7.3. Pyer Buagilberning iqtisodiy ta‟limoti
Fransiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi Pyer Buagilber
(1646–1714) hisoblanadi. U Angliya klassik iqtisodiy maktabining
asoschisi U.Petti kabi professional iqtisodchi-olim bo‗lgan emas.
P.Buagilber xuddi otasiga o‗xshab huquqshunoslikdan ta‘lim oldi. 31
yoshida Normandiyada sudyalik lavozimini egalladi. U bu lavozimda 25
yil mobaynida, ya‘ni deyarli umrining oxirigacha ishladi, faqat
o‗limidan ikki oy oldin bu lavozimni katta o‗g‗liga topshirib ketdi.
Jamiyatdagi yuqori ijtimoiy mavqe P. Buagilberda mamlakatning
iqtisodiy muammolarini bilishga, XVII asrning oxiri, XVIII asrning
boshidagi Fransiya viloyatlaridagi aholi turmush darajasining pastligi
sabablarini aniqlashga bo‗lgan qiziqish uyg‗otdi. U o‗zining birinchi
islohotlar to‗g‗risidagi mulohazalarini (merkantilistlarga qarshi) 50 yoshida
yozgan «Fransiya holatining mufassal tavsifi, uning farovonligining
pasayishi sabablari va qayta tiklanishining oddiy usullari...» asarida
e‘lon qildi. P.Buagilber bu asarida merkantilizm iqtisodiy siyosatini qattiq
tanqid qildi. Bu siyosatning boshida o‗sha davrdagi Lyudovik
X I V
qirolligida moliya vaziri lavozimini egallab turgan Jan Batist Kolber
turar edi. U Fransiya tovarlari eksportini rag‗batlantirishni, Fransiyaga
keladigan import tovarlarni esa cheklashni,
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishiga yuqori soliq
belgilashni qonunlashtirgan. Bu sanoat ishlab
chiqarishiga hamda bir butun milliy iqtisodiyotga
salbiy ta‘sir ko‗rsatdi.
Iqtisodiyotdagi salbiy holatlarni bartaraf
etish yo‗llarini aniqlash P.Buagilberning keyingi,
XVIII
asrning boshida chop etilgan asarlarining
ham
asosiy
vazifasi
hisoblanadi.
Ularda
P.Buagilber merkantilizmni tanqid qilishni davom ettirdi, islohotlar
zarurligini asoslab berdi, iqtisodiy o‗sishning va davlat boyligining
asosi, deb bilgan qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish
muammolariga alohida e‘tibor qaratdi. Bunday qarash Fransiya iqtisodiy
Do'stlaringiz bilan baham: |