Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

16.5. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti 
to„g„risidagi nazariyalar 
Garbda «noiloj rivojlanish», «tashqi turtki» nazariyalari keng 
tarqalgan (R.Nurkse, E.Xagen), unda ozodlikka erishgan davlatlar 
dastlab musibatlarga uchrashi tabiiy, shu sababli ularning ahvoli og‗ir 
bo‗ladi. ochlik-yalang‗ochlikka mahkum etiladi. Daromadning kamligi 
jamg‗armalar paydo bo‗lishiga to‗siqdir va kapital qo‗yilmalar ham 
past darajada saqlanadi. Bu esa sanoat rivojiga va milliy daromad 
o‗sishiga yo‗l bermaydi, kambag‗allik hamda nochorlikni keltirib 
chiqaradi (Ilojsiz rivojlanish). Bu og‗ir ahvoldan chiqishning birdan bir 
yo‗li - tashqi «turtki yo‗li» hisoblanadi. Minimum kapital 
qo‗yilmalarning asosan tashqi investitsiyalar hisobiga asta-sekin 
o‗sishiga, rivojiga erishiladi. Kapital qo‗yilmalar miqdori ma‘lum kritik 
darajadan yuqori bo‗lishi kerak, shu bilan turg‗unlik holatidan chiqib 
olinadi. Bu tadbirkorlik faoliyatini kuchaytiradi va xorijiy investorlar 
uchun qulay «iqlim»ni yuzaga keltiradi. Garbdagi ko‗p iqtisodchilar bu 


308 
mamlakatlarda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‗tkazishni ham 
taklif etmoqdalar. Mustamlaka qaram mamlakatlari bilan metropoliya 
o‗rtasidagi munosabatlar hech vaqt tenglik asosida bo‗lmagan, 
noekvivalent almashuv yo‗li bilan qo‗shimcha boylik orttirish imkoni 
bo‗lgan. Ilgari mustamlaka bo‗lgan qaram davlatlar mustaqillikka 
erishgandan keyin ham avvalgi metropoliyaga ko‗p vaqt davomida 
ko‗p jihatdan bog‗liq bo‗lib qolaverdi. Bu davrga oid neokolonializm 
ta‘limotlari yuzaga keldi. «Solishtirma chiqimlar» nazariyasining yangi 
variantlari J.Vayner, G.Xaberler, Ch.Kindleberger va boshqalar 
tomonidan 
har 
tomonlama 
ishlab 
chiqilgan. 
Bu 
nazariya 
tarafdorlarining fikricha rivojlanayotgan davlatlarda tabiiy resurslar 
anchagina bo‗lganligini hisobga olib, oziq-ovqat va xomashyo 
mahsulotlariga ixtisoslashish ma‘qul, sanoatni rivojlantirishga hojat 
yo‗q, chunki an‘anaviy eksport tovarlari hisobiga xalqaro bozordan 
kerakli mahsulotlarni almashib olish mumkin. Bu fikrga qo‗shilib 
bo‗lmaydi, chunki bu usul mamlakat rivojiga olib kelmaydi. Masalan, 
Malayziya xuddi shunday yo‗l tutdi, faqat o‗z xomashyosini tayyor 
mahsulotga aylantirgachgina muhim iqtisodiy yutuqlarga erishdi. 
«Ishlab chiqarish omillari» nazariyasida ham noekvivalent almashuv 
tizimi, chetga esa faqat xomashyo chiqarish taklif etiladi. Chet el 
kapitali uchun keng imkoniyatlar yaratish fikri ham ustun hisoblanadi.
Ba‘zi olimlar rivojlanayotgan mamlakatlarning «industrlashtirish» 
nazariyalarini ilgari surmoqdalar. Masalan, N.Kaldor, J.Meyer va 
boshqalarning fikricha shaxsiy iste‘molni ixtiyoriy qisqartirib, 
iqtisodiyotni moliyalash uchun jamg‗armalar yetarli emas, davlat soliq 
tizimi orqali iste‘molni majburiy yo‗l bilan qisqartirish kerak. Ayrim 
hollarda «me‘yordagi inflyatsiya»dan foydalanish taklif etiladi.
Jamg‗armalarni tashqi moliyalash manbalari bo‗yicha turli fikrlar 
bildiriladi. Ko‗pchilik mualliflar ayniqsa, o‗tish davrida chet el 
mamlakatlari (birinchi navbatda rivojlangan mamlakatlar) tomonidan 


309 
iqtisodiy va texnikaviy yordam zaruriy chora sifatida ko‗rsatiladi, undan 
keyin esa bu ishlar «xususiy chet el investitsiyalari» bilan almashadi.
Rivojlanayotgan 
mamlakatlarni 
industrlashtirish 
strategiyasi 
bo‗yicha ham turli g‗oyalar mavjud. Ba‘zilar (V.Lyuis, P.Bauer) faqat 
qishloq xo‗jaligi sohasi bilan yengil sanoatni ustun darajada 
rivojlantirishni taklif etadilar, boshqalar boshida oddiyroq, keyinchalik 
texnika va texnologiyasi murakkab bo‗lgan tarmoqlarga o‗tishni lozim, 
deb 
hisoblaydilar. 
Qishloq 
xo‗jaligini 
rivojlantirish 
industria-
lizatsiyaning hal qiluvchi sharti sifatida belgilanadi. Amerika 
iqtisodchilari X.Leybenshteyn va V.Rattenlar qishloq xo‗jaligini texnik 
rekonstruksiyalashni eng muhim masala, deb qaraydi. Bu davrda sanoat 
qishloq xo‗jaligi uchun kerakli tovarlarni ishlab chiqarishi kerakligini 
ta‘kidlaydi. Bu fikrlarda jon bor, masalan, «ko‗k inqilob»ni amalga 
oshirgan bir qancha davlatlar eng muhim masala - oziq-ovqat 
muammosini asosan hal qila oldilar. Lekin shunga qaramasdan 
sayyoramizda oziq-ovqat masalasini hal etish eng muhim muammodir.
Iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirish xususiy sektorni qo‗llash, bozor 
xo‗jaligi defektlarini tugatish uchun kerak, deyiladi. Amerikalik 
iqtisodchi 
G.Kolm 
fikricha 
kam 
rivojlangan 
davlatlarda 
planlashtirishning maqsadi bozor jarayonini faollashtirishga qaratilishi 
kerak. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini g‗arb andozalari 
asosida olib borish ham taklif etiladi, bu tarixiy jarayon asosida ro‗y 
berishi kerak (kapital jamg‗arish, manufaktura rivoji, dehqonlarni 
yerdan mahrum etish...). U.Rostou o‗zining «Iqtisodiy o‗sish 
bosqichlari» nazariyasida shu qoidani isbotlashga urinadi. Boshqa 
olimlar ham shu qoidaga amal qilib, rivojlanayotgan mamlakatlar 
iqtisodiy taraqqiyotini sun‘iy ravishda tezlashtirishga o‗rinmasliklari 
kerak, bu davlatlar kapitalistik davlatlar bosib o‗tgan yo‗ldan borishlari 
maqbul, boshqa yo‗l qidirishga hojat yo‗q, degan g‗oyani qo‗llaydilar. 
«AQSh tashqi siyosatining siyosiy iqtisodi» kollektiv tadqiqotida 


310 
rivojlanayotgan davlatlar Farbning qisqa va uzoq muddatli manfaatlariga 
mos keluvchi siyosatni olib borishlari kerak, degan xulosa chiqariladi.
Bu tadqiqotdagi g‗oya bo‗yicha jahon xo‗jaligidagi munosabatlar 
rivoji boshqa sivilizatsiyalashgan munosabatlar sari borishi kerak va bu 
jarayon keyingi paytlarda yangi xalqaro iqtisodiy tartib sifatida 
qaralmoqda. Bunda hamma munosabatlar o‗zaro tenglikka asoslangan, 
barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga oluvchi va adolat 
tamoyillariga amal qiluvchi iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar yangi xalqaro 
iqtisodiy tartibning asosiy mazmunidir.
Bunday g‗oyaning paydo bo‗lishi avvalgi davrlarda bu 
munosabatlarda tenglik bo‗lmaganligini tan olish bilan barobar fikrdir. 
I.Fisher, R.Dornbush, R.Shmalenzilarning ta‘kidlashicha kambag‗al 
mamlakatlar masalasi kambag‗al Janub bilan boy Shimol o‗rtasidagi 
muammolar sifatida tobora kuchayib bormoqda. Janub mamlakatlari o‗z 
qiyinchiliklarini jahon iqtisodiyotidagi mavjud avvalgi tartibdan, deb 
bilmoqdalar, bu tartib go‗yoki ularga qarshi qaratilgan. 1974-yilda BMT 
Bosh Assambleyasi yangi xalqaro iqtisodiy tartib joriy etishni qo‗llab-
quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi (NIEO).
Qabul qilingan yangi tartib uch qoidaga asoslanadi:
1. Xalqaro aloqalar ma‘lum tartibga solib turiladi va bu turli 
davlatlar tomonidan siyosiy yo‗l bilan amalga oshiriladi. 
2. Ishlab chiqarilgan tovarlarning davlatlararo taqsimotida 
rivojlanayotgan mamlakatlar manfaati ham hisobga olinishi shart va 
shuni ta‘minlaydigan yo‗llar yaratilishi kerak. 
3. Barcha iqtisodiy munosabatlar tizimi demokratiya asosida olib 
borilishi zarur, har bir davlat o‗z ichki tuzumidan qat‘iy nazar shu 
munosabatlarda qatnashishga haqlidir.
Janub birinchi navbatda, Shimol tomondan yordam miqdorini oshirishni 
so‗raydi. Boy mamlakatlar esa berilgan yordamdan samarali foydalanish 
zarurligini ro‗kach qilmoqda.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling