Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
QIYOSIY USTUNLIK 
 
Smit ham, Rikardo ham mamlakatlarda mutlaq ustunlik bo‗lgan-da 
xalqaro ixtisoslashuv va savdoning afzalliklarini tan olishgan, lekin bir 
mamlakat barcha tovarlarni ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka 
ega bo‗lsa, unda nima bo‗ladi? Kelinglar misolimizni o‗zgartiramiz, 
faraz qilaylik Angliyada unumdorlik uch baravarga oshdi va buning 
natijasida mehnat birligiga to‗g‗ri keladigan mahsulotlar hajmi 16.2- 
jadvalda ko‗rsatilgan. Endi Angliya sanoatining ikkala tarmog‗i ham 


300 
Portugaliyaga ko‗ra ancha unumdor; mos ravishda, mehnat vaqti bilan 
o‗lchanayotgan ishlab chiqarish sarflari ikkala tovar uchun ham 
Angliyada kam. Qiyosiy ustunlikning argumentlari 16.2- jadvaldagi 
ma‘lumotlar savdo har ikkala mamlakat uchun ham foydali ekanligini 
namoyish etmoqda. Vaholanki, Angliya ikkala tovarni ishlab 
chiqarishda ham mutlaq ustunlikka ega, bu mutlaq ustunlik emas, balki 
xalqaro savdo foydali bo‗la olishini aniqlab beradigan o‗ta muhim 
hisoblangan qiyosiy ustunlikdir. Ushbu misolda Angliya mato ishlab 
chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega, Portugaliya bo‗lsa vino ishlab 
chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega. Qiyosiy ustunlik har bir 
iqtisodiyotda nisbiy unumdorlikni tadqiq qilish asosida aniqlanadi. 
Angliyaning matodagi qiyosiy ustunligini – Angliyada har bir 
qo‗shimcha metr matoni ishlab chiqarish 2 litr vinoning yo‗qotilishini 
bildiradi, xuddi shunday Portugaliyada 8 litr vinoga aynan shuncha metr 
matoni olish uchun xarajatlar talab qilinadi. Portugaliyaning vino ishlab 
chiqarishdagi qiyosiy ustunligi shunda ko‗rinadiki, Portugaliyada 1/8 
metr matoning yo‗qotilishi bir litr vinoni beradi, Angliya bo‗lsa bir litr 
vinoni ishlab chiqarish uchun ½ metr matodan voz kechishi kerak.
 
16.2 jadval 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling