Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Fransiyadagi keynschilik xususiyatlari
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
Fransiyadagi keynschilik xususiyatlari. XX asrning 40-yillari
Keyns g‗oyalari Fransiyada ham shuhrat qozondi. Keyns g‗oyalarini to‗laligicha (G.Ardan, P.Mendes-Frans) qabul qilganlar ham bo‗ldi. Ba‘zilari (F.Perru) ssuda foizini tartibga solishni samarasiz, deb hisobladilar, bundan ko‗ra iqtisodiyotni rejalashtirish taklif etildi. Bunda davlat yo‗li bilan tartibga solishni monopolistik kapitalning xususiy manfaatlariga moslashtirish kerak, deyiladi. Fransuz olimlari imperativ va indikativ rejalashtirishni ajratishadi. Imperativ rejalar direktiv xarakterga ega (sotsialistik rejalashtirish). Indikativ rejalashtirishda reja markazi asosiy maqsadlarni belgilaydi va turli uslublar bilan tadbirkorlarni ma‘lum xatti-harakatlarga yo‗naltiradi. Ular faqat davlat sektoridagi korxonalar uchun zaruriy hisoblanadi (Hindiston, Malayziya va boshqa bir qancha kapitalistik mamlakatlarda shu usul qo‗llaniladi). Hozirda uzoq muddatli prognozlar va rejalar tuzish keng qo‗llanilmoqda. Keyns uslubi kapitalizmdagi iqtisodiy inqirozlarning oldini olishga qaratilgan edi, ammo II Jahon urushidan keyin AQSh va boshqa mamlakatlarda bu inqirozlar davom etmoqda. 1948-1949, 1953-1954, 1957-5198, 1960-1961, 1967, 1969-1971, 1974-1975 va 1981-1982- yillardagi hamda boshqa inqirozlar bu fikrimizning dalilidir. Bular Keyns ta‘limotini tanqid qilish uchun asos bo‗ldi. Masalan, S.Harrisning fikricha Keyns barcha qiyinchiliklarni hisobga ola olmagan, masalan, to‗la bandlikka erishish haqida gap boradi-yu, qanday qilib uni doimo ta‘minlash haqida taklif yo‗q, inflyatsiyaning eng katta darajasi noaniq, davlat qarzlarining chegarasi ham berilmagan. Keyinchalik yangi keynschilik o‗rniga postkeynschilik vujudga keldi. Ingliz iqtisodchilari J.Robinson, N.Kaldor, P.Sraffa, amerikalik olimlar A.Egner, S.Vayntraub mana shu postkeynschilar guruhiga kiradilar. Ular kapitalistik tizimning ichki turg‗unligi konsepsiyasini tanqid qiladilar, Keyns bo‗yicha go‗yoki, asosiy g‗oya kapitalistik iqtisodiyotning noturg‗unligi bo‗lgan. Yangi keynschilik g‗oyalari ham 243 tanqid ostiga olinar ekan, agar boshqa olimlar Keyns g‗oyalarini statik, ya‘ni turg‗un deb qarasalar, ular bu ta‘limotni dinamik, ya‘ni harakatchan nazariya, deb qaraydilar. Postkeynschilarning avvalgi davrda paydo bo‗lgan «yuqori naf», «ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumi» nazariyalarini tanqid qilishi xarakterlidir. Ular o‗z g‗oyalarini D.Rikardoning qiymat qonuniga asoslanib ilgari suradilar. Ularga polshalik iqtisodchi M.Kaletskiyning taqsimot konsepsiyasi qo‗l keldi. Investitsiyalar o‗sishi bilan ayrim sinflar iste‘molining hissalari o‗rtasidagi bog‗lanish qonuniyati qarab chiqiladi. Postkeynschilar o‗z tadqiqotlariga ijtimoiy- iqtisodiy institutlar, masalan, kasaba uyushmalari rolini ham kiritadilar. Bu ta‘limotda o‗sish va taqsimot muammolari markaziy o‗rinni egallaydi. Ishlab chiqarishda o‗sish sur‘atlari milliy daromadning taqsimotiga bog‗liq, daromad va uning o‗sishi esa jamg‗armaga, umumiy jamg‗arma esa ish haqi va foydadan jamg‗arilgan jami summaga bog‗liq. «Jamg‗arishga moyillik» har kimda har xil bo‗lgani sababli taqsimotdagi o‗zgarishlar jamg‗armaning umumiy summasiga ta‘sir etadi. Demak, milliy daromadni taqsimlash uning o‗sishiga ta‘sir qiladi. Undan tashqari milliy daromadni taqsimlash kapital jamg‗arilishi funksiyasi hisoblanadi. Kapitalning jamg‗arilish sur‘ati foyda normasini belgilaydi va demak, milliy daromaddagi foyda normasini aniqlaydi. Ish haqi hissasi qoldiq miqdor sifatida qaraladi, ammo ishchilar kurashi bu nisbatga ma‘lum o‗zgartirish kiritishi mumkin. Bu yo‗nalish tarafdorlarining fikri real haqiqatga ancha yaqin g‗oyalar hisoblanadi. Postkeynschilar iqtisodiy siyosatlarda kapitalistik iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish tarafdorlari edilar. Ko‗pchilik «daromadlar siyosati»ni oqlaydi, chunki bu yo‗l bilan inflyatsiyaga qarshi kurashish mumkin. Keyns g‗oyalarini neoklassik yo‗nalish bilan yaqinlashtirishga intiluvchilar ko‗p bo‗lgan. Ular orasida A.Piguning xizmatlari katta. Uning fikricha inqirozlarning asosiy sababi bu ish haqining kam 244 egiluvchanligidir. Bandlik to‗la bo‗lmagan holda makroitisodiy muvozanat faqat ish haqi va baholarning elastik (qayishqoq) bo‗lmagan holatida mumkin, deb qaraladi. Hozirgi davr keynschiligida ikkita tendensiya hukmron hisoblanadi: 1) AQSHning bir qator iqtisodchilari nomi bilan bog‗liq amerika keynschilari va 2) avvalo, Fransuz tadqiqotchilari nomi bilan bog‗liq Yevropa keynschilari. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling