Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

NAZARIYALARI 
 
14.1. Neoliberalizm konsepsiyasi 
Liberalizmning asosiy belgilari erkin raqobat davridagi tovarli 
iqtisodiyotning o‗ziga xosligini aks ettirgan. Liberalizm iqtisodiy siyosat 
sifatida, erkin tadbirkorlik tizimini xo‗jalikni tashkil etishning ancha 
qulay shakli, deb qaragan. Erkin bozor mexanizmi iqtisodiy resurslarni 
optimal taqsimlash va foydalanishni ta‘minlaydigan yagona tartiblovchi 
mexanizm hisoblangan, davlat esa ba‘zi bir ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga solib turuvchi kuch sifatida amal qilgan (A.Smit bo‗yicha ―tungi 
qorovul‖). 
XX asrning 30-yillari o‗rtalariga kelib, keyinschilikning 
rivojlanishi bilan iqtisodiy nazariyada va amaliyotda liberal yo‗nalish 
inqirozi namoyon bo‗la boshladi. Uning natijasida: bir guruh 
iqtisodchilar 
o‗zlarining 
qarashlaridan 
voz 
kechgan 
holda 
keynschilikka qo‗shilib ketdi va bu yangi ta‘limotni ancha to‗g‗ri, deb 
hisobladi; ikkinchi guruh iqtisodchilar bozor munosabatlarida 
davlatning xarakteri, o‗rni va roli to‗g‗risidagi o‗z qarashlarini himoya 
qildi va ularni qayta o‗zgartirgan holda neoliberalizm guruhini tashkil 
etdi. Keyinchalik iqtisodiy fanda neoliberal konsepsiyaning asosiy 
tamoyillari ishlab chiqildi va ularning amaliyotda amal qilishi 
ko‗rsatib berildi, neoliberalizm oqimi va maktabi shakllantirildi, 
shuningdek, mazkur konsepsiyaning mohiyati va mazmuni to‗g‗risida 
bir butun tushunchalar yaratildi. 
Neoliberalizmning asosiy xususiyati va belgilari. Neoliberalizm, 
bozor munosabatlari tizimi xo‗jalik yuritishning ancha samarali shakli 
ekanligi, u iqtisodiy rivojlanish va o‗sish uchun eng qulay shart-


249 
sharoitlarni 
yaratib 
berishi 
to‗g‗risidagi 
qoidaga 
asoslanadi. 
Neoliberallar iqtisodiyotni erkinlashtirish, bahoning erkin shakllanish 
tamoyillaridan, iqtisodiyotda xususiy mulkning va nodavlat xo‗jalik 
tuzilmalarining yetakchilik rolidan foydalanish tarafdori hisoblanadi. 
Bunda ular davlatning iqtisodiyotni tartiblashdagi rolini futbolni 
boshqarib boradigan, lekin o‗yinda ishtirok etishga haqqi bo‗lmagan 
hakamga o‗xshatishadi. 
Iqtisodiyotni davlat tartiblashining neoliberal konsepsiyasi vakillari 
L.Erxardning – ―mumkin bo‗lgan barcha joyda – raqobat, qayerda zarur 
bo‗lsa o‗sha yerda - tartiblash‖ qoidasiga amal qilgan holda iqtisodiy 
jarayonlarda 
davlat 
ishtirokini 
kamaytirish 
va 
iqtisodiyotdagi 
nomuvozanatlikni bartaraf etishning sharti sifatida tadbirkorlarning erkin 
va barqaror amal qilishga ko‗maklash zarurligini isbotlab berdi. 
Neoliberalizmning asosiy belgilari: 
– bozor mexanizmi va erkin raqobat ustunligini e‘tirof etgach, 
neoliberallar raqobat muhitini shakllantirish va unga amal qilishni 
nazorat qilish bo‗yicha davlatning iqtisodiyotga aralashuvini mumkin
deb hisoblaydi; 
– zamonaviy iqtisodiyotning samaradorligini ta‘minlashda iqtisodiy 
faoliyat ishtirokchilarining erkin amal qilishini qo‗llab-quvvatlaydi; 
– monopoliyani milliy xo‗jalikning har tomonlama rivojlanish 
yo‗lidagi to‗siq, deb e‘lon qiladi va iqtisodiyotdagi monopol moyillik 
bilan kurashning zarurligini asoslab beradi; 
– o‗zini keynschilikka va xo‗jalik hayotiga faol aralashuv tamoyiliga 
asoslangan totalitarizmga qarshi raqib, deb hisoblaydi. 
XX asrning 30-yillaridayoq erkin raqobat tizimini cheklovchi 
iqtisodiyotni 
davlat tartiblashining keynschilik g‗oyalariga qarshi davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvining muqobil neoliberal chora-tadbirlari turli 
mamlakatlarda ishlab chiqarila boshladi. Hozirgi zamon sharoitida 
―neoliberallar‖ nomi bilan ataluvchi bir qancha maktablar amal qiladi. 


250 
Unga Chikago (M.Fridman), London (F.Xayek), Frayburg (V.Oyken, 
L.Erxard) maktablarini kiritish mumkin. 
“Ordoliberalizm” nima? Ikkinchi Jahon urushidan keyin 
neoliberalizm g‗oyalari eng avvalo, G‗arbiy Germaniya amaliyotida 
muvaffaqiyatli qo‗llanila boshladi. Bu yerda 1948-yildan neoliberalizm 
Bonning rasmiy doktrinasiga aylandi. O‗sha yili V.Oykenning 
muharrirligi 
ostida 
xo‗jalik 
va 
ijtimoiy 
tuzum 
to‗g‗risidagi 
neoliberallarning yillik jurnalining birinchi soni ―Ordo‖ nomi bilan chop 
etildi. V.Oyken ishlatgan ―Ordo‖ so‗zi ―Tabiiy tuzum ... erkin bozor 
xo‗jaligi‖ tushunchasini bildiradi. Germaniyada neoliberalizm doktrinasi 
―Oyken maktabi‖ ta‘sirida hatto ―ordoliberalizm‖ deb atala boshladi.\ 
Ordoliberal konsepsiyasi asosida ―ijtimoiy bozor xo‗jaligi‖ 
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Uni ishlab chiqqan iqtisodchi professorlar 
Alfred Myuller-Armak, Aleksandr Ryustov, Vilgelm Repke va Lyudvig 
Erxardlar hisoblanadi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling