Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Pulga bo„lgan talab va taklif 
Insonlar bozor iqtsodiyoti sharoitida o‗z boyliklarini har xil 
shakllarda (pul, qimmatli qog‗ozlar, yer uchastkasi, ko‗chmas mulk va 
boshqa ko‗rinishlarda) saqlashi mumkin. Har kim o‗z boyligini 
ko‗paytirishga va aynan qaysi shaklda saqlash maqsadga muvofiq 
kelishiga intiladi. 
Boylikning bir qismini pul shaklida ushlab turish maqsadga 
muvofiq. Negaki pul likvidli, unga har qanday tovar sotib olish mumkin. 
M.Fridmen boylikning beshta asosiy shakllarini ajratib ko‗rsatib 
beradi: pullar, obligatsiyalar, aksiyalar, moddiy ne‘matlar, inson kapitali. 
Bir shakldagi boylikning qimmati oshishi, ikkinchisiniki pasayishi 
mumkin. Shu bois, boylik shakllarining almashtirib turilishi, ularni 
sotish va sotib olish operatsiyalari doimo bo‗lib turadi. Odamlar o‗z 
boyliklarini ancha likvidli aktiv – pul shakllarida ushlab turishga harakat 
qiladilar. Pulga egalik qilish o‗z-o‗zidan daromad olib kelmaydi. Pul 
zaxirasi bir tomondan, kundalik xarajatlar uchun kerak bo‗lsa, ikkinchi 


259 
tomondan, aktivlarni pul shaklida saqlash muqobil daromad olish 
imkoniyatini yo‗qotadi. Yostiqning yoki sandiqning tagida yotgan pullar 
ularning egalarini obligatsiyalarni sotib olish, tadbirkorlikka pul qo‗yish 
va boshqa yo‗llar bilan daromad topishdan mahrum etadi. 
Keynschilardan farqli ravishda, monetaristlarning tasdiqlashicha 
pulga bo‗lgan talab asosan ayirboshlash ehtiyojlari, boshqacha aytganda 
transaksion sabablar bilan aniqlanadi. Savol tug‗iladi: odamlar o‗z 
aktivlarining qancha qismini likvidli shaklda ushlab turishlari kerak? 
M.Fridmen bo‗yicha tovar va xizmatlarni sotib olish uchun zarur 
bo‗lgan qismini. Kassa zaxirasisiz bo‗lishi mumkin emas, lekin kassada 
kamroq pul saqlash maqsadga muvofiqdir. Agar kassada pullari 
ko‗payib ketsa, odamlar ularni ko‗proq foiz yoki foyda keltiradigan 
aktivlarga aylantiradilar. 
Agar baholarning (inflyatsiya) oshishi kutilsa, pulga talab 
kamayadi, aksincha, baholarning pasayishi kutilsa, pulga bo‗lgan talab 
kuchayadi. Pulga bo‗lgan talab foizga ham bog‗liq. Foiz oshganda pulga 
talab pasayadi. Lekin pulga bo‗lgan talab nafaqat foiz stavkasiga, balki 
M.Fridmen bo‗yicha boshqa aktivlarning daromadlariga nisbatan 
pulning me‘yorli foydaliligi ham bog‗liq. Uning me‘yorli foydaliliga 
qancha yuqori bo‗lsa, pul talabi ham ko‗payadi. 
Pulning muomaladagi miqdori uning taklifini bildiradi. Pul taklifi 
ancha o‗zgaruvchan bo‗ladi, u iqtisodiy omillar bilan aniqlanmaydi, 
balki tashqi ta‘sirdan yuzaga keladi. Pul taklifi markaziy bank 
tomonidan tijorat banklari beradigan kreditlar miqdori, qimmatli 
qog‗ozlar oldi-sotdisi bilan tartibga solinib turiladi. Pulga bo‗lgan talab 
va pul taklifi monetar muvozanatni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalar 
hisoblanadi. Bunda muvozanat ajralgan holda shakllanmaydi. Pul 
sektoridagi muvozanat tovar sektorida bo‗ladigan jarayonlar bilan uzviy 
bog‗liq. 
Pul taklifidagi o‗zgarishlarning YaIM bo‗lgan ta‘sirini monetaristlar 
va keynschilar har xil tushuntiradilar. Keyns bo‗yicha pul-kredit siyosati 


260 
(pul miqdorining o‗zgarishi) asosida foiz stavkasi yotadi, u 
investitsiyaga va yalpi talabga ta‘sir etuvchi asosiy omil sifatida 
qaraladi. Shu bilan birga u foiz stavkasi rolini juda oshirib yubormaslik 
kerakligini qayd qilib o‗tadi. Bundan tashqari foiz stavkasining 
pasayishi investitsion talabning doimo o‗sishini keltirib chiqarmaydi 
(―investitsion tuzog‗i‖ sababli), pul massasining ko‗payishi esa foiz 
stavkasining pasayishini keltirib chiqarmasligi mumkin (―likvidlik 
tuzog‗i‖ sababli). 
Monetar nazariyada pul talabi va taklifi asosiy hisoblanadi. Ular 
tovarlarga va investitsiyalarga bo‗lgan talabni pul oqimi (pul miqdori 
massasi)ga bog‗lab tushuntiradi. Pul massasining bir oz ko‗payishi tovar 
va xizmatlarga bo‗lgan talabni oshiradi, lekin pul talabining me‘yordan 
oshib ketishi baholarning oshib ketishiga olib keladi. Shuning uchun 
iqtisodiyotni tartiblovchi dastak sifatidagi baho mexanizmining amal 
qilishiga xalaqit bermaslik kerak. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling