Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


+  Majburiyatlar  bo’yicha to’lovlar-


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/95
Sana23.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1717506
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95
Bog'liq
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

+ 
Majburiyatlar 
bo’yicha to’lovlar- 
Bir-birini qop-
laydigan to’lov-lar 
summasi. 
Pulning muomala va to’lov vositasi sifatida o’rtacha aylanish tezligi. 
Shunday qilib, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish 
rivoji va shart-sharoitlariga bog’liq bo’lgan turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. 
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil - bu 
tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga 
to’g’ri proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko’p 
pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning 
aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko’rsatadi. Odatda 
pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori shuncha kam 
talab qilinadi va aksincha.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini boshqarishda shu muhim 
omillarga alohida e’tibor berilishi zarur.
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi 
choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga 
qanchalik ko’p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo’ladi;
- naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi; 
- pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. 
Yoar bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish 
yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur 
etkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar 
bahosidan oshib ketishi, ya’ni inflyatsiya bo’lishiga, yoki pul ocharchiligiga 
(etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va 
qonuniyatlari ikki omilning o’zaro ta’siri bilan, ya’ni: xo’jalikning pulga bo’lgan 
ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. 
Amaliyotda ko’proq uchraydigan hol bu oborotda xo’jalikka kerak bo’lganidan 
ko’proq pulning bo’lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul birligining 
xarid qobiliyatining tushishiga olib keladi.
44



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling