Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

omillarining xalqaro taqsimoti» nazariyasi (modeli) tipik hisoblanadi. 
Ularning fikricha har bir mamlakat iqtisodiyoti ishlab chiqarish omillari 
bilan bir xil ta‘minlanmaganligi, demak har bir omilning turlicha bahoga 
egaligi (ish haqi, foiz, renta) bilan harakterlanadi. Ayrim mamlakatlarda 
mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan ko‗p) bo‗lsa, uning narxi 
kapital va yerga nisbatan past baholanadi; kapital mo‗l bo‗lgan 
mamlakatda u boshqa ikki ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon 
bo‗ladi. Har bir mamlakat o‗zining ustunligini realizatsiya qilishga 
intiladi, jahon bozoriga ishlab chiqarish omili nisbatan arzon bo‗lgan 
yo‗l bilan tayyorlangan tovarlar ko‗proq chiqariladi. Bunday ishlab 
chiqarish ixtisoslashuvi shunga olib keladiki, barcha davlatlar o‗ziga 
qulay va foydali bo‗lgan xo‗jalik tarmoqlarini rivojlantirib, qulay sharoit 
bo‗lmagan boshqalaridan voz kechadi. Bu nazariya ishlab chiqarishning 
chiqimlarini mutlaqlashtiradi va xalqaro ixtisoslashuvning yagona 
mezoniga asoslanadi. Shu sababli jahon savdosi uyg‗un (garmonik) 
jarayon, deb qaraladi. Bunda jahondagi real shart-sharoitlar to‗la hisobga 
olinmaydi, masalan, o‗z davrida mustamlaka egasi (metropoliya) bilan 
koloniyalar o‗rtasidagi munosabatlarni hech ham uyg‗un, deb 
bo‗lmaydi. Iqtisodi yuksak davlat bilan qoloq mamlakatlar o‗rtasidagi 
aloqalarda ham garmoniya bo‗lishi amri mahol. Lekin kelajakda ideal 
shakl sifatida bu hodisa ro‗y berishi mumkin.


293 
60-yillarda texnologik xarakterdagi yangi xalqaro mehnat 
taqsimoti konsepsiyalari paydo bo‗ldi. Bular orasida eng yaxshi ma‘lum 
bo‗lgani «tovarning hayotiylik sikli» nazariyasidir. Uning mualliflari 
amerikalik iqtisodiyotchilar G.Xofbauer, R.Vernon, M.Pozner va 
boshqalar hisoblanadi. Uning asosini qayta ishlash sanoatidagi xalqaro 
mehnat taqsimoti tashkil etadi. Sanoatda paydo bo‗ladigan texnologik 
jihatdan har bir yangi mahsulot kirish, eksponent o‗sish, sekinlashuv va 
tugash siklini o‗tadiki, bu tartib ishlab chiqarishga joriy etish, kengayish, 
kamolot va eskirish jarayoniga to‗g‗ri keladi (jami 5 stadiya). Ishlab 
chiqarishni joriy etish fazasida yangi mahsulotni tayyorlash asosan 
yuqori rivojlangan ilmiy-texnik bazaga va bozorda shu mahsulotning 
raqobatbardoshlig‗ini sinovchi sharoitning mavjudligiga bog‗liq. O‗sish 
va kengayish fazasi uchun industrial bazaning quvvati bilan 
belgilanadigan mahsulotni ommaviy ravishda ishlab chiqarishni tashkil 
etish xarakterlidir. Yetuklik, kamolot fazasida mahsulot ishlab chiqarish 
soddalashib, ommaviy tus oladi. So‗nggi (eskirish) fazasi mazkur 
mahsulot o‗rnini qoplovchi yangi takomillashgan mahsulotning paydo 
bo‗lishi bilan bevosita bog‗liq, undan tashqari avvalgi mahsulotga talab 
ham keskin kamayadi. Shunday texnologik jarayon mavjud namunaviy 
mamlakat sifatida AQSh misol qilib keltiriladi. Xalqaro mehnat 
taqsimotining rivoji esa boshqa mamlakatlarning Amerika iqtisodiyotiga 
texnologik qaramligi asosida shakllanishi tasavvur etiladi.
Ilmiy - texnik progressiya bilan bog‗liq iqtisodiy qarashlar ingliz 
iqtisodchisi Jon Xiks (1904-1989) tomonidan ilgari surilgan. Uning 
modeli bo‗yicha texnika prgressi neytral, mehnatni iqtisod qiluvchi va 
kapitalni iqtisod qiluvchi guruhlarga bo‗linadi. Texnika progressi 
oqibatida ishlab chiqarish va iste‘mol xalqaro savdoga neytral, ijobiy va 
salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling