Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


yil 19 avgustda bu inson bitcoin.org


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

2008 yil 19 avgustda bu inson bitcoin.org deb nomlangan domen nomini 
reservatsiya qildi.
2008 yil 31 oktyabrda bitkoin yaratilgani haqida ma’lum qilindi. Satosi 
Nakomoto esa: A Peer-to-Peer Elektronic Cash System deb nomlangan maqolani 
nashr ettirdi. Ushbu maqolada u olimlar bir necha asrlardan beri bosh qotirib 
yurgan kriptografiya masalasini, ya’ni, vizantiya generallari masalasini yoki ikki 
marta to’lov muammosining yechimini hal qilib berdi. Ushbu muammo ishonchni 
insonlar ishtirokisiz ikki kontragentlar orasidagi aktivlar (masalan, pullar
almashinishini hal qilishga halaqit berayotgan edi.
2009 yil 3 yanvarda birinchi (boshlang’ich) blokcheyn blok hosil qilindi.
2009 yil 12 yanvarda birinchi bitkoin-tranzaktsiya amalga oshirildi.
2009 yil fevralda Satosi Nakomoto P2PFoundation saytida Bitkoin 
dasturining birinchi versiyasini tarqatadi va birinchi bitkoinlarni yaratadi.
2009 va 2010 yil: Satosi Nakomoto Bitcoin-Qt dasturiy ta’minotini yaratdi 
va bitkoin chiqardi.
2010 yil: Bitkoin hamjamiyati va uning ishtirokchilari asta-sekin Satosi 
Nakomoto bilan aloqani yo’qota boshlaydilar. 
2010 yil 12 dekabr: Nakomoto Bitcointalk forumida oxirgi xabarni yozdi 
va o’zining yo’q bo’lib qolishidan biroz oldin Gevin Andersenni o’z vorisi qilib 
tayinlaydi va unga Source Forgedagi Bitkoin loyihasini topshiradi hamda unga 
avariyaviy kalitining nushasini beradi. Bu kalit shaxsiy kriptografik kalit bo’lib, 
bitkoin tizimiga potentsial hujumlarning oldini olishga imkon beradi. Bular 
masalan, quyidagilar bo’lishi mumkin: biror bir inson bitkoin bloklaridagi 
operatsiyalarni o’zgartirishga imkon topsa yoki tarmoq tugunlarining 51% dan 
ortig’ini egallab olsa. Agarda tugunlar operatorlari bu haqda ma’lumot olsalar, 
barcha operatsiyalarni to’xtatishlari yohud o’z foydalanuvchilarini bu haqda 
ogohlantirishlari kerak bo’ladi.
Birkoin” atamasi ikki ingliz so’zlarining qisqartmasidan iborat: bit – 
ikkilik sanoq tizimidagi informatsiya birligi va coin – tanga. Yana bosha bir 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
tarafdan, bitkoin internet tarmog’ining protokolini hamda ushbu to’lov tizimida 
ishlatiladigan hisob birligini anglatadi.Bitkoin blokcheyni ochiq va erkin 
texnologiya bo’lib, bir rangli (per-to-peer yoki P2P) tarmoqda markaziy 
hokimiyatsiz (moliyaviy organlar ishtirokisiz) faoliyat ko’rsatadi. Bu texnologiya 
har bir tranzaktsiyani vaqti va sanasini hisobga olgan holda katta buxgalteriya 
kitobi (ledger)ga yozib qo’ygan holda bitkoin yoki BTC ob’ektlarini o’zaro 
almashinishga imkon beradi va ushbu elektron kitobda hech nimani o'zgartirish 
mumkin bo'lmaydi. Tranzaktsiyalarni boshqarish va bitkoinlar hosil qilish 
tarmoqda kollektiv ravishda amalga oshiriladi va ushbu boshqaruvning tuzilishi 
ochiqdir. Bitkoin bloklari zanjiriga hech kim ega bo’la olmaydi va uni hech kim 
boshqara olmaydi ham. Ammo istalgan shaxs unga qo’shilib olishi mumkin. 
Bitkoin o’zining bir qancha unikal hossalari tufayli, zamonaviy to’lov tizimlari 
amalga oshirib bera olmaydigan bir qancha imkoniyatlarning amalga oshirilishini 
ta’minlab beradi. Boshqa turdagi valyutalardan farqli-o’lariq, bitkoin-valyuta 
qandaydir davlat organini, bankni yoki biror-bir kompaniyani o’zida mujassam qila 
olmaydi. Unda har bir bitkoin o’zi yaratilganidan boshlab ishtirok etgan barcha 
amallar vositasida hisob-kitob jurnalida qayd qilinadi. Rauggnit kompaniyasi bosh 
direktori P’yer Nuazaning ta’kidlashicha: “Bitkoin bu internetdagi raqamli valyuta 
ko’rinishidagi naqd pul birligi bo’lib, to’lovlarni avtoritetli uchinchi tomonsiz 
amalga oshirish imkonini beradi. An’anaviy valyuta turlaridan farqli o’laroq, 
bitkoin programmalashtiriladigan valyutalar sirasiga kiradi va u markaziy 
banklarsiz ishlaydi. Agarda sizda bitkoin hamyoni bo’lsa, siz o’zingiz bank sifatida 
faoliyat ko’rsatishingiz mumkin bo’ladi”.Bitkoinning blokcheyni kriptografik 
protocol asosida ishlaydi va quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi: Bir 
tomondan, kriptovalyutalar ko’rinishidagi raqamli valyutalar paydo bo’lishi uchun 
to’siq bo’lib kelayotgan “ikki marta sarf” masalasini hal qilib beradi (ya’ni,
sub’ektga ham parallel ravishda nimadir berilmaganiga ishonch hosil qilganidan 
so’nggina, A sub’ekt B sub’ektga nimadir beradi). Boshqa tomondan, ikki 
tomonning identifikatorlarini qalbakilashtirish mumkin emasligini hamda elektron 
hamyonlardagi bitkoinlarning qiymati o’zgarmasligini kafolatlaydi. Bitkoin 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
blokcheyning ishlashini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlashimiz mumkin:


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Bitkoin blokcheynining ishlash jarayonini quyidagi to’rt bosqichga bo’lish 
mumkin: 
1. Ikki tomon amal haqida kelishib oladilar
2. Blokcheyn yordamida ushbu amal shifrlanadi va konsensus (bajarilgan 
ishning tasdiqlanishi/mayning) asosida tasdiqlanadi; 
3. Keyin esa amal blokcheynga yozib qo’yiladi va so’ngra blokcheynning 
oxirgi blokida bloklatirilib qo’yiladi; 
4. Oxirgi bosqichda bloklar zanjiri tarmoq ishtirokchilarining barcha 
tugunlariga yozib quyiladilar (replikatsiya). 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling