Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 E.Chemberlinning monopolistik raqobat


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

14.8. E.Chemberlinning monopolistik raqobat 
nazariyasi 
Edvard 
Xeyting 
Chemberlin 
(1899-1967) 
o‗z 
asarida 
monopoliyaning mohiyati, monopol baho va monopol foydaning yuzaga 
kelishining chuqur tahlilini bepradi. Uning fikricha monopoliyaning 
mohiyati bu taklif ustidan nazorat, bunda baho ustidan ham nazorat 
bo‗ladi.
Differensiatsiya kuchayib borgan sari har bir sotuvchi absolyut 
(mo‗tloq) monopoliyaga ega bo‗ladi, ammo shu bilan birga o‗rnini bosa 
oladigan boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchining nomukammal 
raqobatiga uchraydi. Shundan kelib chiqib, barcha sotuvchilar 
«raqobatchi monopolistlar» bo‗lib, «monopolistik raqobat» kuchlari 
ta‘siri sharoitida ish yuritadilar.
Chemberlin fikricha bozorlar o‗zaro bog‗langan, chunki bir-biriga 
bog‗liq bo‗lmagan sotuvchilar vazifasi bir-biriga yaqin bo‗lgan 
mahsulotlarni realizatsiya qilishda hamohangdirlar. Real hayotda 
bozorlar u yoki bu darajada nomukammaldirlar, shu sababli 
muvozanatga intilish to‗g‗risida gapirish o‗ta soddalikdir. Natijada har 


271 
bir sotuvchi monopolist, deb hisoblanadi, uning o‗z xaridorlari, «noyob» 
mahsulotini oluvchilari bo‗ladi. Bozordagi monopolistik sifatida 
baholarni tartibga soladi. Bu esa tovarlar va xizmatlarning real taklif 
hajmi «sof» raqobat sharoitidagidan kam, bahosi esa yuqoriroq bo‗ladi. 
Bu yerda mahsulot differensiyasi eng muhim shart. Bu kategoriyaning 
mohiyati shundaki, sotuvchilarning tovari (yoki xizmati) da 
boshqalarnikidan keskin farq qiluvchi belgisi bo‗lishi kerakligidir. Bu 
belgi xaridor uchun real yoki xayoliy bo‗lishi, aslida esa xuddi shu 
mahsulotga 
afzallik 
berilishiga 
olib 
kelishi 
shart. 
Bunday 
differensiatsiya bo‗lgan sharoitda xaridorlar va sotuvchilar tasodifiy 
yoki tartibsiz juftlikka (bu sof raqobatda bo‗ladi) birlashmaydilar, bu 
yerda afzallika asoslangan tanlov holati yuzaga keladi.
Sotuvchi-monopolist qo‗shimcha xarajatlar qilish yo‗li bilan 
sotilayotgan mahsulot hajmini oshirishi (bunda tovar bahosi pasayishi) 
mumkin. Boshqa xuddi shunday tovar sotuvchilar esa bu shuni darhol 
amalga oshira olmaydi, deb raqobatdosh tovar markasi bahosini 
pasaytirish yoki yangisini ishlab chiqarish davomida xuddi shunday 
choralar boshqa raqobatchi tomonidan qo‗llanilishi mumkinligidan 
bexavotir bo‗ladilar.
Raqobatning baholanmaydigan omillari qatoriga tovarlar sifati va 
reklama kiradi va ular individual yoki alohida xususiyatlarga ega. 
Differensiatsiya mahsulotning o‗z ma‘lum xususiyatlari asosida 
shakllanishi, maslan, alohida xususiyatlar - fabrika markasi, firma nomi, 
qadoqlash yoki tara (agar ular bo‗lsa) bo‗yicha yoki sifat, shakl, rang, 
stil asosida individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
Sof raqobat sharoitida alohida sotuvchi bozori umumiy bozor bilan 
qo‗shilib, faqat amaldagi baho bo‗yicha istalgancha tovarni realizatsiya 
qiladi. Ikkinchi holatda tovarni sotish cheklanadi va yangi uchta omil:
1) baho; 2) mahsulot xususiyati va 3)reklamaga xarajatlar bilan 
belgilanadi. Mana shu omillar yordamida xaridorlarning iste‘mol 
qarorlariga ta‘sir etiladi. Bunda baholarni pasaytirish omili alohida 


272 
ahamiyat kasb etadi, chunki tovarga baho pasayishi mahsulot sifati 
pasayishi tarzida qilinish ehtimoli bo‗ladi.
Monopolistik raqobatning o‗ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, 
bunda baholar raqobati yo‗qotiladi, oqibatda «quvvatlar ortiqchaligi 
fenomeni»doimiy va odatdagi hodisaga aylanadi. Bu ortiqchalik 
«jazosiz» uzoq vaqt davomida ko‗payib boradi, chunki u doim 
xarajatlardan kattaroq bo‗lgan baholar hisobiga qoplanib turadi. Butun 
bozorning ma‘lum qismini egallash darajasini ko‗rsatuvchi bu 
ko‗rsatkich (fenomen) faqat alohida patentlar va fabrika markalari 
bilangina qo‗llanmasdan boshqa, yani obro‗, ustalik, alohida mahorat 
kabi hodisalar bilan ham qo‗llab-quvvatlanadi. Bu hodisalar erkin kasb 
ega (rassom, musiqa)si faoliyat sohasining bir qismi bo‗lib, ular ham
«monopol daromadlar nazariyasi» predmetidir.
Differensiatsiyalashgan mahsulot baho muammosi raqobatli talab 
va xarajat egri chiziqlari doirasiga kiritilishi mumkin emas, baho haddan 
tashqari past, ishlab chiqarish masshtabi juda katta, korxonalar soni juda 
kichik bo‗lib chiqadi. Bundan tashqari raqobatning yana ikkita jihati: 
differensiatsiya va sotish xarajatlari bo‗tunlay tushib qoladi. Shu sababli 
baholarni to‗la bilmaslik mahsulotga talab elastikligi (qayshiqoqlik)ni 
pasaytiradi, bu esa reklama talabning elastikligini oshirishi, baholar 
raqobatini esa ancha keng qilishiga o‗xshaydi va baholar yordamida 
talab etiladigan qo‗shimcha xarajatlarni qoplaydi.
Raqobat kurashi evolyutsiyasi tovar sifatini oshiradi (buni patent, 
mualliflik huquqlari, firma himoya belgilari, firma alohida qadoqlash 
usuli, mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida, firmaning qulay 
joylashuvi). Reklama esa erkin raqobat sharoitidan farqli ravishda 
bozorlar qo‗shilib ketishiga yo‗l qo‗ymaydi.
Baholanmagan raqobat omillari firmani xaridorlar talabini qondirish 
uchun yangi imkoniyatlar qidirishga undaydi, ularga «havasning pullik 
qoidalari» ni singdirib boradi.


273 
Ishlab chiqarish va sotish xarajatlari konsepsiyasida xarajatlar 
fabrika doirasida tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan sarflardangina 
(birinchi) emas, deb qaraladi. Transport (tashish), ajratish (sortirovka), 
saqlash, uylarga yetkazish xarajatlari (ikkinchi) mavjud bo‗lib, ular 
talablarni qondirish uchun yanada yaxshi qulayliklar yaratadi. Ikki xil 
ko‗rinishdagi xarajat o‗rtasida chegara o‗tkazish (ishlab chiqarish 
xarajatlari, sotish xarajatlari) taklif va talab o‗rtasidagi farq kabi qiymat 
nazariyasida fundamental ahamiyat kasb etadi. Sotish xarajatlari mazkur 
mahsulotga talabni oshiradi, ishlab chiqarish xarajatlari uning taklifini 
oshiradi.
―Klassik‖ va ―neoklassik‖ lar fikricha sof raqobat iqtisodiy 
o‗sishning hal qiluvchi sharti, deb hisoblagan bo‗lsa, E.Chemberlin 
ta‘limotiga ko‗ra raqobat - monopolistlar orasida ham raqobat doimo 
mavjud, bu baholi va baholanmagan raqobat rivoji orqali namoyon 
bo‗ladi (mahsulot va reklama sifatini takomillashtirish bilan bog‗liq). 
Birinchi marta iqtisodiy liberalizm g‗oyasida real hayotda sof raqobat 
ham, sof monopoliya ham mavjud emas, degan fikr paydo bo‗ldi, o‗z 
mohiyatiga ko‗ra monopolistik raqobat ko‗p sonli sotuvchilar o‗rtasida 
kuzatiladi, bu raqobat darajasi bir-birini qoplaydigan raqobatlashayotgan 
tovarlar soni ortishi bilan kuchayib boradi.
Bundan shunday muhim xulosa chiqariladiki, monopolistik raqobat 
sharoitida xaridor raqobatlashayotgan bir tovarni boshqasidan, bir 
sotuvchini (mo‗tlaq noekvivalent bir xil tovarni) boshqa sotuvchidan 
afzal ko‗rishi mumkin. E.Chemberlin mantiq‗i bo‗yicha, kichik yoki 
o‗rtacha sotuvchi va ishlab chiqaruvchi ham monopolist bo‗lishi va yirik 
korxona subyekti bilan bo‗ladigan musobaqada bemalol ishtirok etishi 
mumkin.
Olim 1937-yil o‗z kitobiga qo‗shimcha sifatida (kitob 8 marta 
qayta nashr etilgan) «Nomukammmal raqobat» va «Monopolistik 
raqobat» kategoriyalari to‗g‗risidagi tushuntirishlarida bir tomonlilik 
mavjudligini ta‘kidlaydi, birdan bir hodisaning ikki nomi sifatida 


274 
qarashlarda o‗zaro o‗xshashlik yetarli baholanadi, ammo ularning farqi 
deyarli sezilmaydi, deb hisoblaydi. Ko‗pchilik bu farqning ahamiyatini 
tushunmasdan masala faqat terminologiya bilan bog‗liq, deb o‗ylashlari 
mumkin.
E.Chemberlin o‗z tadqiqotlari xulosasida raqobat sharoitida 
monopoliya tabiiy mohiyatiga mustahkam ishonch bildiradi; tadbirkorlik 
ko‗p hollarda o‗z monopoliyasini barpo qilish uchun imkoni boricha 
boshqa tadbirkorlar o‗z monopoliyasini kengaytirishiga qarshi choralarni 
kengaytirish va kuchaytirish harakatini qiladi.
Keyinchalik E.Chemberlin va uning monopolistik raqobat 
nazariyasi tarafdorlari tomonidan «guruhiy monopoliya» sharoitida ham 
raqobat saqlanishi to‗g‗risidagi qoida ilgari surilgan. Bunda gap sherik-
raqobatchilar o‗rtasida bozorda ularning ta‘sir doiralarini bo‗lib olish 
to‗g‗risida boradi. Asosiy maqsad turlicha (differensiatsiyalashgan) 
tovar mahsuloti bahosini eng yuqori xarajatlar darajasidan past 
bo‗lmagan holda realizatsiya qilishdir.
Hozirgi davrda mahsulotning istisno sifati bilan birga qo‗shimcha 
baholanmagan monopolistik raqobat shartlari kuchayib bormoqda, bular 
alohida tovar yaratuvchi tomonidan yaratilgan texnik takomillashuv
firmaga obro‗-e‘tibor keltiradigan sharoitni ta‘minlovchi xaridorlarga 
maxsus xizmat va boshqalar.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling