Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
7.2. U.Pettining iqtisodiy ta‟limoti
 
Uilyam Petti (1623–1687) – Angliya klassik 
siyosiy iqtisodining asoschisi sanaladi. K.Marks 
so‗zi bilan aytganda, U.Petti-«Siyosiy iqtisodning 
Uilyam Petti (1623–1687)
 


104 
otasi... buyuk tadqiqotchi - iqtisodchi». U.Petti har tomonlama yuksak 
bilim sohibi odam bo‗lgan. U Angliyaning janubidagi Romsi shahrida 
hunarmand-matochi oilasida tug‗ildi. O‗n to‗rt yoshida ota kasbini 
egallashdan voz kechgan U.Petti uydan chiqib ketadi va kemada 
yollanma dengizchi (yunga) bo‗lib xizmat qiladi. Oradan bir yil o‗tgach, 
taqdir taqozosi bilan oyog‗i lat egan U.Petti Fransiya hududidagi bir 
qirg‗oqda qoldirib ketiladi. Bu notanish chet o‗lkalarda lotin tilini 
bilganligi tufayli u Kan kollejiga qabul qilindi va tinglovchi sifatida 
moddiy jihatdan ta‘minlandi. Kollej unga fransuz va grek tillarini, 
matematika, astronomiyani o‗rganishga imkoniyat yaratib berdi. U.Petti 
1640-yili kollejni bitirib, Londonga qaytib keldi. Keyinchalik, Oksford 
universitetida tibbiyot sohasida tahsil oldi.
1650-yili 27 yoshida U.Petti fizika bo‗yicha doktorlik darajasini 
oldi, Angliya kollejlarining birida professor bo‗lib ishladi. U.Petti 
iqtisodiy muammolarga bag‗ishlangan «Soliqlar va yig‗imlar to‗g‗risida 
traktat» (1662-y), «Donishmandlarga so‗z» (1665-y), «Irlandiyaning 
siyosiy anatomiyasi» (1672-y), «Siyosiy arifmetika» (1683-y) va boshqa 
asarlarni yozdi. U.Petti dastlab, o‗z asarlarida merkantilistlarning ijobiy 
savdo balansi g‗oyasini va sanoatni rag‗batlantirish maqsadida 
davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‗llab-quvvatladi. Ammo 
U.Petti asta-sekin tadqiqot obyektini o‗zgartirdi va asosiy e‘tiborni 
savdo muammosidan ishlab chiqarish muammosiga qaratdi. Uning qayd 
qilishicha, boylik ishlab chiqarishda yaratiladi, muomala sohasida esa u 
faqat taqsimlanadi.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling