Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/166
Sana10.11.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1762882
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   166
Bog'liq
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019

Boylik va pul nazariyalari. Merkantilistlardan farqli ravishda
U.Petti fikri bo‗yicha nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul 
boylik hisoblanadi, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, tovarlar va 
hatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. Bu masala bo‗yicha o‗z 
fikrini rivojlantirib, bizning davrda keng tarqalgan «Mehnat – boylikning 
otasi, yer esa uning onasi» degan iborani ishlatdi.
Mamlakat boyligini ko‗paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi o‗rniga 
pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to‗lashga «qurbi yetmagan 
o‗g‗rilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni 


105 
tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda boylik, eng 
avvalo, mehnat bilan yaratilishini bildiradi, ya‘ni xo‗jalik hayotidagi 
pulning «asosiy» vazifasini inkor etadi.
U.Petti bu fikrni rivojlantirib, chetga pul chiqarishni taqiqlash 
bema‘ni narsa ekanligini ko‗rsatib o‗tadi. Davlatning bunday xatti-
harakati, uning fikricha mamlakatga chetdan tovar keltirishni man etish 
bilan bir narsadir. U.Petti bu fikrlari bilan o‗zini pulning miqdoriy 
nazariyasi tarafdori ekanligini ko‗rsatdi va muomala uchun zarur 
bo‗lgan pul miqdori to‗g‗risidagi qonuniyatni tushunganligini namoyish 
etdi. Ammo uning iqtisodiyotdagi pulning vazifasini yuzaki 
tushunganligi aniq ko‗rinadi. Bir tomondan, pulning miqdoriy 
nazariyasi, haqiqatdan ham «pul o‗z-o‗zidan boylik mazmunini 
anglatmasligini» ko‗rsatdi, ikkinchi tomondan esa – U.Petti va undan 
keyingi boshqa klassik iqtisodiy nazariya mualliflari, M.Blaug so‗zi 
bilan aytganda, u (pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e‘tiborni pulning 
muomala vositasi sifatidagi vazifasiga qaratgan holda, tovar va pul 
bozorlari o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlikni keltirib chiqaruvchi pulning 
qimmatni saqlash vositasi sifatidagi funksiyasini inkor etdi. Shuning 
uchun merkantilizmga nisbatan to‗g‗ri tanqidlari bilan birga U.Pettining 
bu borada noto‗g‗ri tushunchalari ham bo‗lgan. Masalan, u savdo va 
savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi ishtirokini inkor etdi va 
hatto, savdogarlar sonini ancha kamaytirishni qattiq turib ma‘qulladi. 
U.Petti 
savdogarlarni 
davlatning 
«qonini» 
taqsimlash 
bilan 
shug‗ullanuvchi «o‗yinchilar»ga o‗xshatadi. U «qon» deganda qishloq 
xo‗jaligi va sanoat mahsulotlarini nazarda tutadi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling