Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
nazariyasi» (1936) kitobidir. 1940-yilda «Urush xarajatlarini qanday
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
nazariyasi» (1936) kitobidir. 1940-yilda «Urush xarajatlarini qanday
qoplash mumkin» degan kitobi ham nashr etildi. Bu asarlardagi bosh masala kapitalizmni oqlash, uning inqirozlarsiz rivojini ta‘minlashning abadiyligini isbotlashga urinishdan iborat edi. Uning yaratgan nazariyasi iqtisodiyot ta‘limotlari tarixida alohida o‗rin egallaydi va bu o‗ziga xos inqilob bo‗lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy asarining boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi. Keyns ta‘limotining asosiy va yangi g‗oyasi shuki, bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi mukammal va o‗z-o‗zini avtomatik ravishda tartibga sola olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va 239 iqtisodiy o‗sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta‘minlay oladi. Bu ish davrida amaliy iqtisodiyotdagi konkret ahvol bilan chambarchas bog‗liq edi. Yetakchi olimlarning ta‘kidlashicha (J.K. Gelbreyt, M.Blaug) firmalar, monopoliya va oligopoliyalar faoliyatidagi tengsizlik nisbatan kichik doiradagi odamlarning faoliyati bilan bog‗liq, bu tengsizlik prinsipida davlatning aralashuvi bilan tuzatilishi mumkin edi. Aslida u iqtisodchi Alfred Marshallning - Kembridj maktabining davomchisidir, ammo yondashuv boshqacha. Asosiy nazariy muammolar qiymat, kapital, ish haqi va boshqalar bo‗yicha asoslanadi. A.Marshall psixologik omillarning ustunligiga ishonadi va qiymatning mehnat nazariyasini, qo‗shimcha qiymatni inkor etadi, uni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi bilan almashtiradi. Keyns kapitalizm bozor iqtisodiy illatlarini to‗g‗rilash uchun davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdori bo‗lib chiqdi. Vaholanki, avvalgi olimlar (klassik maktab) buni inkor etganlar va inqirozni tasodifiy voqea, deb hisoblaganlar. Avvalgi tadqiqotchilardan farqli ravishda «samarali talab»ni, ya‘ni iste‘mol va jamg‗arishni birinchi o‗ringa qo‗yadi. Yuqorida qarab chiqilgan iqtisodiy ta‘limotlardan biri - merkantilizimda davlatning iqtisodiyot (siyosat)ga aralashuvi talab etiladi, proteksionizm iqtisodiy siyosati shuni talab etadi. J.M.Keyns u yaratgan konsepsiyaga merkantilistlarning ta‘sirini imkor etmaydi. Ikkala ta‘limotdagi umumiy g‗oyalar quyidagilardan iborat: Mamlakatda pul massasini ko‗paytirish uchun intilish (pulning qadrini biroz pasaytirish) va shunga muvofiq ssuda foizini kamaytirish va ishlab chiqarishga investitsiyalarni qo‗yishni rag‗batlantirish vositasi sifatida, baho (narx-navo)lar oshuvini qo‗llash (savdo va ishlab chiqarishni rag‗batlantirish usuli sifatida), pulning yetishmasligi ishsizlik sababi, deb tan olinishi. Iqtisodiy siyosatning milliy (davlat) xarakteriga ega ekanligi tushuniladi. U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, ya‘ni makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar bo‗lgan milliy daromad va 240 jamg‗armalar o‗rtasidagi bog‗lanish va nisbatlarni tadqiq qilish g‗oyasini ilgari surdi. Bu tadqiqot usuli o‗z davrida fiziokratlar (F.Kene, A.Tyurgo) K.Marks tomonidan qo‗llanilgan Keynsgacha mikroiqtisodiy yondashuv, ya‘ni alohida xo‗jalik obyektlari bo‗lgan firmalar iqtisodiyotini tahlil etish rasm bo‗lgan edi. Firmaning rivoji millat, mamlakat ravnaqi bilan bir, deb qaralar edi. Asosiy e‘tibor umumiy iqtisodiyotga emas, balki firmaga qaratilgan edi. Keyns ta‘limoti iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog‗liq. Agar Marks kapitalistik tizimning yemirilishini bashorat qilgan bo‗lsa, Keyns kapitalizm muhandisi sifatida uni ta‘mirlash yo‗lini aniqlab berdi. Davlat tomonidan rag‗batlantiraladigan talab «samarali talab» konsepsiyasi ilgari suriladi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling