Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

 
7.4. Fiziokratlar 
Adam Smit Fransiyaga sayohat qilganida u fiziokratlar, deb 
atalgan bir guruh Fransuz yozuvchilaridan ta‘sirlangan. Ular iqtisodiyot 
sohalarining bir-biriga bog‗liqligini yaxshi tushunishgan va nazorat 
qilinmagan bozorlar ishlash mexanizmini tahlil qilishgan.
Merkantilizm XVIII asrda Fransiyada keng tarqalgan bo‗lsa ham 
1750-yillarga kelib yangi fiziokratlar harakati boshlandi, lekin u uzoqqa 
cho‗zilmadi. U iqtisodiyotni tushunishda ber necha tahliliy tushunchalar 
berganligi sababli uning keyingi g‗oyalarining shakllanishida ahamiyatli 
rol o‗ynadi. Iqtisodiy ta‘limotlar olimlari ko‗pincha har xil g‗oyalarni 
ularning birgina oxshash taraflarini hisobga olib bir maktab sifatida 
tavsiflaydilar. Shunday bo‗lsada, fiziokratlar ayrim muammolar 
bo‗yicha hayratlanarli tarzda izchil qarashlarni namoyon etganlar. 
Buning uch sababi mavjud.
1. Fiziokratizm faqatgina Fransiyada yuzaga kelgan.
2. Fiziokrtlar g‗oyalari nisbatan qisqa, 1750-yildan 1780-yilgacha 
bo‗lgan davrda taqdim etilgan (fiziokratlar g‗oyalari 1750-yildan oldin 
va 1780-yildan keyin hech kim bilmagan, deyiladi).
3. Fiziokratlarning tanilgan boshlig‗i Fransua Kene (1694-
1774)ning g‗oyalari o‗zining izdoshlari tomonidan so‗zsiz qabul qilinar, 


112 
bu izdoshlarining ishlari asosan boshqalarni Kenening nazariyasiga 
ishontirish maqsadida yozilgan edi.
13
Tableau Economique – Iqtisodiyot jadvali jamiyatning uch 
sohasini: fermerlar, yer egalari hamda hunarmand va xizmatkorlarni 
asosiy qilib ko‗rsatadi. Hunarmandlardan boshqa sektorlar, tashqi savdo, 
davlat sektori yoki manufaktura keltirilmagan. Fiziokratlar tahlili 
iqtisodiy davr boshidagi yer egalarida qolgan 2000 livrlik sof 
mahsulotdan boshlanadi (livr frankdan oldingi Fransiya pul birligi). Sof 
mahsulot yer egasiga oldingi davr faoliyati uchun yer rentasi sifatida 
berilgan edi. Fiziokratlar faqat yer uning ishlab chiqarish xarajatidan 
ko‗ra ko‗proq mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, deb qabul qilishadi; 
jadvalda bu unumdorlik 100 foiz, deb qabul qilingan. Masalan, 
hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar qiymati unga ishlatilgan 
ishlab chiqarish omillariga to‗lanadigan qiymat bilan teng bo‗ladi. 
Faqatgina yerning mahsuloti unga ketadigan xarajatdan ko‗proq bo‗ladi. 
Jadvalda qishloq xo‗jaligiga qilingan 2000 livrlik investitsiya 2000 
livrlik ortiqcha mahsulot yaratadi, bu esa yer egasiga renta sifatida 
to‗lanadi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling