Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
F. Kenening “Iqtisodiy jadvali” 
13
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander74- b. 


113 
Iqtisodiy jadval makroiqtisodiy sohalarning o‗zaro aloqalarining 
kuchli, ijodiy tushunchasini juda sodda ifodalab beradi.
Fiziokratlarning iqtisodiyotning o‗zaro bog‗liqligi haqidagi 
qarashlari makro iqtisodiyotga oiddir. Ular Adam Smit singari 
mikroiqtisod darajada iqtisodning o‗zaro bog‗liqligi haqidagi nazariyani 
rivojlantirishga kam harakat qilganlar. 
Fiziokratlar Kenening ―Iqtisodiy jadvali‖ni o‗zlarining asosiy 
nazariy yutuqlari, deb hisoblashadi. Ular nafaqat iqtisodning turli 
sektorlari o‗rtasidagi aloqalarni nazariy o‗rganishgan, balki ularning 
hajmini o‗lchashga harakat qilishgan. Bu darajada Nobel Mukofoti 
laureati Vasiliy Leontevning 1930-yilda xarajatla-natijalar jadvalini va 
ekonometriklar, 
deb 
tanilgan 
maxsus 
iqtisodchilar 
guruhining 
tadqiqotlarini bashorat qila olishgan. Bu iqtisodiy jadval iqtisodiyotning 
turli sektorlarining o‗zaro bog‗liqligini ko‗rsatib bergan. Ulardan 
keyingi ba‘zi merkantilistlar ham bu o‗zaro bog‗liqlikni tan olishgan va 
ularning 
birgalikdagi 
munosabatlari 
Adam 
Smitning 
bozor 
iqtisodiyotining faoliyati haqidagi yanada batafsil qarashlariga asos 
bo‗lgan. 
Fiziokratlar (lot. – tabiat, hukmronlik) – XVIII asrdagi fransuz 
iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi 
Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga o‗tish davrida vujudga keldi. Bu 
tasodifiy hol emas edi. O‗sha davrda Fransiyada manufaktura ancha 
rivojlangan bo‗lsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. 
Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi 
shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xo‗jaligi ahvolini yaxshilash 
tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq 
xo‗jaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi, deb hisobladilar. 
Ularning fikricha boylik faqat qishloq xo‗jaligida yaratiladi, sanoat va 
savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos. Shunga 
ko‗ra fiziokratlar tadqiqotni muomala sohasidan ishlab chiqarish 
sohasiga olib o‗tdilar va bu bilan kapitalistik tizimning keyingi tahlili 
uchun asos yaratdilar.


114 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling