Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 Dastlabki va keyingi merkantilizmning


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

6.2. Dastlabki va keyingi merkantilizmning
o„ziga xosligi
 
Dastlabki merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldin 
paydo bo‗ldi va XVI asrning o‗rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning 
asosiy vakillari Uilyam Stafford (1554–1612) (Angliya), Gaskar 
Skaruffi (1519–1584) (Italiya) va boshqalar hisoblanadi. Dastlabki 
merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat pul 
muomalasini, tashqi savdoni ma‘muriy yo‗l bilan qattiq tartibga solish 
asosida mamlakatning pul boyligini ko‗paytirishga qaratilgan (mamlakat 
puli qancha ko‗p bo‗lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki 
merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli, deb qaradi va 
uni chetdan olib kelish yo‗lini qidirdi. Dastlabki merkantilistlar tashqi 
savdoda ijobiy saldoga erishish uchun quyidagilar maqsadga muvofiq
deb hisobladilar: 
– eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o‗rnatishni; 
– tovarlar importini har tomonlama cheklashni; 
– mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo‗l 
qo‗ymaslikni. 
Dastlabki merkantilizm davrida hukumat xorijiy savdogarlarni 
ularning pulini mahalliy pulga almashtirish va ko‗proq tovar sotib 
olishga qiziqtirish maqsadida ataylab chaqalarni buzib, ularning 
qiymatini pasaytirish bilan shug‗ullangan. Keyinchalik tovar-pul 
munosabatlarining 
rivojlanishi, 
tashqi 
savdoning 
kengayishi 
merkantalistlarning 
boylik 
muammosiga 
bo‗lgan 
qarashini 
o‗zgartirishga majbur etdi.
Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning 
ikkinchi yarmigacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi. (Uning asosiy 
vakillaridan biri ingliz Tomas Man hisoblanadi). Bu davrga kelib milliy 
sanoat va savdoni rivojlanishining davlat tomonidan rag‗batlantirilishi 
sababli, mamlakatlar o‗rtasida savdo aloqalari keng va muntazam 
rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o‗rniga 


87 
keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. 
«Savdo balansi» nazariyasi (yoki yetuk merkantilizm) Angliyada keng 
tarqala boshladi. Mazkur konsepsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni 
mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan 
tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning fikricha hukumatning 
tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – mamlakatda imkoni boricha 
ko‗proq pul mablag‗larini jamg‗arish emas, balki aktiv savdo balansiga 
erishishdir (eksportning importdan ustun bo‗lishi). Eksport va import 
o‗rtasidagi farq (ijobiy saldo) – mamlakat boyligining o‗sishidir. Demak, 
real boylik bu– «o‗lik pullar» yig‗indisi emas, balki yangi pullarni, ya‘ni 
pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir. 
Merkantilistlar fikriga ko‗ra savdoning muqobil balansiga erishish 
uchun davlat eksportni rag‗batlantirib importni ta‘riflar, kvotalar
subsidiya va soliqlar orqali ishga solishi kerak. Mahsulot ichki 
iqtisodiyotda hukumat aralashuvi orqali rag‗batlantirilishi va xorijiy 
savdo orqali boshqarilishi lozim. 
Xorijdan manufaktura tovarlarining keltirilishi arzon xomashyolar 
importini, ularni tovar eksporti uchun ishlatilishi kabilar himoya 
majburiyatlari hisoblangan. 
Merkantilistlar savdo balansi mohiyati va tabiati o‗rtasidagi 
nomutanosibliklar haqida fikr yuritishgan. Shunisi aniqki, ko‗pgina 
merkantilistlar davlat boyligi tovar, iste‘mol yoki ishlab chiqarishda 
emas, balki qimmatbaho metallarga egaligida, deb fikr yuritishgan. 
Qimmatbaho metallarning ishlab chiqarilishi savdo balansini o‗rnatadi, 
degan fikrni o‗rtaga tashlaydi. Ularning qarashlariga ko‗ra xalqaro 
savdoning umumiy balansi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya‘ni Angliya 
va Hindiston savdo balansi bir-biriga mos kelmasligi mumkin, biroq 
Hindistonda import qilingan arzon xomashyolardan Angliyada eksport 
qilinadigan tovarlar manufakturasi uchun foydalanilishi mumkin. 
Shunday masalalardan biri qimmatbaho metallar yoki eksport bilan 
bog‗liq, ilk merkatilistlar yombilar eksporti qat‘iyan taqiqlanishi 


88 
kerakligini tavsiya qilishgan. Keyinchalik yozuvchilar agar yombi 
eksport tovarlari uchun xomashyo sotib olish maqsadida ishlatilsa, u 
savdo balansi uchun o‗rinli bo‗lishi mumkin, degan farazni taklif 
etishgan. 
Shulardan kelib chiqqan holda keyingi merkantilizm vakillari aktiv 
savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar: 
– tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo‗li bilan egallash 
hamda bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni qimmatiga sotish; 
– mamlakatda faqat aktiv savdo balansini saqlab turgan holda, 
tovarlar importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyum-laridan tashqari); 
– qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun oltin va kumushni 
chetga chiqarish, pirovard natijada mamlakatda ularning massasini 
ko‗paytirish. 
Pulning tovarli mohiyatini tan olsada, uning qimmatini keyingi 
merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidan, deb 
qaradilar. Ammo aynan ular metallistik nazariyadan pulning miqdoriy 
nazariyasiga va monometallizm tizimiga o‗tishga sabab bo‗lgan. Agar 
dastlabki merkantilistlar pulning jamg‗arish funksiyasini asosiy, deb 
bilgan bo‗lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar – muomala 
funksiyasini asosiy hisobladilar. Keyingi merkantilistlarning ishonchiga 
ko‗ra, pulning qimmati uning miqdoriga nisbatan teskari bog‗liqlikda, 
tovarlar bahosi darajasi esa pul miqdoriga to‗g‗ri mutanosiblikda 
bo‗ladi. Ular pul taklifining ko‗payishi unga bo‗lgan talabni oshirgach, 
savdoni rag‗batlantiradi, deb bir tomonlama hisobladilar. 
Dastlabki merkantilistlar Yevropaga, ayniqsa, Ispaniyaga yangi 
Dunyodan oqib kelgan yirik miqdordagi qimmatbaho metallar 
mohiyatiga e‘tibor qaratgan.Biroq keyingi merkantilistlar bu qarashlarni 
inobatga olishmadi va iqtisodiyotda pulning o‗rni haqida tahliliy 
g‗oyalarini rivojlantira olishdi. Pul miqdori va narxlarning umumiy 
bosqichi o‗rtasidagi aloqa 1569 - yilda fransuz olimi Jiyn Bodin 
tomonidan taqdim etilgan. U 16 – asr davomida G‗arbiy yevropada 


89 
narxlarning umumiy bosqichini yuksaltirish uchun 5 ta sabab taklif etdi, 
asosiy – yangi dunyo kashfiyoti bo‗lgan kumush va oltin miqdorining 
o‗sishi deb hisoblangan. 1660-1776-yillar davomida bozor iqtisodi 
boshqaruvi 
haqidagi 
tahliliy 
fikrlar 
ko‗paydi. 
Merkantilistlar 
adabiyotining (markaziy) asosiy hususiyati real faktorlardan ko‗ra pulga 
oid faktorlar iqtisodiy faoliyat va uning rivojining asosiy belgilari 
ekaniga ishonishdilar. Ularning ta‘kidlashlaricha, mablag‗ adekvatligi 
tashqi va ichki svdoning o‗sishida zaruriy omildir. Pul miqdorining 
o‗zgarishi real mahsulot ishlab chiqarishdagi o‗zgarishlarni boshqaradi. 
Adam Smit hamda klassik iqtisodchilar o‗rtasidagi munozarada aytilgan 
fikrlarga ko‗ra iqtisodiy faoliyat bosqichi va o‗sish sur‘ati real faktorlar: 
mehnat miqdori, tabiiy resurslar, kapital, tovar va tashkiliy struktura 
bilan chambarchas bog‗liq. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling