Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Merkantilistlarninig nazariy hissasi


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
Merkantilistlarninig nazariy hissasi 
Iqtisodiyot nazariyasi tarixchilari merkantilizmni o‗rganib, 1660-
1776-yillar oralig‗ida iqtisodiy tahlil ham miqdoran, ham sifat jihatdan 
mukammallashganini aniqladilar.
Ehtimol merkantilistlarning eng katta muvaffaqiyati iqtisodiyotni 
tahlil qilish mumkinligini anglab yetganligidadir. Bunday o‗zgarish 
o‗sha davrda mashhur bo‗lgan fizika fanlaridan inson tabiatini 
o‗rganuvchi ijtimoiy fanlarga o‗tishni aks ettirar edi. Bu o‗tish Isaak 
Nyuton (1642-1727) davridan keyin o‗zining yuqori cho‗qqisiga chiqdi, 
uning ta‘siri esa hozir ham seziladi. Sxolastlarning axloqiy tahlili o‗rnini 
sabab va natija tahlillarining egallashi o‗tmishdagi usullar to‗xtatildi, 
degani emas albatta, chunki ayrim sxolastlar mantiqiy tahlildan 
foydalanishar edi va axloqiylashtirish hozirgi zamonaviy adabiyotlarda 
ham mavjud. Lekin fizika fani qonunlarini topgan metodologiyalar bilan 
iqtisodiy qonunlarni kashf qilish mumkinligini anglash iqtisodiyot 
nazariyasini rivojlantirishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. 
9
William R. Allen, ―Modern Defenders of Mercantilistic Theory,‖ History of Political Economy, 2 (Fall 1970); A. 
W Coats, ―The Interpretation of Mercantilist Economics: Some Historiographical Problems,‖ History of Political 
Economy, 5 (Fall 1973); and William R. Allen, ―Rearguard Response,‖ History of Political Economy, 5 (Fall 1973). 


96 
Ko‗pchilik merkantilistlar iqtisodiyotda ko‗plab mexanik sabablarni 
ko‗rishgan va ushbu qonunlarni bilgan odam iqtisodiyotni nazorat qilishi 
mumkin deb ishonishgan. Shuning uchun aql bilan qabul qilangan 
qonunlar iqtisodiy jarayonlarga ijobiy ta‘sir qilishi mumkin va iqtisodiy 
tahlil berilgan natijaga erishish uchun qanday shakldagi davlat 
aralashishuvi kerak ekanligini ko‗rsatadi. Merkantilistlar davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi tasodifiy bo‗lmasligi, talab va taklif qonunlari 
kabi asosiy iqtisodiy haqiqatlarni chalkashtirmasligi lozim deb 
tushunishgan. 
Keyingi 
merkantilistlar 
iqtisodiy 
faoliyatni 
rag‗batlantirishda iqtisodiy odam va foyda tushunchalarini tez-tez 
qo‗llay boshladilar. Davlat insonlarning tabiatini, ayniqsa, ularning 
egoistik 
harakatlarini 
o‗zgartira olmaydi, deb hisoblaganlar. 
Siyosatchilar insonning bu xususiyatini qanday bo‗lsa shundayligicha 
qabul qilib, bu xususiyatlarni millatning farovonligi uchun safarbar 
qiladigan qonun va institutlarni shakllantiradilar.
Keyingi merkantilistlar o‗zlaridan oldingi g‗oyadoshlari yo‗l 
qo‗ygan xato va kamchiliklarini anglab yetishganini ko‗ramiz. Masalan, 
ular pul boylik o‗lchovi emasligini, barcha davlatlar bir vaqtning o‗zida 
ijobiy savdo balansiga ega bolishi mumkin emasligini, uzoq vaqt 
mobaynida hech bir davlat ijobiy savdo balansini ushlab turishi mumkin 
emasligini, savdo har ikki davlatga ham foydali bo‗lishi mumkinligini va 
ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti davlatlarga ustunlik keltirishi 
mumkinligini tushunishgan. Davlatning iqtisodiyotga aralashishini 
kamaytirishni taklif etgan olimlar soni tobora oshib borar edi. Shu tariqa 
ko‗pgina adabiyotlarda klassik liberalizm g‗oyalari boshlanayotgan edi. 
Biroq klassiklardan oldingi hech bir iqtisodchi bozor mexanizmi 
ishlashini, ya‘ni narxlar qanday shakllanishi va cheklangan resurslar 
qanday taqsimlanishini bir-biriga bog‗langan yagona qarash sifatida 
shakllantira olmadi. A. Smit merkantilistlar yetisha olmagan 
tuchunchalarni anglab yetdi. Merkantilistlar shaxsiy manfaat va xalq 
farovonligi o‗rtasida qarama-qarshilik mavjud, deb hisoblashgan. 
Shuning uchun ularning fikricha davlat shaxsiy manfaatni xalq 
farovonligi tomon yo‗naltirishi kerak. Klassik iqtisodchilar esa tizimda 


97 
tabiiy uyg‗unlik borligiga ishonishgan va xalq farovonligi tabiiy 
ravishda shaxsiy manfaatdan kelib chiqadi, deb hisoblashgan.
10

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling