Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Muqobil xarajatlar 
Vino
Mato
Angliya 
1/2 metr mato 
2 litr vino 
Portugaliya 
1/8 metr mato 
8 litr vino 
Biz 
16.2. 
jadvalning 
ma‘lumotlaridan 
foydalanib, 
ikki 
mamlakatdagi mazkur ikki tovarning muqobil xarajatlarini hisoblab 
beruvchi 16.3. jadvalni tuzishimiz mumkin. Rikardoning to‗la ish bilan 
bandlik farazini hisobga olgan holda, agar xohlagan tovarni ko‗p ishlab 


302 
chiqaradigan bo‗lsak, uning qiymati yo‗qotilgan mahsulotning qiymati 
bilan o‗lchanadi, bunda mehnat resurslari shartnoma tuzib ishlab 
chiqarishni kengaytirishgacha bo‗lgan davrda mazkur mahsulotlar 
hajmini qisqartirish kerak bo‗ladi. Bizning ikki tovarga asoslangan 
oddiy modelimiz iqtisodiyotdagi boshqa tovar nuqtayi nazaridan 
muqobil xarajatlarni hisoblashga imkon beradi. Angliyada matoning 
muqobil xarajatlari (2 litr vino) Portugaliyadagi matoning muqobil 
xarajatlaridan (8 litr vino) kam va Portugaliyadagi vinoning muqobil 
xarajatlari (1/8 metr mato) Angliyadagi vinoning muqobil xarajatlaridan 
(1/2 metr mato) kam hisoblanadi. Shunday qilib, Angliya mato ishlab 
chiqarib va Portugaliyada ishlab chiqarilgan vino bilan savdo qilsa, 
jahon mahsulotining hajmi ko‗payadi va ikkala mamlakat ham bundan 
samara oladi. 
Muqobil 
xarajatlardagi 
farqlarning 
savdo 
uchun 
naqadar 
muhimligini namoyish etish uchun oldingi misollar ma‘lumotlarini 16.4. 
jadvaldagi ma‘lumotlarga o‗zgartiramiz. Angliyada endi vino va mato 
ishlab chiqarishda mutlaq ustunlik mavjud, lekin unda ikki holatda ham 
qiyosiy ustunlik mavjud emas. Har bir mamlakatda muqobil xarajatlar 
bir xil – bir metr matoning muqobil xarajatlari 2 litr vinonikiga teng va 
vinoning muqobil xarajatlari ½ metr matonikiga teng. Boshqacha qilib 
ayganda, har bir mamlakatda mazkur ikki tovarning nisbiy narxlari bir 
xil – 2 litr vino 1 metr matoga teng (mato narxini vinoning narxiga 
bo‗lamiz – 2 chiqadi). Qachonki, muqobil xarajatlar bir xil bo‗lsa, hech 
bir mamlakatda qiyosiy ustunlik bo‗lmaydi va savdo hech bir mamlakat 
uchun ham samarali bo‗lmaydi. 
Rikardo mamlakatlar o‗rtasida muqobil xarajatlar farqlanliganida 
savdo samarali bo‗lishini asoslab berdi, lekin u muammoning boshqa 
jihatini ko‗rib chiqmadi. Vino va matoga qanday xalqaro narxlar 
o‗rnatiladi hamda savdodan olingan foyda mamlakatlar o‗rtasida qanday 
taqsimlanadi? Rikardo foydalangan misolida xalqaro savdoda mato va 
vinoning ayirboshlash narxi har bir mamlakat uchun qulay bo‗lgan 


303 
o‗rtacha narxlar nuqtasida hisoblanadi, deb faraz qilgan: shunday qilib 
savdodan kelgan foyda bu ikki mamlakat o‗rtasida bir tekkisda 
taqsimlanadi. Torrens ham bu muammoni xuddi shunday ko‗rib chiqdi, 
lekin J.Mill mazkur muammoni to‗g‗ri hal qildi, u savdoning shartlari 
yoki xalqaro narxlar savdo qiluvchi mamlakatlardagi ushbu tovarlarga 
bo‗lgan talab hajmiga bog‗liq bo‗ladi, degan xulosaga keldi. 
Rikardoning qiyosiy ustunlik nazariyasida nafaqat nazariy 
bashanglik balki muhim siyosiy oqibatlar ham ko‗rsatilmagan. Agar biz 
ikki mamlakatli va ikki tovarli sodda modelni ko‗p mamlakatli hamda 
ko‗p tovarli modelga almashtir-sak, qiyosiy ustunlik tamoyili bo‗yicha 
muqobil xarajatlar mamlakatlar o‗rtasida farqlanar ekan, ushbu 
mamlakatlar xalqaro savdoda albatta foydaga erishadilar.
Hukumatning xalqaro savdoga aralashishiga qarshi bo‗lgan klassik 
qarash avvalambor, Smit tomonidan oldinga surilgan bo‗lsa, keyin bu 
qarashni Rikardo yetarli darajagacha kengaytirdi. Chet mamlakatlarga 
tovarlar 
chiqishiga 
to‗sqinlik 
qiluvchi 
Angliya 
qonunlarining 
o‗rnatilishi, don savdosi bo‗yicha chiqarilgan qonunlar asosida 
daromadlarning kapital egalaridan yer egalariga qayta taqsimlanishi 
nafaqat Angliyadagi iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini pasayishiga, balki 
hamma 
mamlakatlardagi 
o‗rtacha statistik yashovchi insonlar 
farovonligining tushishiga ham olib keldi. Qiyosiy ustunlik nazariyasi 
tomonidan oldinga surilgan farazga ko‗ra tariflarning og‗irligi xorijiy 
subyektlar zimmasiga tushadi, degan xato fikr keng tarqalgan edi.
16.4. jadval 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling