Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

P‟er Buagilber (1646–1714)
 


110 
qarashlarida XVIII asrning yarmigacha saqlanib qoldi. Chunki o‗sha 
davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishining hal qiluvchi mavqeyini targ‗ibot qiluvchi fiziokratizm 
ancha kuchaygan edi.
1707-yili P.Buagilberning «Fransiyani qoralash» asari chop 
etildi. Unda Fransiyaning kambag‗allik holati ko‗rsatildi, merkantilistik 
siyosat qoralandi. Iqtisodiy islohotlar o‗tkazish to‗g‗risida yangi 
g‗oyalar ilgari surildi. Biroq ular o‗zi ishongan va umid qilgan hukumat 
vazirlari tomonidan ham e‘tiborga olinmadi, qo‗llab-quvvatlanmadi.
Iqtisodiy 
fikrlarning 
rivojlanishida 
va 
Fransiyada 
bozor 
munosabatlarining shakllanishida P.Buagilberning hissasi katta bo‗ldi. 
Aynan 
uning 
asarlari 
merkantilistik 
g‗oyalarning 
batamom 
obro‗sizlanishi va Fransuz klassik iqtisodiy maktabining shakllanishi 
uchun nazariy-metodologik asos bo‗lib xizmat qildi. U Pettidan farqli 
o‗laroq, mamlakatning boyligi pul 
miqdoridan iborat emas, balki barcha 
foydali narsa va ne‘matlardan tashkil 
topadi, degan konsepsiyani ilgari surdi.
Nazariy qoidalarning o„ziga xosligi. 
P.Buagilberning muhim yutug‗i, U.Pettiga 
o‗xshab qiymatning mehnat nazariyasini 
«asoslab» berishi hisoblanadi. Bunda u 
bozorda tovarlar o‗rtasidagi almashuv 
nisbatlari mexanizmini sarflangan mehnat miqdori yoki ish vaqtini 
hisobga olgan holda tahlil qiladi. Bu konsepsiya nomukammal 
bo‗lishiga qaramasdan (uning asosida sarfli prinsip yotadi) o‗z davri 
uchun progressiv hisoblanadi, negaki merkantilistlarning bahoning 
shakllanishida pulning tabiiy roli to‗g‗risidagi konsepsiyasidan keskin 
farq qiladi.
P.Buagilber merkantilizmni ko‗p jihatdan to‗g‗ri tanqid qilish bilan 
birga 
pulning 
iqtisodiyotdagi 
ahamiyatini 
mensimagan 
holda 
mamlakatning iqtisodiy o„sishida qishloq xo„jaligi ahamiyatini 
mutlaqlashtirdi, boylikni ko‗paytirishdagi sanoat va savdoning 
 


111 
ahamiyatini inkor etdi. Klassik iqtisodiy nazariya vakillari ichida u pulni 
bekor qilish mumkin va zarur, deb hisoblagan yagona iqtisodchi 
hisoblanadi, uningcha pul tovarlarning «haqiqiy qiymatlari» bo‗yicha 
ayirboshlanishini buzadi.
Birinchi Fransuz klassigining fikri bo‗yicha iqtisodiyotdagi asosiy 
soha savdo emas, balki ishlab chiqarish, eng avvalo, qishloq xo‗jaligi 
hisoblanadi. P.Buagilber o‗z asarlarida iqtisodiyotning «tabiiy» 
qonunlari to‗g‗risida qayd qilib o‗tadi. Davlat yuqori soliqlarni joriy 
etish yoki proteksionizm siyosatini qo‗llash bilan ularga xalaqit 
bermasligini tavsiya etadi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling