Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Fransiyani qoralash»
P‟er Buagilber (1646–1714)
110 qarashlarida XVIII asrning yarmigacha saqlanib qoldi. Chunki o‗sha davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining hal qiluvchi mavqeyini targ‗ibot qiluvchi fiziokratizm ancha kuchaygan edi. 1707-yili P.Buagilberning «Fransiyani qoralash» asari chop etildi. Unda Fransiyaning kambag‗allik holati ko‗rsatildi, merkantilistik siyosat qoralandi. Iqtisodiy islohotlar o‗tkazish to‗g‗risida yangi g‗oyalar ilgari surildi. Biroq ular o‗zi ishongan va umid qilgan hukumat vazirlari tomonidan ham e‘tiborga olinmadi, qo‗llab-quvvatlanmadi. Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida va Fransiyada bozor munosabatlarining shakllanishida P.Buagilberning hissasi katta bo‗ldi. Aynan uning asarlari merkantilistik g‗oyalarning batamom obro‗sizlanishi va Fransuz klassik iqtisodiy maktabining shakllanishi uchun nazariy-metodologik asos bo‗lib xizmat qildi. U Pettidan farqli o‗laroq, mamlakatning boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha foydali narsa va ne‘matlardan tashkil topadi, degan konsepsiyani ilgari surdi. Nazariy qoidalarning o„ziga xosligi. P.Buagilberning muhim yutug‗i, U.Pettiga o‗xshab qiymatning mehnat nazariyasini «asoslab» berishi hisoblanadi. Bunda u bozorda tovarlar o‗rtasidagi almashuv nisbatlari mexanizmini sarflangan mehnat miqdori yoki ish vaqtini hisobga olgan holda tahlil qiladi. Bu konsepsiya nomukammal bo‗lishiga qaramasdan (uning asosida sarfli prinsip yotadi) o‗z davri uchun progressiv hisoblanadi, negaki merkantilistlarning bahoning shakllanishida pulning tabiiy roli to‗g‗risidagi konsepsiyasidan keskin farq qiladi. P.Buagilber merkantilizmni ko‗p jihatdan to‗g‗ri tanqid qilish bilan birga pulning iqtisodiyotdagi ahamiyatini mensimagan holda mamlakatning iqtisodiy o„sishida qishloq xo„jaligi ahamiyatini mutlaqlashtirdi, boylikni ko‗paytirishdagi sanoat va savdoning 111 ahamiyatini inkor etdi. Klassik iqtisodiy nazariya vakillari ichida u pulni bekor qilish mumkin va zarur, deb hisoblagan yagona iqtisodchi hisoblanadi, uningcha pul tovarlarning «haqiqiy qiymatlari» bo‗yicha ayirboshlanishini buzadi. Birinchi Fransuz klassigining fikri bo‗yicha iqtisodiyotdagi asosiy soha savdo emas, balki ishlab chiqarish, eng avvalo, qishloq xo‗jaligi hisoblanadi. P.Buagilber o‗z asarlarida iqtisodiyotning «tabiiy» qonunlari to‗g‗risida qayd qilib o‗tadi. Davlat yuqori soliqlarni joriy etish yoki proteksionizm siyosatini qo‗llash bilan ularga xalaqit bermasligini tavsiya etadi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling