Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Monetarizm konsepsiyasi va uning asosiy
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milton Fridmen (1912-2006-yy.)
- Milton Fridmen (1912)
14.3. Monetarizm konsepsiyasi va uning asosiy qoidalari 1950-1960-yillar davomida keynschilik ta‘limotiga qarshi monetarizm ta‘limoti yuzaga keldi. Uning asosiy vakillaridan biri Milton Fridmen hisoblanadi. Uning ta‘limoti keynschilikka qarama- qarshi go‗yadir. Keyns tomonidan yaratilgan konsepsiyada pul hech qanday rol o‗ynamagan va narxlarning tushishi uchun hech qanday ahamiyat kasb etmagan edi. Pulni yetkazib berish va narxlarning shakllanishi Keynsning tadqiqotlarida o‗z ifodasini topgan. Ikkinchi jahon urishi davomida rivojlangan davlat g`aznasi va qayta ta‘minlash o‗rtasidagi kelishuvlarning birida shu narsaga kelishib olindi, ya‘ni narxlarni eng past darajada saqlab turish uchun har qanday turdagi bondlarni sotib olish. Fridmen buni bajarish uchun har qanday turdagi o‗zgarishlarni Milton Fridmen (1912-2006-yy.) 255 amalga oshirgan. Monetaristlar davlatning iqtisodiyotda pulni yetkazib berish siyosati muhim rol o‗ynashini ta‘kidlab o‗tishdi. Shuning uchun monetaristlarning asosiy muommosi pul hisoblangan 23 . Monetarizm iqtisodiy ta‘limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur va nufuzli oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago universitetining professori, iqtisodiy sohasida Nobel mukofoti sohibi Milton Fridmen (1912) hisoblanadi. Monetaristlar ularni pul massasi bilan ishlab chiqarish o‗rtasidagi bog‗liqlikni aniqlash uchun tadqiq qildilar. Monetarizm keynschilar ta‘limotiga muqobil tarzda yuzaga kelgan bozor iqtisodiyotida pulni olqishlovchi nazariyadir. Bozor mexanizmi ustunligiga asoslangan M.Fridmen nazariyasiga ko‗ra erkinlik va xususiy tadbirkorlik o‗rtasida ichki bog‗liqlik mavjud. Faqat xo‗jalik erkinligi sharoitida siyosiy erkinlikka, iqtisodiy samaradorlikka va tenglikka erishish mumkin. Iqtisodiyotda nima qilish kerakligini millionlab kishilardan ko‗ra davlat amaldorlarining yaxshi bilishi dargumon, deydi M.Fridmen. Davlatning xo‗jalik jarayonlariga aralashuvi iqtisodiyotning o‗zini-o‗zi tartiblash tizimini buzishga olib keladi. Shuning uchun davlat pul va ishlab chiqarish barqarorligini ta‘minlagan holda pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanmog‗i lozim. Monetarizmning asosiy qoidalari. M. Fridmen konsepsiyasini tasavvur qilish uchun uning tarafdorlari u yoki bu darajada qo‗llab- quvvatlagan asosiy qoidalarni ko‗rib chiqamiz. Monetaristlar fikricha bozor iqtisodiyoti o‗zining ichki xususiyatiga ko‗ra barqarorlikka, o‗zini-o‗zi tartiblashga intiladi. Bozor raqobati tizimi mustahkam barqarorlikni ta‘minlaydi. Mabodo muvozanat buzilsa, baholar uni tuzatishning bosh vositasi bo‗lib xizmat qiladi. Nomutanosibliklarning vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar natijasida 23 History of Economic Thought. Harry Landreth, David C. Colander. Fourth edition Houghton Mifflin Company Boston Toronto. P 440 256 emas, balki tashqaridan bo‗ladigan arashuvlar, davlat tartiblashidagi xatolar natijasi hisoblanadi. Bozor xo‗jaligining barqarorligi to‗g‗risidagi ushbu qoida J.M. Keynsning iqtisodiyotga davlat aralashuvining zarurligi to‗g‗risidagi tasdig‗iga qarshi qaratilgandir. Aynan ular (ma‘muriy, baholar dastaklari emas, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni a‘lo darajada barqarorlashtirishga qodir. Agar J.M.Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini oldindan bilish mumkin bo‗lgan dastaklar sifatida baholagan bo‗lsa, M.Fridmen undan farqli ravishda, pul-kredit siyosatini ana shunday tavsiflaydi. Uningcha (Keynsga qaraganda) pul–kredit siyosati iqtisodiy faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab chiqarish, ish bilan bandlik va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi. Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni xohlagan paytda almashtirish, unga har qanday tovarni sotib olish mumkin. M. Fridmen pul harakati (pul massasining o‗sish sur‘ati) va yalpi ichki mahsulot o‗rtasida o‗zaro chambarchas bog‗liqlik amal qilishiga asoslanadi. Pul massasining o‗sish sur‘ati tezlashuvi yoki sekinlashuvi faol ish yuritishda, ishlab chiqarishning siklik tebranishida aks etdiriladi. Gap shundaki, pul massasidagi o‗zgarishlar natijasi asosiy iqtisodiy parametrlarda birdan aks ettirilmaydi, balki biroz vaqtdan keyin ta‘siri bilinadi. Odatda, vaqtincha uzilish bir necha oyni tashkil etadi. U shu narsani bildiradiki, pul massasidagi o‗zgarishlar yalpi ichki mahsulotga birdan emas, balki bir oz vaqtdan (oydan) keyin ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun pul siyosati joriy tartibdagi samaraga va qisqa muddatli o‗zgarishlarga mo‗ljallangan bo‗lmay, balki uzoq muddatli xarakterga ega. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling