Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

eBay saytida ham Amazon ga tegishli ommabop kitoblar bo’yicha ilovalar 
joylashtiriladi. Natijada ikki tomon mutasaddilari ham raqobatlashish o’rniga 
o’zaro ancha foydali bo’lgan kelishuvga erisha oldilar.
Hozirgi davrda Internetda yangi va ommabop raqamli tovarlar hamda
hizmatlar yaratishning quyidagi asosiy strategiyalari mavjud: 
Printsipial yangiliklar, mahsulotlar va hizmatlar yaratish – bu juda ham 
tavakkalchiligi eng katta bo‘lgan strategiyadir, ammo u muvaffaqiyatli o’lgan 
taqdirda eng katta foyda ham keltiradi. Bunday yangi tovar yoki hizmatni 
yaratuvchialar iste’molchilarni ham ulardan foydalanishga o’rgatishlari kerak 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
bo’ladi. Agarda iste’molchilar bu mahsulotlardan foydalanishda biror bir manfaat 
topsalargina, ularni keyinchalik ham ishlata beradilar.
Yangi mahsulot yoki hizmatlar liniyasini yaratish – misol sifatida eski 
Netscape Navigator ishlatilib turilganida yangi mahsulot, Microsoft kompaniyasi 
Internet Explorer ni ishlab chiqdi – bu esa absolyut yangilik emas, balki 
oldingisiga qo’shimcha bo’lgan yangi mahsulot edi. 
Oldin mavjud bo’lgan tovar liniyasini kengaytirish – Bunga misol sifatida 
gazetalarning internet-versiyalarini va internetdagi bank xizmatlarini keltirish 
mumkin. 
Mavjud bo’lgan tovar yoki hizmatlarni mukammallashtirish – masalan, 
Yahoo tizimi oldin qidiruv ma’lumotnomasi bo’lgan edi, hozirda esa hizmatlar 
portaliga aylangan. 
Oldingiga nisbatan arzonroq bo’lgan mahsulotlar yaratish va borlarini 
imitatsiya qilish – misol sifatida ko’plab internet-provayderlar tomonidan kiritilgan 
internet to’lovining oldindan belgilangan qiymatini keltirish mumkin. 
Agarda katta va muvaffaqiyatli kompaniyalarning tarixini o’rganib chiqsak, 
ularning oldinlar startaplar ko’rinishida bo’lganligini va rivojlanishning barcha 
bosqichlarini bosib o’tganliklarini ko’rishimiz mumkin. Bu xolatlarni tahlil qilsak, 
ularning bir qancha o’ziga hos xususiyatlarini bilib olishimiz mumkin. 
Informatsion texnologiya bilan bog’liq mahsulotlarga kelsak, agar ularda patent 
bo’lgan taqdirda ham, istalgan raqamli mahsulotni bemalol nusxalab olishimiz 
mumkin va bunga qarshi samarador kurash usullari xozirda mavjud emas. Shunga 
qaramay, agar qandayidr raqamli mahsulot yoki yangilik yaratsangiz, o’z savdo 
markangizni registratsiya qilib olsangiz, foydadan holi bo’lmaydi - bu bilan tovar 
belgigizni nushalashdan himoya qilib olgan bo‘lasiz. Elektron biznesda 
muvaffaqiyatga erishgan va erishmagan kompaniyalar amaliyotini tahlil 
qilinganida ularning boshqaruvida yo’l qo’yilgan bir qancha xolatlarni bilib olish 
mumkin bo’ladi: 
Elektron biznesda uzoq muddat davomidagi muvaffaqiyatni innovatsion 
yechimlar, yetarli miqdordagi investitsiyalar va kompaniyaning uzoq muddat 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
davomida o’z faoliyatini bir tekis yurita olishi ta’minlab beradi. Agarda kompaniya 
qandaydir sabablarga ko’ra o’sish uchun imkoniyat topa olmasa, tashqi muhit 
o’zgarishlariga dosh bera olmay, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. 
Yuqori raqobatli bozorga chiqilganida mijozlarni ushlab turish uchun juda 
kuchli reklama kompaniyasini tashkil eta olmaslik ham kompaniya ishining orqaga 
ketishi va uning honavayron bo’lishiga olib kelishi mumkin. 
Kompaniya ishida strategik yondoshuvning yo’qligi ham muvaffaqiyatga 
erishishdagi katta to’siqlardan biri bo’lishi mumkin. 
Tovar va xizmatlarning sotuv kanallarini tanlashda xatoga yo’l 
qo’yilganligi ham muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin. O’z tabiati bo’yicha 
elektron platformalarda sotilishda muvaffaqiyatni ta’minlab bera olmaydigan 
mahsulotlar va hizmatlar bilan elektron savdoga chiqish bunga bir misol bo’la 
oladi. Gilt-Taste internet magazinining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ham oziq-
ovqatlar bozorining on-layn biznes uchun unchalik mos kelmasligi bilan 
tushuntirilgan. Chunki bir-biriga juda yaqin bo’lgan xududlarda ham 
iste’molchilarning didi, tanlovi va ovqatlanish xususiyatlari bir-biridan ancha-
muncha farq qiladi. Bu esa maqsadli auditoriyani ancha toraytirib, o’sish 
imkoniyatlarini kamaytiradi. 
Elektron bozordagi aniq bir pozitsiyaning mavjud emasligi – kompaniya 
barcha narsani va hoziroq qilishga urinishi, bunga albatta iste’molchlarning 
ko’pchiligi ham, xamkorlr ham tayyor bo’lmaydilar. 
Mufaffaqiyatga bo’lgan ishonchni juda erta yo’qotish va tushkunlikka 
tushish. 
Infratuzilmani tashkil etishda xatolarga yo’l qo’yish – texnologik 
platformaning hajmi kamchilligi, xosting hizmatlariga bog’liqlik, infratuzilma 
uchun to’lovlarning kechitirilishi va bu bilan bog’liq bo‘lgan moliyaviy 
muammolar. Masalan, foydalanuvchilarning rasmlarini saqlash hizmatini taklif 
qiladigan Everpix kompaniyasining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi uning Amazon 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling