlanishi va uning katta ommaviy tashkilotga aylanishi bilan bog’liq.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
6.
Chiqish bosqichi – Exit – bu bosqichda investor biznesdan chiqib ketishi
mumkin, kompaniya esa hech kimning yordamisiz o’z faoliyatini davom ettirishi
mumkin.
Tashqi moliyaviy mablag’larni jalb qilishning keng tarqalgan usullaridan biri
moliyaviy royalty (
Royalty Financing) hisoblanadi. Bunda investor ustav kapitalda
ulush emas, balki kelishilgan vaqt davomida daromaddan ma’lum bir qismini olish
bo’yicha shartnoma tuzadi. Bunday kelishuvlar odatda loyihaga investitsya
qilingan summa miqdoridan 3-6% ko‘proq pulni qaytarib olishni ko’zda tutgan
holda tuziladi. Ushbu moliyalashtirish usulida kichik biznes egalari biznesga
bolgan egalikni saqlab qoladilar. Bu usulda moliyalashtirishga
erishishda
investorni kelajak mahsulotning foyda bera olishiga ishontirish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: