Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
J.Robinsonning iqtisodiy ta‟limoti
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
14.9. J.Robinsonning iqtisodiy ta‟limoti
Joan Vayolet Robinson (1903-1983) Kembrij universitetini bitirgan va A.Marshall maktabining taniqli vakili va davomchisidir. 1965-1971-yillar shu universitetda professor lovozimida dars bergan. Uning dastlabki asari «Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi» 1933-yili, ya‘ni muallif 30 yoshligida yozilgan va unga mashhurlik keltirdi. Asardagi bosh g‗oya monopoliyalar faoliyatida bozorlar jihatini aniqlashdan iborat. Bu sharoitdagi raqobat iqtisodiyotdagi muvozanatni buzadi va nomukammaldir (Chemberlinda-monopolistik). Dastlabki 275 vazifa: o‗z mahsulotiga ega bo‗lgan ishlab chiqaruvchi-monopolistik baholar belgilanishining mexanizmini aniqlash. Bahoning miqdori, sotuvchi o‗rnatgan shu bahoda xaridorning mahsulotni sotib olish va monopol foyda tabiati o‗rnatiladi. Ammo Robinson xonimning mantiqiy fikrlashi Chemberlinnikidan farq qiladi. Robinson fikricha nomukammal raqobat tufayli avvalo, raqobatli xo‗jalik tizimi normal muvozanat holatining butunlay buzulishi va yo‗nalishi, hatto yollanma mehnatning «ekspluatatsiya» sidir. Chemberlin esa bu masalani bozorning tabiiy muvozanati bilan chambarchas bog‗liqdir, deb qaragan. Robinson monopoliyaga salbiy munosabat bildirib, uni bozor sharoitdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni izdan chiqaruvchi omil sifatida qaraydi. Asardagi asosiy g‗oyalar quyidagilardan iborat. Tadbirkorlar nomukammal raqobat sharoitiga nisbatan mukammal (sof) raqobat sharoitda ishlab chiqarishni monpollashtirishdan kamroq manfaatdor bo‗ladilar. Chunki nomukammal raqobat sharoitida ayrim firmalar optimal ko‗rsatgichlarga erisha olmaydilar, samarasiz (kam samara bilan) faoliyat ko‗rsatadilar, shu sababli monopolist mahsulot chiqarishni cheklash bilan o‗z mahsuloti narxini oshirish imkoniyatigagina ega bo‗lmasdan, balki sohadagi ishlab chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirish yo‗li bilan ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishi mumkin. Monopoliya ishlab chiqarish mahsulotining xuddi shunga o‗xshash boshqa mahsulotdan sezilarli ajralib turishini talab etadi yoki boshqacha aytganda, differensiatsiya ro‗y beradi; boshqa qo‗shimcha sharoit ham zarur, unga ko‗ra firma -monopolist optimal hajmdan ortiqroq bo‗lgan ko‗rsatkichlar bilan xarakterlanishi kerak. Nomukammal raqobatli monopolistik bozorda aniqlashni talab etuvchi bir qancha sharoitlar yuzaga keladi. Yuqorida barcha g‗oyalar jamlanib, real hayotda nomukammal raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillari ekspluatatsiyasi tendensiyasi 276 paydo bo‗lishiga yordam beradi. Bu holat avval o‗zaro raqobatlashgan ko‗pgina firmalarni yutib yurovuchi yirik birlashmanig paydo bo‗lishi bilan yanada kuchayadi. Boshqaruv birligi hajmi (ko‗rsatkichi) ning yiriklashuvi (yakka boshqaruv) boylikni taqsimlashdagi adolatsizlikning yanada kuchayishini zaruriy ravishda keltirib chiqaradi. Bu ancha inqilobiy g‗oya bo‗lib, Chemberlinning monopoliya istiqboli to‗g‗risidagi optimistik fikriga qarshidir. Ishlab chiqarishning monopolizatsiyasi muammosi bilan «samaradorlik yoki adolat» degan dilemmani (ya‘ni unisi yoki bunisi) yechish zarurati ilgari suriladi. Monopolizatsiyaga u ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi, deb ustunvorlik berish yetarli emas, ya‘ni adolat masalasi ham qo‗yilishi kerak. Iqtisodiyot tarixida «samaradorlik» va «adolat» ni qandaydir yo‗l bilan ajratishga intilish katta xomxayollikdir. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling