Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Qudrat va Boylik 
 
Merkantilistlar dunyodagi umumiy boylik ozgarmas deb qabul 
qilishgan. Shu farazga asoslangan holda sxolastiklar insonlar o‗rtasida 
savdo amalga oshirilganda ulardan birining daromadi olishi boshqasiga 
albatta zarar keltiradi, deb ta‘kidlashgan. Merkantilistlar xuddi shu 
mantiqni xalqlar o‗rtasidagi savdoda ham qo‗llab, bir xalqning iqtisodiy 
qudrati va boyligining o‗sishi faqatgina boshqa davlat boyligi hisobiga 
amalga oshadi degan xulosaga kelishgan. Shunday qilib, merkantilistlar 
xalqaro savdo millatning qudrati va boyligining ravnaq topishida muhim 
vosita ekanini e‘tirof etib, ko‗proq xalqaro savdo balansiga yetibor 
qaratishgan. 
Ko‗pchilik merkantilistlar fikriga ko‗ra, iqtisodiy faoliyatdan 
maqsad iste‘mol emas, balki ishlab chiqarishdir va bu keyinchalik 
klassik iqtisodchilar tomonidan ham qabul qilindi. Shuningdek, ularning 
fikricha 
millat 
boyligi 
shaxsiy 
boyliklar 
yig‗indisi 
shaklida 
aniqlanmaydi. Ular bir vaqtning o‗zida ham ishlab chiqarishni, ham 
eksportni rag‗batlantirish, hamda iste‘molni cheklash orqali millatning 
boyligini ko‗paytirish mumkin, deb hisobladilar. Shunday qilib
halqning bo‗ligi ko‗pchilikning qashhoqligiga asoslanadi. Merkan-
tilistlar ishlab chiqarishga katta ahamiyat bergan bo‗lsalar ham, ichki 
bozorga ko‗p mahsulot ishlab chiqarishni ma‘qullamaganlar. Ko‗p 
ishlab chiqarish bilan birga kam iste‘mol qilish eksportni oshirishga 
imkon beradi, bu esa millat boyligi va qudratining oshishiga olib keladi, 
deb hisoblaganlar. Merkantilistlar xalqaro savdoda nisbiy ustunlikka 
erishish uchun ishchilarga kam ish haqi berilishi tarafdori bo‗lganlar. 
Ularning fikricha yashash minimumidan yuqori maosh berish mehnat 
layoqatini kamaytirishi mumkin, yuqori ish haqi yil davomida kamroq 
soat ishlashga va yalpi ishlab chiqarishni kamaytirishga sabab bo‗lishi 
mumkin, deb hisoblanganlar.
8
8
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 62-b. 


86 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling