Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Иқтисодий таъдимотлар тарихи 2019
7.4. Fiziokratlar Adam Smit Fransiyaga sayohat qilganida u fiziokratlar, deb atalgan bir guruh Fransuz yozuvchilaridan ta‘sirlangan. Ular iqtisodiyot sohalarining bir-biriga bog‗liqligini yaxshi tushunishgan va nazorat qilinmagan bozorlar ishlash mexanizmini tahlil qilishgan. Merkantilizm XVIII asrda Fransiyada keng tarqalgan bo‗lsa ham 1750-yillarga kelib yangi fiziokratlar harakati boshlandi, lekin u uzoqqa cho‗zilmadi. U iqtisodiyotni tushunishda ber necha tahliliy tushunchalar berganligi sababli uning keyingi g‗oyalarining shakllanishida ahamiyatli rol o‗ynadi. Iqtisodiy ta‘limotlar olimlari ko‗pincha har xil g‗oyalarni ularning birgina oxshash taraflarini hisobga olib bir maktab sifatida tavsiflaydilar. Shunday bo‗lsada, fiziokratlar ayrim muammolar bo‗yicha hayratlanarli tarzda izchil qarashlarni namoyon etganlar. Buning uch sababi mavjud. 1. Fiziokratizm faqatgina Fransiyada yuzaga kelgan. 2. Fiziokrtlar g‗oyalari nisbatan qisqa, 1750-yildan 1780-yilgacha bo‗lgan davrda taqdim etilgan (fiziokratlar g‗oyalari 1750-yildan oldin va 1780-yildan keyin hech kim bilmagan, deyiladi). 3. Fiziokratlarning tanilgan boshlig‗i Fransua Kene (1694- 1774)ning g‗oyalari o‗zining izdoshlari tomonidan so‗zsiz qabul qilinar, 112 bu izdoshlarining ishlari asosan boshqalarni Kenening nazariyasiga ishontirish maqsadida yozilgan edi. 13 Tableau Economique – Iqtisodiyot jadvali jamiyatning uch sohasini: fermerlar, yer egalari hamda hunarmand va xizmatkorlarni asosiy qilib ko‗rsatadi. Hunarmandlardan boshqa sektorlar, tashqi savdo, davlat sektori yoki manufaktura keltirilmagan. Fiziokratlar tahlili iqtisodiy davr boshidagi yer egalarida qolgan 2000 livrlik sof mahsulotdan boshlanadi (livr frankdan oldingi Fransiya pul birligi). Sof mahsulot yer egasiga oldingi davr faoliyati uchun yer rentasi sifatida berilgan edi. Fiziokratlar faqat yer uning ishlab chiqarish xarajatidan ko‗ra ko‗proq mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, deb qabul qilishadi; jadvalda bu unumdorlik 100 foiz, deb qabul qilingan. Masalan, hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar qiymati unga ishlatilgan ishlab chiqarish omillariga to‗lanadigan qiymat bilan teng bo‗ladi. Faqatgina yerning mahsuloti unga ketadigan xarajatdan ko‗proq bo‗ladi. Jadvalda qishloq xo‗jaligiga qilingan 2000 livrlik investitsiya 2000 livrlik ortiqcha mahsulot yaratadi, bu esa yer egasiga renta sifatida to‗lanadi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling