Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Mehnat birligiga to„g„ri keladigan


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Mehnat birligiga to„g„ri keladigan 
mahsulot hajmi 
Vino (litr) 
Mato (metr) 
Angliya 
12 

Portugaliya 


 


304 
Qiyosiy ustunlik nazariyasi keng va muhim natijalarga ega. Biz 
ko‗rib chiqqganimizdek, olimlar ham, merkantilistlar ham davlatlar 
o‗rtasidagi ayirboshlash yoki savdoni boshqalarning xarajatlari orqali 
faqat bir tomonga samara kelishi tarzida ko‗rib chiqishgan. Buning 
sababi shundaki, ular ko‗r-ko‗rona tovarlarning umumiy hajmi doimiy 
bo‗ladi deb hisoblashgan: shuning uchun bitta tomon foyda ko‗rsa, 
boshqa tomon yutqizgan. Bunday yondashuvni boshqa nazariyalarda 
ham kuzatish mumkin, ular iqtisodiy ayirboshlashlarni murosasiz 
jarayonlar deb qarab, bunda g‗oliblar va mag‗lublar bo‗ladi, deb 
hisoblashgan. 
Rikardo o‗zining qiyosiy ustunlik nazariyasi bilan tomonlar 
o‗rtasidagi ixtiyoriy savdo yoki ayirboshlashni ikkala tomonga ham 
foyda keltirishi mumkinligini isbotladi, chunki qiyosiy ustunlik tovar 
ishlab chiqarishning ixtisoslashuviga olib keladi, bu esa ishlab chiqarish 
samaradorligini oshiradi va natijada yalpi ishlab chiqarish ortadi. Bu 
g‗oyaga kichik shahar, mamlakat va xalqaro savdo nuqtayi nazaridan 
yondashish mumkin. Faraz qilaylik, shahardagi eng yaxshi advokat bir 
vaqtning o‗zida eng yaxshi kotiba ham hisoblansin. U o‗zining shaxsiy 
yuridik ishlarini o‗zi kompyuterida terib, bosmadan chiqaradimi? Yo‗q, 
u o‗ziga kotiba yollaydi, chunki u yuridik ishlarida ham, kotibalik 
ishlarda ham mutlaq ustun bo‗la olmaydi, bu qiyosiy ustunlik 
nazariyasida vaqtni tejab yuqori daromad olishga teng. Uning kotibasi 
bo‗lsa ixtiyoriy ravishda advokatning soatbay ish haqidan ancha past 
bo‗lgan ish haqiga rozi bo‗lib, kompyuterda ishlaydi, keyinchalik u o‗z 
sohasidagi qiyosiy ustunlik nazariyasi natijasi boyicha ancha 
ta‘minlangan xodimga aylanadi. Qiyosiy ustunlik amaliyotida 
mahsuloning umumiy summasida: iqtisodiy hissa yuqori bo‗ladi. 
Demak, uni advokat va kotiba o‗rtasida, Nyu York va Kaliforniya, 
Angliya va Portugaliya o‗rtasida qo‗llash mumkin. 
Sanoatni tashqi savdodan himoya qilishga asoslangan merkantilistik 
yondashuv Smitning mutlaq ustunlik nazariyasini bekor qiladi, chunki 


305 
qiyosiy ustunlik nazariyasi bilan uni umuman yo‗q qilamiz. Shuningdek, 
ushbu nazariya jamiyatda nisbiy taqchillik natijasida kelib chiqadigan 
kelishmovchiliklarni, iqtisodiy subyektlar o‗rtasidagi tovarlarni ixtiyoriy 
ayirboshlash orqali ishlab chiqarish yalpi hajmini ko‗paytirishda va 
o‗zaro foydani ko‗paytirishga hamda shu asosda yuqoridagi 
kelishmovchiliklar bartaraf etilishiga sababchidir. Baxtimizga advokat 
ham, kotiba ham qiyosiy ustunlik nazariyasini tushinishlari shart emas, 
chunki bu nazariya ular qanday o‗ylayotganlarini emas, balki qanday 
harakat qilayotganligi bilan izohlanadi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling