Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 P.Samuelsonning «Ekonomiks» asaridagi g„oyalar


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

15.3. P.Samuelsonning «Ekonomiks» asaridagi g„oyalar 
Shuni eslatib o‗tmoqchimizki, 1901-yildan boshlab fizika, kimyo, 
meditsina (biologiya), adabiyot va tinchlikni saqlash sohalarida Nobel 
mukofoti berilib kelinadi. 1968-yili Shvetsiyadagi Riksbankning 300 
yilligi munosabati bilan iqtisodiyot fanining insoniyat hayotidagi yuksak 
rolini tan olish va rag‗batlantirish maqsadida iqtisodiyot bo‗yicha 
(oltinchi) Nobel mukofoti joriy etildi va 1969-yildan buyon har yili berib 
kelinmoqda. Birinchi bo‗lib bu mukofot iqtisodchi - matematik olimlar 
gollandiyalik Yan.Tinbergen va norvegiyalik Ragnar Frishga («iqtisodiy 
jarayonlarni matematik tahlil etishda dinamik modellarni rivojlantirish 
va qo‗llash bo‗yicha tadqiqotlari uchun») berildi. 
1970-yilda (ikkinchi bo‗lib) Nobel mukofoti P.Samuelsonga «statik 
va dinamik iqtisodiy nazariyani rivojlantirigani va shu bilan iqtisodiyot 
fani tahlilini yanada yuqoriroq pog‗onaga ko‗tarishga hissa qo‗shgan 
ilmiy ishi uchun» berildi. Quyida shu iqtisodchining iqtisodiy g‗oyalari 
to‗g‗risida fikr yuritiladi.
Pol Antoni Samuelson (1915)ning «Ekonomiks» kitobi dastlab 
1948-yili chop etildi va 14 marta qayta nashr etilib, hozirgi iqtisodiy 
ta‘limotlarning asosiy yo‗nalishlaridan birini tashkil etadi.
1992-yilda bu kitob Vilyam Nordxaus bilan hammualiflikda nashr 
etildi. «Ekonomiks» kitobi «Ekonomika» nomi bilan rus tiliga o‗girildi.
Ma‘lumki, hozirgi zamon (XX asr) iqtisodiy ta‘limotlarida uch 
asosiy: 1)neoklassik; 2) keynschilik va 3) institusional yo‗nalishlar 
mavjud bo‗lib, Samuelson shulardan birinchisining vakili sifatida ijod 
qilgan.
Klassik (mumtoz) maktab iqtisodchilari allaqachonlar davlat 
xususiy tadbirkorlar kirisha olmaydigan yoki kirishni xohlamaydigan 


281 
ayrim tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko‗rsatishni (masalan, 
milliy mudofaa sohasiga taalluqli) uning o‗zi zimmasiga olish kerak, 
degan fikrga rozi bo‗lganlar. Lekin shu bilan birga ular bunday ishtirok 
juda kam darajada bo‗lishi kerak, deb hisoblar edilar. Samuelson hal 
qilishni mumtoz maktab bozor ixtiyoriga qoldirishni istagan haddan 
tashqari ko‗p muammolarga bozorning ta‘siri unchalik o‗tavermasligini 
sezdi. Qo‗shmcha oqibatlar, sog‗liqni saqlash, ta‘lim, sanoatning atrof-
muhitni ifloslantirishi muammolariga talab va taklif qonuni ta‘sir 
etmaydi. Binobarin , davlat iqtisodiyot uchun maqsadlarni aniqlashni o‗z 
zimmasiga olishi va bu maqsadlarga erishish uchun o‗z kuchidan 
foydalanishi kerak.
Samuelson eng kam ish haqi to‗g‗risidagi qonunni daromadlar 
pillapoyasining eng pastida turgan ishchilarga yordam berish usuli, deb 
hisoblaydi; u davlatning uy-joy qurilish dasturlarini moliyalashtirishni 
va oziq-ovqat yordamini qashshoqlikni kamaytirish usuli sifatida 
qo‗llab-quvvatlaydi. Uning fikricha hozirgi davr iqtisodchilari 
«neoklassik sintez»ga erishish uchun samarali kredit- pul va fiskal 
siyosatni Smit va Marshallning klassik mikroiqtisodiyotini hozirgi 
daromadning darajasini aniqlash bo‗yicha mavjud makroiqtisodiyot 
bilan birlashtirish, ikkala yondashuvdagi barcha sog‗lom fikirlarni 
jamlashtirishga harakat qilmoqdalar. Kitobning dastlabki boblarida 
A.Smitdan hozirgi davrgacha bo‗lgan iqtisodiy ta‘limotlar mohiyati 
tarixiy-iqtisodiy jihatdan qarab chiqiladi. Ayniqsa, A.Smit, T.Maltu‘s, 
D.Rekardo asarlari har tomonlama tahlil etilgan.
Uning fikricha 1820-1870-yillar - 50 yil davomida iqtisodchilar va 
siyosatchilar gipnoz holatida bo‗lgan, bunga asosiy sabab «sanoat 
inqilobi» 
bo‗lib, 
bir 
qancha 
g‗oyalar, 
ayniqsa, 
T.Maltus, 
D.Rikardolarning aholi o‗sishi bilan daromadlar pasayishi to‗g‗risidagi 
fikrlari chippakka chiqdi.
XX asrning 70-yillari iqtisodiy qarashlarda ikki yo‗nalish paydo 
bo‗lganligi qayd etiladi: 1) Keyns va keynschilik; 2) Marks g‗oyalari. 


282 
Ayniqsa, 
neoklassik 
yo‗nalishda 
matematik 
usullarning 
keng 
qo‗llanilishi, 
talab, 
foydalilik, 
umumiy 
iqtisodiy 
muvozanat 
masalalarining yangicha tahlili yanada ilmiyroq bo‗lib qoldi. 
A.Marshall, J.B.Klark, U.Jevons, L.Valras, V.Paretto tadqiqotlarida 
matematik elementlar «iqtisodiy tahlilning nozik metodlari»ga olib 
keldi. J.M.Keynsning tadqiqoti yuqori baholanadi, «Sey qonuni» ga 
ehtiyoj qolmadi, deb yozadi P.Samuelson. Keyns va keynschilar 
ta‘sirida «aralash iqtisodiyot» yaxshi faoliyat ko‗rsata boshlaganligi 
ta‘kidlanadi. 2-jahon urushidan so‗ng ishlab chiqarish nihoyatda tez 
o‗sganligi, aholi turmush darajasi oshganligi ta‘kidlanadi.
Ammo, deb ta‘kidlaydi olim hali bizni to‗la bandlik va mo‗tadil 
baholar o‗rtasida tanlash imkoniyatidan xalos qila oladigan yagona 
mukammal iqtisodiy siyosat modeli yaratilmadi.
Samuelson Chikago maktabi vakillari faoliyatiga, xususan, 
M.Fridmenning monetar sistemasiga yuksak baho beradi, chunki bu 
olimlarda «erkin raqobat», «bozor baholari» asosiydir.
Olim iqtisodiy taraqqiyotning omillariga baho berib, uni to‗rtta deb 
hisoblaydi:
1. Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy). 
2. Tabiiy resurslar. 
3. Kapital. 
4. Texnologiyalar.
Olimning bu omillari «taraqqiyotning to‗rt g‗ildiragi» deb yuritiladi. 
E‘tibor berib qarasak, inson roli eng yuksak qo‗yilgan. Haqiqatan ham 
inson bo‗lmasa boshqa omillar ishga tushmaydi (masalan, Yaponiya, 
GFR ...).
Hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida A.Lafferning soliqlar hajmi 
va yalpi milliy mahsulot o‗rtasidagi bog‗lanish tahlil etilgan. Laffer 
effekti bo‗yicha soliqlarni oshiraverish bilan milliy daromad ma‘lum 
miqdorga oshadi, keyin pasayadi. Soliqlar miqdorini pasaytirish qisqa 
davr mobaynida byudjetga tushumlar kamayishiga olib kelsa ham, 


283 
istiqbolda jamg‗armalar, investitsiya va daromadlar ko‗payishi tufayli 
byudjet tushumlari oshadi. Soliq stavkasi o‗zgarishlari iqtisodiyotga 
ta‘sirini izihlash uchun Laffer egri chizig‗i chizilgan.
Unga ko‗ra soliq ortishi bilan davlat byudjetiga tushumlar 
ortavermaydi. Aksincha, shunday ma‘lum chegara borki, undan ortiq 
soliq stavkasi byudjetga tushumlarni kamaytiradi, chunki yuqori soliqlar 
xo‗jalik faoliyatiga bo‗lgan qiziqishni (rag‗batni) kamaytiradi va ishlab 
chiqarish hajmlarining pasayishiga olib keladi. Demak, ma‘lum hollarda 
soliq stavkalarini pasaytirish faqat ishlab chiqarishning o‗sishigagina 
emas, shuningdek, byudjetga soliq tushumlarining o‗sishiga ham olib 
keladi.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling